San’at Arastu fikricha, tabiatga taqliddir,
biroq faqat taqlidgina emas,
voqelikni obrazda qayta ishlash bilan falsafadan, tabiiy fanlardan, tarix
ilmidan
farq qiladi. Demak, Arastu san’atni bilish vositasi, voqelikni, hayotni,
ijtimoiy
turmushni anglash yo‘li deb bildi va ta’rifladi.
Arastu mo‘’tadillik, o‘rta holchilik tarafdori bo‘lib, o‘ta boy va o‘ta
qashshoq bo‘lishdan o‘rtaxollik yaxshiroqdir; hokimiyat,
davlat ham
quldorlarning o‘rta tabaqasi tomonidan idora qilinishi kerak, degan g‘oyalarni
ilgari surgan.
Arastuning axloqiy qoidalari uning iqtisodiy nuqtai nazari bilan ulanib ketadi.
Arastu iqtisod fanining asosiy masalalaridan ayirboshlash,
qiymat shakllari,
ekvivalent formalari, mehnat, tenglik masalalari singari muammolarni tekshirgan. U
mazkur masalalarni nazariy jihatdan yechishga harakat qilgan.
Arastu ta’limotining ilg‘or tomonlarini rivojlantirishida Arab, Eron,
xususan, O‘rta Osiyo va Hindiston faylasuflarining xizmatlari kattadir. Al-
Kindiy, al-Forobiy,
al-Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar
Xayyom, Ulug‘bek, Navoiy, Jomiy, Mirza Bedil
kabi fan va adabiyotning
mashhur arboblari asarlarini o‘qib, tadqiq etib bunga to‘la ishonch hosil qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: