Toshkent davlat sharqshunoslik instituti falsafa kafedrasi qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/48
Sana04.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1324709
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48
Bog'liq
Qodirov M Qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar transformatsiyasi (1)

 
Konfusiy bilim haqida 


Konfusiyning axloqiy-siyosiy ta’limoti qandaydir nazariy bilish asosiga 
tayanmaydi. Bilim (chji) va uning kelib chiqish masalasini Konfusiy qadimgi 
kitoblarni o‘rganish va qadimgi ajdodlar tajribasidan iqtibos qilishganda, deb 
bildi. Uningcha, bilimning asosiy manbasi o‘qishdir va uning manbasi esa
qadimgi rivoyatlar va solnomalardir. Shuning uchun konfusiychilikka jamiyat 
taraqqiyotidagi ilgarigi va yangi tajribagatanqidiy munosabatda bo‘lib, ulardan 
xulosalar chiqarish yot edi. Tabiatshunoslik fanlariga umuman e’tibor 
berilmagan edi.Har qanday yangi hodisaeskiga tajriba nuqtai nazaridan 
baholanar va o‘tmishga borib taqalar edi. Masalaning bunday qo‘yilishi Xitoy 
o‘tmishini ideallashtirishga olib keldi.Konfusiychilik ta’limoti muhofazakorona 
fikrlar tayanchiga aylandi.
 
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar 
1. Konfusiy kim bo‘lgan? 
2. Konfusiychilik ta’limotining yetakchi g‘oyasi nima edi? 
3. Yao, Shun va Yuylardek afsonaviy hukmdorlar Markaziy Osiyo tafakkuri 
tarixida ham mavjud bo‘lganmi? 
4. Konfusiychilikning asosiy shiori nima edi? 
5. Konfusiyga ko‘ra, adolatsizlikni tugatmoq uchun nima qilmoq kerak?
6. “Ismlarni tuzatish” g‘oyasi deganda nimani tushunasiz? 
7. Konfusiy o‘zining bilish to‘g‘risidagi qarashlarida nimaga asoslanadi? 
8. Konfusiychilik ta’limoti hozirgi kunda Xitoy ma’naviy hayotida qanday 
ahamiyat kasb etmoqda? 
Mustaqil ta’lim uchun vazifalar 
1. Taqdim etilayotgan adabiyotlarni o‘qing va qisqacha konspekt yozing. 
2. “Konfusiychilik ta’limoti va uning Xitoy ma’naviy hayotida tutgan o‘rni” 
mavzusida slayd tayyorlang va taqdimot qiling. 
3. Mavzu yuzasidan 10ta test, 15ta blits-savol va glossariy tayyorlang. 
4. Konfusiy va Arastularning axloqiy qarashlarini qiyosiy tahlil qilib, shu 
asosda mustaqil ish tayyorlang. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling