Toshkent davlat sharqshunoslik instituti falsafa kafedrasi qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Qodirov M Qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar transformatsiyasi (1)
GLOSSARIY Abadiy qaytish ta’limoti – bu g‘oyaning mohiyati shundan iboratki, ilohiy xususiyatga ega bo‘lgan abadiy barhayot inson ruhi yerga tushib inson tanasi orqali namoyon bo‘ladi, aynan zaminda ruh bilan tana qo‘shiladi. Shu holda tana tabiiy holda o‘z ruhiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tishi zarur. Absurd - Kamyu “Sizif haqida afsona” nomli falsafiy risolasida ma’nosizlik (absurd) falsafasini oldinga surdi. Agnostisizm – bilishni inkor qiluvchi ta’limot. Antinomiya – isbotlash ham inkor etish ham mumkin bo‘lgan haqiqatlar yoki qoidalar. Apeyron – Anaksimen ta’limotida: olamning umumiy moddiy asosini tashkil etuvchi nomuayyan mayda zarrachalar. Aporiya – aynan bir narsaga nisbatan aytilgan qarama-qarshi xulosalarning “tengligi” ni, ya’ni chinligini isbotlovchi dalil. Apologetika – so‘zning lug‘aviy ma’nosi himoya qilmoq demakdir, ya’ni xristian dini aqidalarini turli hujumlardan himoya qilishdir. Aprior – tajribagacha bo‘lgan bilim. Aposterior – tajribadan keyingi bilim. Arxetip - yungcha «arxetip»lar inson holatining shakliy timsollaridir yoki majoziy andozalaridir. Assotsiatsiya – bilishdagi munosabat-asoslari. Axloqiy rasionalizm – bilimlar inson axloqiy faoliyatini yaxshilikka qaratish orqali namoyon bo‘ladi. Atom – dunyoning moddiy asosi, ruhiyatga ham ega, doimiy harakatda, mayda, bo‘linmas zarracha. Atlantida – yo‘q bo‘lib ketgan jamiyat. “A’lo odam” - zaminning mazmuni, mukammal kuchli irodaga ega bo‘lgan inson. Biologik antropologiya – insonni biologik mavjudot sifatidagi jihatlarini bo‘rttirib o‘rganuvchi ta’limot. Birlamchi sifatlar – narsalarning mohiyatiy belgilari. Begonalashish – o‘zgaga aylangan inson, har bir narsaga begona bo‘lgan inson, "Begona" asarining bosh qahramoni Merso faqat o‘zi uchun yashaydi, uning qalbida odamlarga bo‘lgan mehr alangasi so‘ngan. Boshlang‘ich ibtido – substansiya, birinchi ibtido, asos, negiz degan ma’nolarni anglatadi. Gedonizm – lazzatlanish, huzurlanish. Gilozoizm – hamma mavjud narsalarni ruhga, jonga ega deb hisoblash. Geotsentrizm - Yer - Olamning markazi, degan ta’limot. Gomomeriyalar – Anaksagor ta’limotida: dunyoning moddiy asosini tashkil etuvchi mayda zarrachalar -urug‘chalar. Gumanizm – insonning dunyodagi o‘rni, mohiyati va vazifasi, borlig‘ining mazmuni va maqsadi haqidagi tushuncha. Dasiyn - Xaydegger o‘z falsafasiga “dasiyn” tushunchasini kiritadi. Bu tushuncha inson borlig‘i ma’nosini anglatadi. Demiurg – eng oliy iloh, xudo desa ham bo‘ladi. Determinizm – zaruriy shartlanganlik tamoyili. Deduksiya – umumiydan xususiyga borish. Deizm – xudo olamni yaratadi, lekin keyingi rivojiga aralashmaydi degan falsafiy ta’limot. Deduktiv metod – umumiy bilimdan xususiy bilimga borish usuli. Dekart inson aqliga yuqori baho beradi, natijada rasionalizmni rivojlantiradi. U Bekonga qarama-qarshi deduktiv metodni ilgari suradi. Dialektika – raqib bilan bahs-munozara yurita olish san’ati. Donolik – yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi amal birligi. Dualizm – nomoddiy va moddiy substansiya birlamchi asos sifatida mavjud. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling