Toshkent davlat sharqshunoslik instituti falsafa kafedrasi qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/48
Sana04.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1324709
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48
Bog'liq
Qodirov M Qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar transformatsiyasi (1)

 
 
 
11-MAVZU 


Arastuning borliq, aql va bilim haqidagi qarashlari. Ravoqiylarning 
kosmopolitizmi. Yangi aflotunchilarning emanatsiya nazariyasi. Qadimgi 
dunyo umidsizligining (skeptisizm) mohiyati 
 
Reja: 
1. Arastu falsafasining shakllanishi. 
2. Arastuning borliq haqidagi falsafiy ta’limoti. 
3. Arastuning bilish nazariyasi. 
4. Arastu fanlarning tasnifi haqida. 
 
 
Mavzuning o‘quv maqsadi: 
Talabalarda Arastu falsafasiga oid tushuncha va tasavvurlar hosil qilish
Arastu falsafasi bilan boshqa ta’limotlarni hamda falsafiy manbalarni qiyosiy 
tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Mavzuning tayanch tushunchalari: 
Likey, peripatetiklar, «yaratuvchi sabab», «oxirgi sabab», «birinchi 
harakatlantiruvchi», harakat turlari, mantiq kategoriyalari, fanlar tasnifi
nazariy falsafa, amaliy falsafa, ijodiy falsafa.
 
Hayoti: Arastu miloddan avvalgi 384-322 yillarda 
yashab, ijod etgan. U Stagira shahrida otasi Makedoniya 
shohi Alintin saroyida vrach bo‘lib xizmat qilgan. 
Arastu yoshligidan madaniyatli oilada tarbiyalanib 
o‘sgan hamda o‘n yetti yoshida Afinaga kelib Aflotun 
akademiyasiga o‘qishga kirgan, yigirma yilcha ushbu 
akademiyada ta’lim olgan. Aflotun bilan ko‘p 
masalalarda munozara qilgan, oqibatda Aflotun nuqtai 
nazarini rad qilgan. Aflotun vafotidan so‘ng u 
akademiyani tashlab, Afinada o‘z maktabi – Likeyni tashkil qiladi. Miloddan 
avvalgi 343-yildan boshlab, Arastu bir necha yil Iskandar Zulqarnaynning 
tarbiyachisi bo‘lgan (1-ilova). 
Asosiy asarlari: Arastu «Fizika», «Metafizika», «Jon to‘g‘risida», 
«Kategoriya», «Analitika», «Topika», «Organon» singari asarlarida uning samarali 
ijodi o‘zining to‘la ifodasini topgan. Arastuning tabiiy-ilmiy qarashlari uning 
«Fizika», «Osmon haqida», «Meteorologiya», «Hayvonlarning kelib chiqishi», 
«Metafizika», «Etika» kitoblarida bayon qilingan. 



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling