Toshkent davlat sharqshunoslik instituti falsafa kafedrasi qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Qodirov M Qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar transformatsiyasi (1)
Ҳайвонот
Тўрт оёқли ҳайвонлар Икки оёқли ҳайвонлар От Сигир Ит Қушлар Инсон olamiga qaytmaydi, jazolanib hayvondan-hayvonga o‘tib azobda bo‘ladi, deydi Aflotun. Aflotun o‘z asarlarida, masalan «Davlat» kitobida qo‘llagan uslubini «dialektik» uslub deydi. Dialektikaga u shunday ta’rif beradi: «Dialektika kishilarni savol-javob bera bilishiga o‘rgatadi». Aflotuncha, dialektika savol va javob bera olish san’atidir. Uni xususan, nutqda qo‘llash muhim ahamiyatga ega, deydi u. «Adolat», «go‘zallik» va «qaramlilik»ni ifodalash va tashviq etishda dialektikaning favqulodda muhimligini Aflotun qayd qiladi. Aflotun dialektika to‘g‘risida so‘zlar ekan, u mantiq bayonida ham xizmat qiladi. «Parmenid» kitobida Aflotun tushunchalar, umumiylik, konkretlik, ayniyat va qarama-qarshilik, ko‘plik va yakkalik kabi masalalarni mistik sistemasi ruhida ishlab chiqqan hamda shu sababdan dialektika vakili bo‘lib tarixda o‘z nomini qoldirgan. Aflotun o‘z kitoblarida, birinchi navbatda, «Davlat» kitobida hokimiyat, uning shakllari, aholisi, tabaqa va sinflar to‘g‘risida ham gapiradi. Axloq-xulq nazariyasida Aflotun, aql-donolik, erk-botirlik, jasurlik, hissiylik-oqilonalik kishi xatti-harakatida namoyon bo‘ladi, deydi. Adolatlilik esa yuqorida zikr qilingan uch xislat – donolik, botirlik, oqilonalikning uzviy, garmonik qo‘shilishidan tashkil topadi, deydi Aflotun. Aflotun o‘zining «Ideal davlat» utopiyasida jamiyatda uch tabaqa: hokimlar-faylasuflar, harbiylar, dehqon va hunarmandlar bo‘lishini aytadi. Davlat hokimiyati oqsuyaklar-faylasuflar qo‘lida bo‘lishi shart. Harbiylar-yollanma qo‘riqchilar – davlat apparati xodimlari quldorlar hokimiyatini himoya qilishlari darkor. Dehqon va hunarmandlar davlatga zarur hamma narsa-mahsulotlarni tayyorlashlari lozim. Aflotun qullarni hatto odamlar qatoriga qo‘shmaydi, ularni ma’naviy hayotdan mahrum maxluqlar deb ataydi. Aflotun yoshligida rassom, yozuvchi bo‘lish niyatida edi, keyinchalik u faylasuf sifatida kamol topgan. Shuning uchun ham u o‘z falsafiy kitoblarida ko‘p badiiy obrazlar, uslublarni qo‘llaydi. Sharq mamlakatlari, jumladan, Markaziy Osiyo falsafasi tarixida ham Aflotun ta’limotining ta’siri katta bo‘lgan. Aflotun chuqur bilimli hakim sifatida yuqori baholangan. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling