Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jahon siyosati, tarixi va falsafasi fakulteti
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar
Download 269.94 Kb. Pdf ko'rish
|
jahon iqtisodiyotida mamlakatlar guruhlari
3. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar.
O„tish iqtisodiyotidagi o„rtacha rivojlangan mamlakatlar. O„tish iqtisodiyotidagi sobiq sotsialistik mamlakatlar. Rivojlanayotgan mamlakatlar. Iqtisodiyoti markazlashtirilgan tartibda boshqariladigan mamlakatlar. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar Ularga sobiq industrial va ba‟zi bir industrial mamlakatlar kiradi. Mazkur mamlakatlar guruhida sayyoramiz aholisining 15 foizi yashaydi, lekin ular jahon xo„jaligi sanoat mahsulotining qariyb 3/5 qismini ishlab chiqaradi, jumladan mashinasozlik mahsulotining 2/3 qismini. Mazkur mamlakatlar katta moliyaviy 7 resurslarga ega bo„lib, 9/10 qismi to„g„ri keladi, ya‟ni bevosita sanoat, qishloq xo„jaligi, savdo hamda xorijiy mamlakatlar xo„jaligining boshqa sohalari korxonalariga kapitalni uzoq muddatli qo„yilmalarining. Aynan iqtisodiy jixatdan rivojlangan mamlakalar Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) hamda jahon moliya bozorini nazorat qiluvchi Parij klubining a‟zolari bo„lib hisoblanadi. Mazkur mamlakatlarning asosiy qonuniyati - yuqori darajada rivojlangan xo„jalik mavjudligi bo„lib, unda davlatning va kapitalni qudratli guruhlarining faoliyati uyg„unlashgan. Ular orasida bosh mamlakatlar, yoki “Katta yettilik” ayniqsa ko„zga tashlanadi. Bular AQSH, Yaponiya, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Kanadadir. Ularning hissasiga dunyo YAIMning va sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishining taxminan yarmi, jahon tashqi savdosi aylanmasining aksariyat qismi to„g„ri keladi. Mazkur mamlakatlar uchun quyidagi belgilar xosdir: ularning hammasi postindustrial mamlakatlardir; ularning yirik korporatsiyalari jahon xo„jaligi ishlab chiqarish kuchlarining asosiy qismini to„g„ridan-to„g„ri yoki vositali ravishda nazorat qiladilar; ushbu mamlakatlarning hukumat organlari va kapitali jahondagi siyosiy hamda iqtisodiy jarayonlar ustidan real nazorat vositalariga egadirlar. Korporatsiya - bu shunday korxonaki, uning faoliyati aksiyadorlik kapitaliga asoslanadi, ya‟ni omonatchilar bu kapitaldan foydalanib, qimmatli qog„ozlar - mazkur korxonaning aksiyalarini sotib olganlar. Faoliyat sohasi bo„lib butun jahon bozori hisoblangan korporatsiyalar transmilliy korporatsiyalar deb ataladi (TMK). Mazkur turdagi boshqa mamlakatlarga Yevropaning kichik sanoati rivojlangan mamlakatlari kiradi: Niderlandiya, Belgiya, Shvetsiya, Shveysariya, Finlyandiya, Norvegiya, Daniya, Avstriya va boshqalar, shuningdek janubiy yarimsharlikning sanoati rivojlangan mamlakatlari: Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika Respublikasi. O„tish iqtisodiyotidagi o„rtacha rivojlangan mamlakatlar Bu yerda gap bozor iqtisodiyotining zamonaviy mexanizmi shakllanib bo„lgan industrial-agrar mamlakatlar guruhi haqida bormoqda. Ushbu mamlakatlarning xo„jaligi hozircha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga nisbatan pastroq iqtisodiy 8 ko„rsatkichlarga ega bo„lib, ularning xo„jalik tuzilmalari hali oxirigacha shakllantirilmagan. Bunda mamlakatlarning ikkita quyi guruhi ajratiladi.Birinchisi - kapitalistik rivojlanish yo„liga kechikib kirgan mamlakatlar. Bular Ispaniya, Portugaliya, Turkiya, Gretsiya va h.k.lar. Ularning hammasi avvaldan jahon tarixida muhim rol o„ynaydi, birinchi uchtasi o„z vaqtida hatto qudratli mustamlakachi imperiyalariga ega bo„lgan. Biroq ularning rivojlanishini ma‟lum davr mobaynida bundan oldingi formatsiyalarning ijtimoiy munosabatlar asoratlari to„xtatib turgan edi.Biroq, so„nggi o„n yilliklar davomida aynan shu yerda iqtisodiy qayta qurishning eng dinamik jarayonlari ro„y bermoqda. Bu mamlakatlar umumevropa iqtisodiy tuzilmalarga tobora ko„p intergratsiyalashadi. Ikkinchi quyi guruh - yangi industriallashuv mamlakatlaridir. Osiyoning sharqida bular - Koreya Respublikasi, Tayvan, Singapur va b.; Lotin Amerikasida - Meksika, Argentina, Urugvay, Braziliya, Chili. Mazkur mamlakatlarda xo„jalikni qayta qurishning, ayniqsa, dinamik jarayonlari kechmoqda. Osiyo mamlakatlari - Uzoq SHarq yo„lbarslari (yoki ajdarlari)da - iqtisodiy rivojlanishning tezlashuviga turtki bo„lib Amerika va yapon kapitalining ahamiyatli investitsiyalari, sanoati rivojlangan mamlakatlarning ilg„or texnologiyalarini jalb qilish xizmat qildi. Undan keyingi muvaffaqiyatlar esa amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar bilan bog„liq. O„tish davri iqtisodiyotining postsotsialistik mamlakatlari XX asrning 80-yillari oxirida butun dunyoda sotsialistik tizimning ulushi maydoniga ko„ra - 26 foizni, aholisiga ko„ra - 33 foizni, sanoat va qishloq xo„jaligi ishlab chiqarish hajmiga ko„ra - 30 foizdan kamini tashkil etgan. 90- yillarda ushbu malakatlarning ko„pchiligi bozor xo„jaligini qurish yo„lini tanlagan. Ularning soni o„sdi. Sobiq Sovet Ittifoqi hududida 15 ta mustaqil davlat paydo bo„ldi, sobiq Yugoslaviya hududida esa - 5 ta, Chexiya va Slovakiya bir-biridan ajratildi, sobiq GDR hududi esa GFR tarkibiga kirdi. Yosh mustaqil davlatlar suverenitetining oyoqqa turish xususiyatlarini, iqtisodiy islohotlar dinamikasining xususiyatlari hamda tugalligi darajasini, shuningdek iqtisodiy-geografik joylashuvini hisobga olib, o„tish davri iqtisodiyotiga mansub postsotsialistik mamlakatlarining ikkita 9 quyi turini ajratadilar. Yevroosiyo postsotsialistik mamlakatlariga Markaziy Yevropada Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya, Serbiya va Chernogoriya Respublikasi, Slovakiya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya, Albaniya kiradi; Osiyoda esa - Mongoliya. Sobiq Sovet Ittifoqi makonida paydo bo„lgan yosh mustaqil davlatlar - Rossiya, Ukraina, Belarus, Litva, Latviya, Estoniya, Moldova, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog„iston, O„zbekiston, Qirg„iziston, Tojikiston, Turkmaniston. Ularning deyarli hammasi industrial yoki agrar-industrial mamlakatlar hisoblanib, ularni xo„jaligining asosiy xususiyatlari butunlay shaklantirilgan xo„jalik mavjudligi bilan ajralib turadi, va xo„jalik tuzilmasi iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar xo„jaligining tuzilmasidan farqlanmaydi. Biroq zamonaviy bosqichda sobiq sotsialistik mamlakatlarga kapitalning yetishmasligi bois, ko„pchilik sohalar (ayniqsa, qishloq xo„jaligi, yengil sanoat, savdo) eskirgan texnika va texnologiyalardan foydalanadi. Mamlakatlarda bozor xo„jaligining zamonaviy tashkiliy-boshqaruv tuzilmalari endigina shakllantirilmoqda.Ularda bozor sharoitidagi iqtisodiy qayta qurish boshlandi, ba‟zi bir davlatlar ayni damda ma‟lum muvaffaqiyatlarga erishdilar.Iqtisodiy islohotlarning polyak, chex hamda venger modellari nisbatan muvaffaqiyatli deb tan olindi. Download 269.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling