Mavzuning o‘quv maqsadi
Talabalarda Qadimgi Xitoy falsafasining eng yirik vakillaridan biri bo‘lgan
Konfusiy va konfusiychilik ta’limoti, ushbu ta’limotdagi borliq, bilish va ijtimoiy
adolatga oid g‘oyalar haqida tushunchalar hosil qilish, shuningdek, talabalarda
konfusiychilik ta’limotining axloqiy g‘oyalarini falsafiy mushohada qilish va
amaliy xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Mavzuning tayanch tushunchalari
Konfusiy, Kun Fu szi (muallim Kun), konfusiychilik, muhofazakorona
ta’limot, ijtimoiy me’yor, inson tarbiyasi, mumtoz kitoblar (szin), donishmandlik
sharhlovchisi, “Suhbatlar va hukmlar” (Lun yuy) kitobi, Yao, Shun va Yuy,
adolat, Osmonga sig‘inish, “Shu-szin” kitobi,ismlar, rasm-rusumlar, musiqa,
birodarlik oliijanobligi (syao ti), oliyjanob er (szyun szi), axloqiy kuchga (de),
bilim (chji).
Konfusiychilik muhofazakorona ta’limot
Konfusiychilik yagona, bir butun ta’limot emas edi. U muayyan jamiyat
tashkilotining nazariyasi
sifatida axloqiy qoidalar, ijtimoiy me’yorlar va
boshqaruvni takomillashtirishga diqqat-e’tibor bergan
va bu sohada
muhofazakorona mavqeda turgan g‘oya edi (1-ilova). Konfusiy o‘zi haqida:
“eskini bayon etaman va yangini barpo etmayman” degan edi.
U va uning
izdoshlari jamiyatning axloqiy tanazzulidan xavotirlanib, inson tarbiyasiga
asosiy e’tibor qaratib, jamiyatda bir-birini kechirish
muhitni barqaror etishga
harakat qildilar.
Konfusiy (er.ol.551-479 yy.) ning haqiqiy ismi Kun Fu szi (muallim Kun)
bo‘lib, lotincha yozilishda Konfusiy sifatida qayd etilgan. Bu mutafakkir
(oldingi ismi Kun-syu) Xitoyning birinchi faylasufi hisoblangan. Konfusiy bir
necha yillar davomida Sharqiy Xitoy davlatlari bo‘ylab
sayohatga chiqqan va
hayotining oxirgi yillarini shogirdlar tarbiyasiga qaratib, ba’zi mumtoz
kitoblarni (szin) tartibga solgan. U ta’limoti Sin sulolasi
hukmronligi davrida
ta’qiqlangan ko‘pgina faylasuflardan biri edi. Xan sulolasi.davrida Konfusiy
katta e’tibor qozonib, ilohiylashtirish darajasiga borib yetgan va yangi
davrgacha hurmatli donishmand sifatida taqdirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: