Toshkent davlat sharqshunoslik instituti falsafa kafedrasi qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar
Maktablar haqidagi yozma manbalarda ontoligik masalalar
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Qodirov M Qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar transformatsiyasi (1)
Maktablar haqidagi yozma manbalarda ontoligik masalalar
Ushbu o‘nlik maktablariga asoslangan manbalarini eramizdan avval 3-2 asrlarning ensiklopedik yodgorliklari bo‘lgan Lyuy shi chunsyu ( janob Lyu yaning bahor va kuzi) va Xuaynan szi (Xuaynanlik o‘qituvchining asari)da kuzatish mumkin. Ularning birinchisida (2 – bob, 5-7) “Osmon ostining o‘nta atoqli arboblari ro‘yxati kiritilgan: 1) yon berishni ko‘plarga o‘rnak qilib ko‘rsatuvchi Lao Szi, 2) insonparvarlikni ulug‘lovchi Konfusiy, 3) “mo‘’tadillik”ni ifodalovchi Modi, 4) ”soflik”ni ulug‘lovchi Guan in, 5) “borliq”ni ulug‘lovchi Le Szi, 6) “tenglik”ni maqtovchi Tyan-pyan, 7) “egoizm - xudbinlik”ni sharaflovchi Yan Chju, 8)”kuch”ni ko‘klarga ko‘taruvchi Sun bin, 9)” Oldinga intilish”ni qo‘llovchi Van byao, 10) “ergashish”ni ulug‘lovchi Er lyan. Ushbu to‘plamda Konfusiychilik, Moizm va Daosizmning xilma-xil ko‘rinishlardagi bilan birga so‘nggi uchinchi o‘rinda I ven chji matni bilan bog‘liq “harbiy maktab” o‘z ifodasini topgan. Xuaynan szi asarining umumlashtiruvchi yakuniy – 21 bobi tarkibida falsafa maktablarining vujudga kelishi ijtimoiy - tarixiy shart – sharoitlari to‘g‘risidagi g‘oyalar keltirilgan bo‘lib, ular quydagi tartibda ko‘rsatilgan. 1) konfusiychilik. 2) Moizm. 3) Daoni Legizm bilan uyg‘unlashtirgan Guan szi ta’limoti (er.av 4-3 asrlar). 4) konfusiychilikni daosizm bilan uyg‘unlashtirilgan va sezilarli ravishda Yan-szi chun syu ( o‘qituvchi Yan bahori va kuzi) ifodalangan Yan-szi ta’limoti. 5) Vertikal va gorizontal (siyosiy ittifoqlar) haqidagi ta’limot. 6) Shen Boxayning “jazolar va ismlar” (sin min) haqidagi ta’limoti; 7) Shan yan (Gun Sunyan)ning (er av 4 asr) qonunlar to‘g‘risidagi ta’limoti; 8) Daosizm bilan sug‘orilgan Lao szi va Xuaynanszi ta’limoti; mazkur bobning boshida Loa-szi va Chjuanszi ta’limoti ajratib ko‘rsatilgan, 2 bobda esa, Yan Chju ( Modi, Shen Boxay, Gun Sunyan ta’limoti bilan birga to‘rtlikni tashkil etuvchi) ko‘rsatilgan bo‘lib, yaxlit xolda I ven chji turlanishi bilan o‘zaro munosabatda o‘nta (10) bo‘lingan to‘plamni tashkil etib, xususan, “vetikal va gorizontal (siyosiy ittifoqlar)” maktabiga xos belgi va falsafa maktablarining kelib chiqishi tarixiy voqelikni umumiy bog‘lash orqali aloqadorligi ko‘rsatib berilgan. O‘zlarini “Xan”lar deb atagan xitoy imperiyasi etnonimi bo‘lib kelgan, markazlashgan Xan imperiyasi shakllanishi davrida yaratilgan “Lyu sin – ban gu” nazariyasi an’anaviy fanda mumtozlik mavqeiga ega bo‘ldi. Keyinchalik, butun xitoy tarixi mobaynida unga ishlov berish davom etib, uning keyingi rivojida Chjan Syuchen (1738-1801) va Chjan Binlin (1890-1936)lar alohida xissa qo‘shdilar. Bu ta’limot XX asr Xitoy falsafasida Xu Shi tomonidan qattiq tanqid qilinishi bilan birga oltita asosiy maktabni nafaqat turli kasb, balki turli xildagi shaxslar va turmush tarzi vakllari yaratgan degan xulosaga kelgan Fen Yulan tomonidan qo‘llab quvvatlandi va rivojlantirildi. Maktablar haqida ma’lumot beruvchi bu to‘plamlarning uzoq muddat mavjud bo‘lib kelganligi o‘sha davr maktablarining jamiyat haqidagi g‘oyaviy qarashlari xususida yetarlicha ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatlarini beradi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling