Toshkent davlat sharqshunoslik instituti falsafa kafedrasi qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar


-ilova  Arastu: birinchi harakatlantiruvchi va harakat


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/48
Sana04.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1324709
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48
Bog'liq
Qodirov M Qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar transformatsiyasi (1)

 2-ilova 
Arastu: birinchi harakatlantiruvchi va harakat 
Arastu tabiatni harakat va taraqqiyotda, imkoniyatni esa voqelikka aylanish 
jarayoni deb tasvirlaydi. Uning fikricha, butun olam o‘z harakatini – «birinchi 
harakatlantiruvchidan» oladi. Bu fikr keyingi o‘rta asr faylasuflari uchun 
g‘oyaviy manba bo‘lib xizmat qildi (2-ilova). 


Arastu olamni bilishda avvalo inson sezgisining roli to‘g‘risida gapirib, 
hamma seziladigan va sezgi uyg‘otadigan narsalar tashqarida mavjud, degan 
xulosaga keladi (3-ilova). 
3-ilova 
Arastu: bilish bosqichlari haqida 
Bilish bosqichlari 
Bilish predmeti 
1. Alohida narsa va xususiyatlarni 
hissiy qabul 
 qilish.  
Yagona konkret narsalar. 
2. Tajriba – bir predmet haqida 
takroriy xotiralar. 
Alohida konkret narsalarning ko‘pligi. 
3. San’atkorlik (ustalik) – ko‘p 
narsalarning mohiyatini bilish. 
Ko‘plikdagi umumiylik, ularning 
sabablari va maqsadi, ya’ni shakllari. 
4. Falsafa (fan) – eng oliy birinchi 
falsafa, ya’ni metafizika. 
Oliy shakllar, butun mavjudlikning 
birlamchi sababi va oliy maqsadi. 
Arastu nazarida ayrim sezgilar kishi dilida jam bo‘lib, takrorlanib 
umumiylikka yo‘l – tasavvurni hosil qiladi. Inson aqli ayrimlikdan xususiylikka 
o‘tishda, xususiylikdan umumiylikni topishda namoyon bo‘ladi. Demak, inson 
ayrim buyum va hodisalarning shaklini sezishdan, xususiylikka, so‘ngra aqli, 
nazariy bilim vositasida umumiylikni bilishga erishadi. Zotan narsalardagi
hodisalardagi umumiylikni bilish, sezishning ishi emas, balki aql, tafakkur
nazariy bilishning, fanning vazifasidir (4-ilova).
Arastu fandagi muhim xizmatlaridan biri uning harakatning turlari va 
taraqqiyot shakllari to‘g‘risidagi nuqtai nazaridir. Uningcha, olti xil harakat, olti 
tur umumiy o‘zgarish bor: a) mohiyatdagi o‘zgarish; 1) paydo bo‘lish; 2) yo‘q 
bo‘lish; b) tor ma’noda o‘zgarish; 3) bir holatdan boshqa holatga o‘tish – sifatiy 
o‘zgarish; 4) ko‘payish; 5) ozayish – miqdoriy o‘zgarish; 6) joy almashuvi, hol 
o‘zgarishi. 
Arastu mantig‘ida, uning kategoriyalari haqidagi ajoyib ta’limotlarida ko‘p 
ma’no, chuqur mazmun bor. U kategoriyalarni birinchi marotaba quyidagicha 
tavsiflaydi: 1) mohiyat; 2) miqdor; 3) sifat; 4) munosabat – katta-kichik; 5) o‘rin; 6) 
vaqt; 7) holat, o‘tirish, turish, yotish; 8) egalik; 9) ta’sirlanish; 10) iztiroblanish. 
Arastuning koinot haqidagi ta’limoti ham o‘z vaqtida ma’lum ahamiyatga 
ega bo‘lgan. Arastu Oy va Yerning yumaloqligi to‘g‘risida fikr yuritgan. U 500 
ga yaqin hayvon turlarini o‘rganib ularni qonli va qonsizlarga ajratgan. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling