Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jahon siyosati, tarixi va falsafasi fakulteti
Download 269.94 Kb. Pdf ko'rish
|
jahon iqtisodiyotida mamlakatlar guruhlari
3. Infratuzilma (xizmatlar)
Ishlab chiqarishga xizmat ko„rsatish borasida Ijtimoiy(Aholiga xizmat ko„rsatish borasida) Sanoat, jumladan qazib oluvchi qayta ishlovchi Qishloq xo‘jaligi, dehqonchilik chorvadorlik transport, yo„l xo„jaligi aloqa, boshqa kommunikatsiyalar ishlab chiqarish vositalari savdosi arenda va b. sog„liqni saqlash ta‟lim -madaniyat uy-joy-kommunal xo„jaligi turizm chakana savdo maishiy xizmat va b. Bunday nisbatan sodda usuldan foydalanib, agrar-industrial (yoki industrial-agrar), industrial va sobiq industrial mamlakatlarni ajratadilar. Agrar mamlakatda yetikchi soha bo„lib qishloq xo„jaligi hisoblanadi. Unda aholining ko„p qismi banddir va u eng katta milliy daromadni keltiradi. Bunday mamlakatda qishloq aholisi ustunlik qilib, sanoat va noishlab chiqarish sohasi ikkilamchi rol o„ynaydi hamda xalqaro mehnat taqsimotida ixtisoslashuvni belgilamaydi. Industrial mamlakatda iqtisodiyotning asosi bo„lib qudratli qayta ishlovchi yoki tog„-qazib olish sanoati hisoblanib, ular nafaqat mamlakat ehtiyojlarini qondiradi, shuningdek, uning eksportga ixtisoslashuvining asosi ham hisoblanadi. Bunday mamlakatda sanoat shaharlari ko„p bo‟lib, industrial landshaftlar deyarli barcha 6 hududlarning ko„rinishini belgilaydi. Shu bilan birga, industrial mamlakatlarda intensiv qishloq xo„jaligi rivojlangan hamda servisning xizmat ko„rsatish bo„g„inlari faol harakat qiladi. Sobiq industrial mamlakatning belgilari bo„lib sanoatning yuqori texnologik sohalari, yuqori rivojlangan fan va oliy ta‟lim, rivojlangan axborot texnologiyalari, qishloq xo„jaligi, servis, savdo, turistik-rekreatsion faoliyatning yuqori darajada texnik jihozlanganligi hisoblanadi. Mazkur mamlakatlar jahon bozoriga ilmiy mahsulot, turli xil axborotni, asbob- uskunalarning murakkab turlarini, kapitalni asosiy yetkazib beruvchilari hisoblanadilar, va shu bilan barcha qishloq xo„jaligi mahsuloti, yengil sanoat, mashinasozlikning ommaviy turlari bozorlarida faol harakat qiladilar. Bunday mamlakatlarning shaharlari endilikda industrial monstrlarga emas, hayot uchun qulay maskanlarga aylanadilar. Industrial- agrar va agrar-industrial mamlakatlar - u yoki bu mamlakatning qoloqlikdan taraqqiyot sari yo„lidagi oraliq turlaridir. Biroq yuqorida keltirilgan tipologiya zamonaviy dunyoda kim nimaga qodirligi haqida to„liq tasavvur bermaydi. Shu bois, mamlakatlarni turlarga ajratishda iqtisodiy rivovojlanish darajasi, xo„jalik tuzilmasining o„ziga xos xususiyatlaridan tashqari, shuningdek tashkiliy-boshqaruv, funksional- sohaviy va hududiy-xo„jalik tuzilmalar shakllantirilganligi darajasi ham hisobga olinadi. Mazkur mezonlarga ko„ra mamlakatlarning besh turini ajratadilar. Download 269.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling