Toshkent davlat sharqshunoslik instituti falsafa kafedrasi qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar


Qadimgi Shumer va Bobilda ijtimoiy tafakkur


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/48
Sana04.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1324709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
Qodirov M Qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar transformatsiyasi (1)

 
Qadimgi Shumer va Bobilda ijtimoiy tafakkur 
Shumerliklar madaniyati Misr bilan bir qatorda dunyodagi eng qadimgi 
yodgorliklardan 
biridir. 
Eramizdan 
oldingi 
IV 
mingyillik 
oxirida 
Baynalnahrayndagi Dajla va Frot daryolari vodiysida mehnat taqsimoti tufayli 
jamiyat toifalarga bo‘lingan edi. Ammo Misrdan farqli o‘laroq, Baynalnahrayn 
madaniyati bir xil emas edi. Uni vujudga kelishida Shumer xalqi ishtirok etgan 
bo‘lib, uning tili bizga ma’lum bo‘lgan tillar guruhining hech biriga kirmaydi. 


Baynalnahrayn yozuvi Shumer xalqi ijodidir. Bu mixxat yozuvini avval 
akkadliklar, keyinroq Old Osiyoning boshqa xalqlari ham iqtibos qilgan edilar. 
Bu yozuv uch ming yil davomida tadrijiy rivojlanish va takomillashishda 
bo‘lganligi isbotlangan. Shumer yozuvi matnlarining bizgacha yetib kelganlari 
eramizdan oldingi XIX-XVIII asrlarga taalluqli bo‘lib, bu vaqtda Shumer tili yo‘q 
bo‘la boshlagan edi.
To‘fon to‘g‘risidagi Shumer afsonasida xudolar tomonidan inson zotining 
yaratilishi va yer yuzidagi tartiblarning qanchalik mukammalligi bayon qilingan 
edi. Ammo noma’lum sabablarga ko‘ra, xudolar insoniyatni yo‘q qilishga qaror 
qilganliklari bayon etiladi. Adolatli va taqvodor hukmdor Ziusudra ilohiy vahiyga 
bo‘ysunib, katta kema qurganligi va shu tufayli najot topib, xudolar tomonidan 
abadiy hayotga loyiq ko‘rilganligi ta’kidlangan. Matnda “barcha o‘simliklar va 
inson urug‘i ismlarining najotkori”, deb atalgan Ziusudra xudolar tomonidan 
Quyosh 
chiqadigan 
mamlakat 
oroli 
bo‘lgan 
Tilmunga 
(Bahrayn) 
joylashtirilganligi qayd etilgan. “Ism, shumerliklar tasavvurida dunyoning barcha 
moddiy hodislarining ruhiga o‘xshash mohiyatdir”. 
Shumerliklarning ko‘mish marosimida kuylanadigan marsiyalarining biri 
“inson va uning shaxsiy xudosi”, deb nomlanadi. Unda taqdirga tan bergan, aqlli 
kishining to‘satdan kasallikka chalinganligi va shu munosabat bilan o‘z xudosiga 
najot istab murojaat qilishi tasvirlangan. Bu ilk diniy-falsafiy asar ekanligi uning 
mazmunidan anglashiladi. Bunda azob-uqubatlar sababi, dunyoviy adolatsizlik
taqdirning ko‘r-ko‘rona ish tutishi, olijanob kishi hissasiga tushgan sinovlarning 
bayoni berilgan. “Men – aqli raso kishi bo‘laturib nega johil yoshlar bilan ish 
yuritishim kerak, - deb savol qo‘yadi azob tortayotgan shaxs. Men bilag‘on kishi 
bo‘lsamu, nega meni johillar qatoriga qo‘yishadi? Atrofda yegulik farovon bo‘lsa-
da, mening yeguligim – ochlik”.
Bir tomondan ayrim shaxslarning qo‘lida katta boyliklar to‘planishi, ikkinchi 
tomondan esa, quyi tabaqadagi ozod yollanma kishilarning qashshoqlashib 
borishi, ijtimoiy qarama-qarshiliklarni keskinlashtirganligi birinchi Bobil sulolasi 
davrida (eramizdan oldingi II mingyillik boshida) ochiq namoyon bo‘lgan edi. 
Natijada shu davrda mashhur podsho Xammurapining qonunlar majmuasi ishlab 
chiqilgan edi. Bunda diniy qarashlardan ko‘ra, ko‘proq dunyoviy ishlarga
jumladan jinoyat va jazoga, yangi iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqib 
yondoshilganligi aks etgan. Jinoyatni kelib chiqishi talqinida “g‘ayri tabiiy” 
kuchlar aralashuviga yo‘l qo‘yilmagan. Yuridik hujjatlarning guvohlik berishicha, 
hukmdorlar o‘z qaror va hukmlarida hurmat yuzasidan ilohiy kuchlarga murojaat 
qilsalar-da, muayyan huquqiy tadbirlarda ko‘proq dunyoviy jihatni hisobga 
olganlar. Hukmlar ijtimoiy boshqaruv ehtiyojlarini hisobga olib hukmdorlarning 
hokimiyatini mustahkamlashga qaratilgan edi.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling