Moistchilarning keyingi davrdagi asarlarida mantiq katta o‘rin tutdi. Ular
hukmning 7 usulini ishlab chiqdilar (“Mo-szi”, syao syuy bo‘limi).
Ularning
ba’zilari G‘arbiy Ovro‘po olimlari tomonidan ishlab
chiqilgan deduktiv va
induktiv metodlarga o‘xshaydi.
Moistchilarning mantiqiy asarlarida
Xuey Shi va Gunsun Lunning
qarashlari rad etilgan edi. Ular riyoziyot (matematika),
ilmiy tabiatshunoslik va
texnika muhandisligi masalalari bilan ham shug‘ullanishga kirishgan edilar. Ular
bilish jarayonining o‘zi bilan ham qiziqishgan.
Ularning aqidasicha, “bilish
vokeylik bilan hissiy to‘qnashish vositasida yuz beradi hamda his-tuyg‘u orqali
qabul qilingan tushunchalarni idrok etish yo‘li bilan hosil kilinadi”.
Eramizdan oldingi II asrda konfusiychilik moizmni
orqa planga surishga
muvaffaq bo‘ldi va u o‘z ahamiyatini yo‘qotdi.
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar
1. Mo-szi kim bo‘lgan?
2. Mo-szi falsafasining yetakchi g‘oyasi nima edi?
3. Moistlar falsafasining jozibakorligi nimada edi?
4. Nima uchun Mo-szi Konfusiyni tanqid ostiga oldi?
5. Mo-sziga ko‘ra, haqiqat nima?
6. Sizningcha, haqiqat nima?
7. Faylasufning qarashlariga ko‘ra, bilishning manbai nima?
8. Syun-szining falsafiy ta’limotidagi moddiyuncha qarashlar xitoy falsafiy
tafakkuri rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatgan?
Mustaqil ta’lim uchun vazifalar
1. Taqdim etilayotgan adabiyotlarni o‘qing va qisqacha konspekt yozing.
2. “Mo-szining ijtimoiy-axloqiy qarashlari” mavzusida slayd tayyorlang va
taqdimot qiling.
3. Mavzu yuzasidan 15ta test, 15ta blits-savol va krossvord tayyorlang.
4. Mo-szining va Konfusiylarning qarashlarini qiyosiy tahlil qilib, shu
asosda mustaqil ish tayyorlang.
Adabiyotlar
1. Petrov A.A. Ocherk filosofii Kitaya. V sb.: Kitay, M.-L., 1940.
2. Yan Xin-shun. Teoriya poznaniya moistov. “Voprosi filosofii”, 1956, №1.
3. Yan Yungo. Istoriya drevnekitayskoy ideologii. M., 1957.
4. Istoriya-filosofii. T.1, M., 1957.
5. Aleksandrov G.F. Istoriya sotsiologicheskix ucheniy. Drevniy Vostok. M.,
1959.
6. Istoriya filosofii v kratkom izlojenii. M., 1991.
Do'stlaringiz bilan baham: