Arastuning borliq, aql va bilim haqidagi qarashlari. Ravoqiylarning
kosmopolitizmi. Yangi aflotunchilarning emanatsiya nazariyasi. Qadimgi
dunyo umidsizligining (skeptisizm) mohiyati
Reja:
1. Arastu falsafasining shakllanishi.
2. Arastuning borliq haqidagi falsafiy ta’limoti.
3. Arastuning bilish nazariyasi.
4. Arastu fanlarning tasnifi haqida.
Mavzuning o‘quv maqsadi:
Talabalarda Arastu falsafasiga oid tushuncha va tasavvurlar hosil qilish;
Arastu falsafasi bilan boshqa ta’limotlarni hamda falsafiy manbalarni qiyosiy
tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Mavzuning tayanch tushunchalari:
Likey, peripatetiklar, «yaratuvchi sabab», «oxirgi sabab», «birinchi
harakatlantiruvchi», harakat turlari, mantiq kategoriyalari, fanlar tasnifi,
nazariy falsafa, amaliy falsafa, ijodiy falsafa.
Hayoti: Arastu miloddan avvalgi 384-322 yillarda
yashab, ijod etgan. U Stagira shahrida otasi Makedoniya
shohi Alintin saroyida vrach bo‘lib xizmat qilgan.
Arastu yoshligidan madaniyatli oilada tarbiyalanib
o‘sgan hamda o‘n yetti yoshida
Afinaga kelib Aflotun
akademiyasiga o‘qishga kirgan, yigirma yilcha ushbu
akademiyada ta’lim olgan. Aflotun bilan ko‘p
masalalarda
munozara qilgan, oqibatda Aflotun nuqtai
nazarini rad qilgan. Aflotun vafotidan so‘ng u
akademiyani tashlab, Afinada o‘z maktabi – Likeyni tashkil qiladi.
Miloddan
avvalgi 343-yildan boshlab, Arastu bir necha yil Iskandar Zulqarnaynning
tarbiyachisi bo‘lgan (1-ilova).
Asosiy asarlari: Arastu «Fizika», «Metafizika», «Jon to‘g‘risida»,
«Kategoriya», «Analitika», «Topika», «Organon» singari
asarlarida uning samarali
ijodi o‘zining to‘la ifodasini topgan. Arastuning tabiiy-ilmiy qarashlari uning
«Fizika», «Osmon haqida», «Meteorologiya», «Hayvonlarning kelib chiqishi»,
«Metafizika», «Etika» kitoblarida bayon qilingan.