Toshkent davlat sharqshunoslik instituti falsafa kafedrasi qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar
Qadimgi Misrda falsafiy fikrlarning paydo bo‘lishi
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Qodirov M Qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar transformatsiyasi (1)
Qadimgi Misrda falsafiy fikrlarning paydo bo‘lishi Eramizdan oldingi IV-III mingyilliklar orasida yagona Misr davlati paydo bo‘lmasdan oldin misrliklar tasavvurida inson tabiati, o‘limi va narigi dunyodagi hayoti haqida muayyan qarashlar shakllangan edi. Misrliklar fikricha: “Ismga ega bo‘lmagan narsa, mavjud bo‘lmaydi”. Shuning uchun tabiiyki, qabr toshida abadiylashtirilgan ism o‘lgan kishi hayotini abadiylashtiradi; va aksincha, ismni yo‘q qilish, uni egasini yakson qilish bilan barobardir. Misrliklar tasavvurida jasadni butun holda saqlash narigi dunyodagi abadiy hayotga zamin bo‘lar edi. Shuning uchun jasadni mumiyolash rasm bo‘lgan. Narigi dunyodagi abadiy hayotga qarshi bo‘lgan aqidani ifodalovchi asar bo‘lgan “Arfa chaluvchining qo‘shig‘i” O‘rta saltanat davrida, ya’ni eramizdan oldingi III mingyillik oxirida XI sulola fir’avni Intef hukmronligi davrida paydo bo‘lgan edi. Bu asarda qayd etilishicha, yerdagi barcha narsa foniy bo‘lib, hammasi yo‘q bo‘lishi muqarrardir; asrlar davomida kishilik jamiyatidagi avlodlar birlari ketidan boshqalari qabrga manzil tutadilar, qabr yodgorliklari yemiriladi va yo‘qoladi, va ko‘milganlardan hatto hech qanday esdalik qolmaydi; faqat qadimgi dunyoning donishmandlari bo‘lgan Imxotep va Djedefxorni shuning uchun eslaydilarki, ularning aytganlarini hamma biladi va takrorlab turadi; o‘lganlardan hech biri narigi dunyodan qaytib kelmaganki, tiriklarga ularni nima kutayotganligini gapirib bersa; shuning uchun hayotning barcha ne’matlaridan foydalanish kerak, shodu-xurramlik va lazzatlanish zarur, negaki, o‘limning barhaqligini hech qanday narsa bartaraf qila olmaydi. “Arfa chaluvchining qo‘shig‘i” yerdagi hayotga yuqori baho beribgina qolmay, narigi dunyoga nisbatan bo‘lgan e’tiqodga, yashirmasdan, umidsizlarcha qarashni boshlab berdi. Berlinda saqlanayotgan papiruslarda bitilgan qadimgi Misr adabiyotining eng qiziq va mashhur asari “Hayotdan hafsalasi pir bo‘lgan kishining o‘z ruhi bilan suhbati”, deb nomlangan. Papirus O‘rta saltanat davriga taalluqlidir. “Suhbat” savol-javob shaklida bo‘lib, hayotdan to‘ygan va o‘zini o‘zi o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxsning o‘z ruhi bilan ichki muloqotidirki, unda ruh hayotni zarurligini ta’kidlab, uni sohibini o‘z ra’yidan qaytarmoqchi bo‘lgan. “Bugun men yuragimni kimga ochay?” “Hafsalasi pir bo‘lgan kishi”ning javobi ham o‘ziga xos: “Yuraklar ochko‘zlik bilan to‘lib toshgan, har kim birovning haqiga qo‘l cho‘zadi”; “Olijanob kishilar yo‘qligidan, mushtumzo‘r- larga keng maydon ochiq”; “Behayo o‘z qurbonini toptaydi, kishilarga esa, tomo- sha bo‘lsa-bas!”; “Ilgarigi yaxshi zamonlarni hech kim eslamaydi. Yaxshilikka yaxshilik qaytishini kutmaysan”; “Do‘stlar po‘panak bosib qoldilar, birovlardangina rahm-shavqat kut”; “Adolatli kishilar yo‘q, yer makkorlarga berilgan”; “Qabohat yer yuzini bosib ketgan, uning boshi ham, oxiri ham yo‘q”. “Hafsalasi pir bo‘lgan”ga e’tiroz bildirib, uning “ruhi” yer yuzidagi tartiblarga to‘xtalmaydi, ammo o‘lim va narigi dunyo to‘g‘risida butunlay boshqa nuqtai nazarni bayon qiladi. Uning fikricha, o‘lim va narigi dunyo to‘g‘risida o‘ylashning hech keragi yo‘q; ehromlar va maqbaralar qurishning ham zaruriyati yo‘q. Ular baribir buziladilar va hech kimga yaroqsiz holatga tushadilar. Shuning uchun hayotning lazzatlaridan foydalanish kerak. Qarshimizda qadimgi Misr jamiyati ijtimoiy fikrining ikki bir-biriga qarshi oqimi vakillarining savol-javoblari turganligi ayondir. “Hafsalasi pir bo‘lgan kishi” muhofizakor (konservativ) yo‘nalish vakili bo‘lib, an’anaviy ta’limot bo‘lgan o‘lim va narigi dunyodagi hayotga qat’iy ishonadi va jamiyatdagi yangi munosabatlarni shafqatsiz va chidab bo‘lmas, deb qoralaydi. Uning “ruhi” esa, bar aks, hamma tomonidan qabul qilingan abadiy barhayotlik diniy aqidasini tanqid qilib, qanday ko‘rinishda bo‘lmasin insonni o‘z hayoti bilan murosaga kelishga undaydi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling