Ta’limoti: Aflotun o‘z sistemasida narsalar dunyosi, g‘oyalar dunyosi bor
deydi. Narsalar dunyosi o‘tkinchi, vaqtincha, ko‘rimsiz, ammo g‘oyalar dunyosi
doimiy, o‘zgarmas, chin go‘zal dunyo deb hisoblagan.
Uning fikricha, narsalar
g‘oyalar dunyosining soyasi, xira namoyon bo‘lishidir (2-ilova).
2-ilova
G‘oyalar piramidasi
Ezgu
Yagonalik
Aflotun «Davlat» asarining VII kitobida bu haqida
shunday bir taqqoslash
orqali o‘z nuqtai nazarini bayon qiladi. Qorong‘u g‘or, u g‘orda kishanlangan
mahkum kishilar yotishibdi, ular hech qaysi
tomonga aylana olmaydilar, shu holda
g‘orning kichik bir tuynugidan tushgan so‘nar-so‘nmas yorug‘likdan ushbu tuynuk
yonidan qo‘lida narsalari bilan o‘tayotgan shaxslarning
soyasinigina kuzatadilar,
ammo ko‘rinayotganlar kimlar ekanligini, ularning qo‘lida nimalar borligini aslo bila
olmaydilar. Xuddi shunday bu dunyo, ya’ni narsalar dunyosi g‘oyalar dunyosining,
ya’ni toza, pok, doimiy, abadiy go‘zal dunyoning so‘nib-so‘nmas, xira soyasidir,
deydi Aflotun.
Aflotun
jonni tanadan mustaqil mavjud, alohida o‘lmas ruhiy, ilohiy
hisoblaydi. Jonlar dunyosi g‘oyalar dunyosiga yaqin, shuning
uchun ular ushbu
pok, toza, abadiy, go‘zal dunyodan ta’sirlanib, huzur qiladilar, biroq vaqti bilan
ular-jonlar, narsalar dunyosiga, masalan, insonlar tanasiga kelib kiradilar hamda
kishilar tanasida bo‘lganlarida ular g‘oyalar dunyosi ko‘lankasi, soyasi bo‘lgan
narsalar dunyosini ko‘rib avvalgi ko‘rgan, huzurlanganlarini eslay boshlaydilar,
shu ravishda eslash – «xotirlash», ya’ni bilish hosil bo‘ladi, deydi Aflotun.
Aflotun jonni ruhiy, ilohiy, doimiy, abadiy o‘lmas deydi.
U inson
o‘lgandan keyin jon ham o‘sha yulduzlar dunyosiga qaytib, go‘zal g‘oyalar
dunyosidan ta’sirlanishi mumkin yoki o‘lgan
odam tirikligida narsalar
dunyosiga berilib dinni, xudoga ibodatni buzgan bo‘lsa,
uning joni yulduzlar
Do'stlaringiz bilan baham: