Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jahon siyosati, tarixi va falsafasi fakulteti


Download 269.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana17.02.2023
Hajmi269.94 Kb.
#1209132
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
jahon iqtisodiyotida mamlakatlar guruhlari




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI 
JAHON SIYOSATI, TARIXI VA FALSAFASI FAKULTETI 
I bosqich Jahon siyosati yo`nalishi 
Ingliz-Turk guruhi 
REFERAT 
 
MAVZU: JAHON IQTISODIYOTIDA MAMLAKATLAR GURUHLARI 
Bajardi: Rahimov Dilmurod 
Qabul qildi: Rizayeva Kamola 
Toshkent 2015 
 
 



 
Reja: 
1. 
Mamlakatlar tasnifining mezonlari 
2. 
Mamlakatning daromadlar darajasiga ko‟ra tasniflash 
3. 
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar 
4. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar 
5. 
Foydalanilgan
adabiyotlar
 
 
 



1. Mamlakatlar tasnifining mezonlari 
Zamonaviydunyodamavjudbo„lganmamlakatlarturlarinio„rganishdanoldin, 
bizaynannimaniizlashimizni, 
bizqabulqilganmamlakatturitushunchasiningmohiyatinimadaniboratekanliginianiql
ashtiramiz. 
Mamlakat turi - bu rivojlanish shartlari va xususiyatlariga ega, obyektiv tarzda 
vujudga kelgan, barqaror majmua bo„lib, jahon tarixining hozirgi bosqichida 
ma‟lum mamlakatiling jahonhamjamiyatidagi roli va o„rnini tavsiflaydi. 
Mamlakatshunoslik - eng qadimgi bilim sohalaridan biri bo„lib, u Yer sharida 
mamlakatlarning shakllantirilishi va rivojlanishi xususiyatlari haqida, ularning 
ichki tuzilmasi va faoliyat yuritishi qonuniyatlari haqida, tarixan taqdir taqozosi 
bilan insonning o„z atrofidagi tabiat bilan o„zaro munosabatlari xarakteri haqida 
nihoyatda katta material to„plagan. Ko„pchilik mamlakatshunos-geograflar, 
iqtisodchilar, siyosatshunoslar, xalqaro munosabatlar sohasidagi mutaxassislar 
ko„p vaqtdan beri jahon mamlakatlarini tizimlashtirish ustida ishlayaptilar. Biroq, 
shuni qayd etish joizki, hozirgi vaqtgacha mamlakatshunoslikda mamlakatlarni 
ma‟lum tarkibiga ko‟ra guruhlashning umume‟tirof etilgan tizimi mavjud emas. 
Bunday orqada qolishning ba‟zi bir obyektiv sabablarini aytib o„tish mumkin ( 
aniq klassifikatsiyasi bor bo„lgan boshqa fanlarda - masalan, kimyoda - 
Mendeleyev jadvali; zoologiya va biologiyada Karl Linney tomonidan butun 
mavjudot 
va 
o„simlik 
dunyosini 
qat‟iy 
iyerarxiyaga 
bo„ysungan 
klassifikatsiyasidan so„nggina fan sifatida shakllangan): 
bizning tadqiqotimiz obyektlari - jamiyatlar faoliyati natijalari - jonli va, ayniqsa, 
jonsiz tabiat obyektlariga nisbatan ko„proq o„zgaruvchandir; 
mazkur tez o„zgaruvchanlik “nima yaxshi-yu, va nima yomon?” - degan yuqori 
darajali dialektik savolga aniq javob berish uchun butunlay solishtiriluvchi 
obyektiv mezonlarning qidiruvini murakkablashtiradi; 3) mamlakatshunoslar 
ishlaydigan mamlakatlarda partiyalar, mafkuralar, maktablar o„rin almashishi ular 
izlayotgan mamlakatlar guruhlariga subyektiv elementlarni kiritmasdan qolmaydi, 
demak, ularni munozarali va, albatta, boshqa mafkuralar tarafdorlari uchun 



noqulay bo„lishiga sabab bo„ladi.
1
Demak, hozirgi dunyoda taxmiman 230 ta mamlakat bo„lib, bular insonlarning 
davlat tomonidan rasmiylashtirilgan, ma‟lum hududni egallaydigan hamda “de 
yure” yoki “de fakto” xalqaro huquq subyektlari etib tan olingan, insonlarning 
mustaqil yoki o„zini o„zi boshqaradigan birlashmalari hisoblanadi. Mazkur 
mamlakatlar nihoyatda turlidir - maydoniga ko„ra ham, aholi soniga ko„ra ham, 
etnik va milliy tarkibiga ko„ra, iqtisodiy va madaniy rivojlanganlik darajasi hamda 
xususiyatlariga ko„ra, xalqaro mehnat taqsimotida va umuman, xalqaro 
munosabatlarda egallagan o„rniga ko„ra. 
Mamlakatlar tipologiyasi ta‟rif berish asosiga qaysi belgilar olinganligiga 
bog„liqdir.Ko„p hollarda rivojlanish darajasi va xo„jalik tuzilmasining o„ziga xos 
xususiyatlari mezon bo„lib xizmat qiladi. 

Download 269.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling