qoida yordamida hal qilish mumkin. Umumiy
muhabbat qoidasiga Mo-szi
iqtisodiy va siyosiy mazmun ham qo‘shgan edi. Zero, uni amalga oshirish
zarurligi g‘oyasiga “o‘zaro foyda” (bir-birini yaxshi ko‘rib, biri ikkinchisiga
yordam berishi tufayli kishilar iqtisodiy qiyinchiliklarni
bartaraf etishlari
mumkin) aqidasini qo‘shgan edi. Agar hukmdor bu qoidalarga rioya etib
mamlakatni boshqarsa, u vaqtda siyosiy bosh-boshdoqlik ham bo‘lmasligi
mumkin. Mo-szining ta’kidlashicha, “kimki o‘z
yaqiniga muhabbat va
samimiylik bilan boqmasa, “samimiy iroda” uni jazolaydi” (“Mo-szi” risolasi,
Fa i bobi) (1-ilova).
Inson taqdirini belgilovchi xudo sifatida “samoviy iroda”ni
ifodalagan
konfusiychilikka qarshi turgan Mo-szi aytishicha, “agar kishilar taqdirga
ishonsalar, ular farovonliklari uchun kurashni to‘xtatadilar” (o‘sha yerda, Fey
min bobi).
Mo-szi Xitoy falsafasi tarixida birinchi bo‘lib sabab (gu) va jins (ley)
tushunchalarini o‘rtaga qo‘ydi. Ularni moddiyuncha talqin qilish asosida keyingi
uning maslakdoshlari tomonidan bilish nazariyasi va mantiq rivojlantirildi.
Mo-szi haqiqat haqida
Mo-szi haqiqat haqida quyidagilarni aytgan edi:
u
shunday narsaki, o‘tmish tajribasiga tayanadi (uni tanqidiy o‘rganishni talab
qildi: qadimgi davrlardan faqat yaxshi narsanigina olish kerak);
1)
u shunday narsaki, xalq foydasiga muvofiq keladi;
2) u shunday narsaki, xalq tushunchasida haqiqatdir (agar xalq “ha, shunday”
desa, o‘sha haqiqat bo‘ladi).
Moizm bilim haqida
Keng tarqalgan “tug‘ma bilim” nazariyasiga qarshi chiqib, Mo-szi inson
o‘z bilimini faqat amaliy faoliyat jarayonida qo‘lga
kiritadi, degan edi.
Uning fikricha, - inson o‘z amaliy faoliyatida bilim hosil qilsa-yu, uni hayotda
qo‘llay olmasa, bunday bilim haqiqiy emasdir.
Mo-szining ta’limoti uzluksiz ravishda konfusiychilik tarafdorlari
tomonidan hamlaga duchor bo‘ldi. Keyingi davrlarda
uning tarafdorlari
moizmni moddiyuncha yo‘nalishda rivojlantirdilar. Ularning ta’kidlashlaricha,
“bilim his-tuyg‘u ob’ekti bo‘lgan his-tuyg‘u a’zolarini mavjudligini taqozo
etadi, hamda uning manbalari bo‘lgan shaxsiy tajriba,
boshqa odamlar aytgan
fikrlar xulosasini ham qamrab oladi” (“Mo-szi”, szin bo‘limi) (2-ilova).
Do'stlaringiz bilan baham: