Toshkent davlat sharqshunoslik instituti falsafa kafedrasi qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/48
Sana04.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1324709
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48
Bog'liq
Qodirov M Qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar transformatsiyasi (1)

 
5-MAVZU 
QADIMGI HINDISTONDA FALSAFIY FIKRLARNING 
ShAKLLANINShI VA RIVOJLANIShI. VEDALAR DAVRI
 
Reja: 
1. Braxmanizmning paydo bo‘lishi va rivojlanishi. 
2. Vedalarda oriy qabilalarining dunyoqarashi aks ettirilishi. 
3. Upanishadlarda falsafiy muammolarning qo‘yilishi. 
4. Yevropada vedalarga qiziqish.
Mavzuning o‘quv maqsadi 
Talabalarda qadimgi Hindistondagi eng dastlabki falsafiy tafakkurlarning 
paydo bo‘lishi, braxmanizmning rivojlanishi va vedalarda oriylarning ibtidoiy 
dunyoqarashi aks etganligi, vedalarning tarkibiy qismi bo‘lgan Rigveda, 
Samaveda, Yadjurveda, Atxarvavedalar, shuningdek, Upanishadlar to‘g‘risida 
tasavvur hosil qilish. Hind falsafasini o‘rganishda G‘arb va Sharq 
tadqiqotchilarining 
o‘ziga 
xos 
xususiyatlarini 
qiyosiy 
tahlil 
qilish 
ko‘nikmalarini shakllantirish. 
 
Mavzuning tayanch tushunchalari 
Qadimgi Hindiston, braxmanizm, vedalar, veda adabiyoti, braxmanlar, 
Upanishadlar, Rigveda, Samaveda, Yadjurveda, Adxarvaveda, madhiya, alqov, 
sutra, Shrautasutra, Grxyasutra, Dxarmasutra, Agni, Indra, Mitra, Voruna, 
Soma, Ushas, Ashvinam, Marutam, duolar, G. T. Kolbruk, T. Benfey, A. Veber, D. 
Uitni, G. Oldenberg, L. Renu, I. Xertel, P. Time.
 
Braxmanizmning paydo bo‘lishi va rivojlanishi 
Eramizdan avvalgi II minginchi yilning oxirlariga kelib, temir qurollarning 
tarqalishi natijasida Gang vohasida yashovchi xalqlar dehqonchilik bilan 
shug‘ullana boshlashgan. Ular o‘rmonlarni kesib, botqoqlik yerlarni qurita 
boshlashdi. Ko‘chmanchi chorvadorlar uchun ovchilikka nisbatan o‘troqlashgan 


dehqonchilik ustun turar edi. Gang vohasida yashovchilarning iqtisodiy 
hayotlarining asosini dehqonchilik tashkil etardi. 
Eramizdan avvalgi II minginchi yilning oxiri va I minginchi yillarning 
boshida jamiyatda tashkil topayotgan mafkuraviy hayotda buyuk o‘zgarishlar 
yuz bera boshladi. Keyinchalik hind jamiyatida o‘z ijtimoiy vazifalariga binoan 
teng huquqli kishilar to‘rt guruhga yoki varnalarga bo‘lina boshlandi, ya’ni 
Braxmanlar (davlat rahbarlari va donishmandlar), Kshatriylar (harbiylar). 
Vayshyalar (noz-ne’matlarni yaratuvchi kishilar) va Shudralar (jamiyatdagi eng 
og‘ir va iflos ishlarni bajaruvchilar) (1-ilova). Bu tabaqalar bir-birlaridan 
ijtimoiy mavqelari, haq-huquqlari va bajaradigan ishlari bilan farqlanadilar.
Hindistonda bu davrda Braxmanizm yetakchi dinga aylangan edi. Dunyoda 
birdan bir reallik (mavjudlik) bu Braxma, ya’ni Braxma xudosidir. U birdan bir 
real dunyoviy ruh, shaxssiz, sifatsiz ilohiy substansiya, hayot manbai, barcha 
borliqning asosidir. Braxmanizm dinida “Karma” haqida ta’limot yaratildi. Bu 
ta’limotga asosan jon bir tanadan ikkinchi tanaga o‘tib yurishi ta’kidlangan. 
Karma qonuniga binoan inson foniy dunyoda qilgan xatti-harakatlari uchun narigi 
dunyoda javob beradi. 
Braxmanizmda Braxma xudosi – olamni yaratuvchi bo‘lib, unga qurbonlik 
keltirishni buyurgan. Braxmanlar o‘zlarini odamlar orasida eng yaxshilari deb, 
inson qiyofasidagi xudolar, deb bilib, jamiyat fuqarolari esa, ularga 
bo‘ysunishlari shart deganlar. Braxmanizm dini keyinchalik Hindiston bo‘ylab 
yoyildi. Ilk O‘rta asrlarga kelib, Hindistonda yangi din – hinduizm shakllanib, u 
butun Hindiston bo‘ylab yoyildi.
2

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling