Arastu fikricha, modda, materiya - har bir narsaning «so‘nggi» substrati – materia-
lidir. Har bir narsa undan hosil bo‘ladi. Narsa
tarkibiga kiruvchi materialdan,
masalan, misdan haykal,
kumushdan idishlar, loydan sopol yasaladi. Bu moddiy
sababdir. Shakl ikkinchi sabab bo‘lib, har bir narsaga shakl ato qiladi.
Agar shakl
bo‘lmasa mis, kumush, loy qanday material holida bo‘lsa shunday qolaveradi.
Arastu fikricha, shakl faol sababdir. U shaklni xattoki borliqning ma’nosi ham
deydi.
Arastu moddani passiv, faqat imkoniyat bo‘lib, u shakllanibgina ro‘yobga
chiqadi deb hisoblaydi.
Agarda materiya va shakl «narsalar nimadan tuzilgan» degan savolga javob
bersa, «yaratuvchi sabab» «nima qilinayapti» degan savolga javob qaytaradi.
Masalan,
ota bolaning sababchisidir, shunga o‘xshash nima qilinishi, nima
qilinayotganini sababi, nima o‘zgarsa, nima o‘zgarganining sababidir. «Oxirgi
sabab» - «maqsad» Arastu tasavvurida «nima uchun»
tabiat hodisalarining kelib
chiqishini ifodalaydi. Shuning uchun har bir tabiiy hodisada Arastu ichki azaliy
maqsad, entelexiyani ko‘rdi.
Do'stlaringiz bilan baham: