Toshkent davlat sharqshunoslik instituti falsafa kafedrasi qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/48
Sana04.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1324709
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
Qodirov M Qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar transformatsiyasi (1)

Zarurat – olamdagi hamma narsa belgili asosda paydo bo‘ladi, ob’ektiv 
zaruratdan paydo bo‘ladi.
Ideal jamiyat – xususiy mulksizlikka asoslangan hayoliy jamiyat modeli. 
Ijtimoiy kelishuv – jamiyatni shartnoma asosida paydo bo‘lganligi haqidagi 
ta’limot. 
Ijtimoiy adolat – jamiyatdagi adolat shakli. 
Ikki haqiqat – dunyoviy va diniy bilimlar bir xil darajaga ega. 
Ikkilamchi sifatlar – narsalarning tashqi sifatiy belgilari. 
Ilk xristianlik – xristianlikning shakllanishi va rivojining dastlabki davrlari. 
Induksiya – xususiydan umumiyga borish. 
Induktiv metod – tajriba orqali olingan materiallarni miyada qayta ishlash 
usulidir. 
Inson borlig‘i - inson borlig‘ini "ekzistensiya" deb atadilar.  
Inson-mexanizm – inson mexanika qoidalariga bo‘ysinuvchi mavjudot. 
Inson falsafasi - inson ma’naviy hayotining ichki qonuniyatlarini, hayot 
mazmuni, inson va uning mohiyati, yashashning ma’nosi, inson ruhiyatining 
tahlili, falsafiy tafakkurning o‘ziga xosligi, falsafada yangi uslub, inson 
faoliyatini ijobiy tomonga yo‘naltiruvchi ta’limot.
Ioniya falsafasi – Ioniya tumanida yuzaga kelgan barcha falsafiy 
ta’limotlarni ioniya falsafasi deb atashgan. 


Irrasionallik - ob’ektiv dunyoning umumiy qonunlaridan «dalillarni», 
«hayotni», sub’ekt ongining hodisalarini tahlil qilishga o‘tdilar.
Yo‘qlik – borliqning muqobili, ya’ni mavjud bo‘lmaslik. 
Kategoriyalar – eng umumiy tushunchalar, mantiq tushunchalari. 
Kategorik imperativ - Kant axloqshunosligidagi «burch haqidagi» ta’limot.
Libido -
 
Inson tug‘ilgandan boshlab, butun hayoti davomida uning bapcha 
hapakatlapining sabablapini Fpeyd ong ostida yotgan, anglanmagan xipsiy 
hissiyotlap, ya’ni "libido" opqali tushuntipdi.
Logos –Geraklit falsafasida: qonun, moddiy dunyo qonuni. 
Maevtika, ironiya – suhbat olib borish usullari. 
Margburg maktabi - German Kogen (1842-1918) - neokantchilikning 
Margburg maktabi asoschisi va rahbari.
Matematik tabbiyotshunoslik - cheksiz bilish jarayonida va borliqni 
yaratilishida Kogenning ideali - bu matematik bilishdir. Yangi tabiiyotshunoslik 
- bu matematik tabiiyotshunoslikdir.
Materiya – moddiy asos. 
Milet maktabi – miloddan avvalgi VII asr oxiri - VI asr boshlarida vujudga 
kelgan, ularning vakillarini ioniyalik faylasuflar ham deb atashgan.
Mifologiya – afsonalar va asotirlar haqidagi ta’limot. Qadimda falsafani 
manbasi, materiali vazifasini o‘tagan. 
Metafizika – tabiatdan oldin, birinchi falsafa ma’nosida ham qo‘llaniladi. 
Metod – usul haqidagi ta’limot. 
Muhabbat va yovuzlik - Empedokl ta’limotida barcha unsurlarni harakatga 
keltiruvchi kuchlar. Unsurlarni birlashtiruvchi kuchni u muhabbat desa, ularni 
bir-biridan ajratuvchi kuchni yovuzlik, nafrat kuchi, deb biladi. 
Moduslar – narsalarning sifatlari. 
Monadalar – birlamchi asoslar, ruhiy substansiyalar. 
Narsalar dunyosi – o‘tkinchi, yo‘q bo‘luvchi, o‘zgaruvchan dunyo. 
Nisbiylik – hamma narsa o‘zgaruvchan, oquvchan xususiyatga ega, sukunat 
esa vaqtinchalik, nisbiydir. 
Neoplatonizm – yangi aflotunchilik, ellin davrida rivojlangan oqim. 
Neokantchilik - Kantning ta’limotini va uning tarafdorlari fikrini qayta 
tiklash orqaligina mumkindir. Bu oqim mavhum «ong» kategoriyasi ustida 
ishlagan. 
Neokantchilikning fiziologik yo‘nalishi - asosan hissiyotning tashqi 
fiziologiyasi haqidagi ta’limotlarning rivoji orqali bo‘ladi. 



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling