Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi fakulteti mustaqil ish
Download 119.77 Kb.
|
metodika va texnologiya
foydalanishdir».
Keltirilgan ta`riflarni tahlil qiladigan bo`lsak, olimlarining bergan ta`riflari bir-biriga yaqin kelsa-da, farqi ham anchaligini ko`ramiz. Jumladan, Sakomoto va YuNeSKO ta`riflarida tizimli yondashuv tamoyiliga alohida urg`u berilgan. Haqiqatda esa, ob`ektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilini yaxshi bilgan kishiga Sakomoto aytganidek, «PT – o`quv jarayonini muayyan bir majmuga keltirishdir», degan tushuncha kifoya qiladi. Bu tushuncha orqali PT ning boshqa hamma xususiyatlarini, ya`ni maqsadga yo`naltirilganligini, bir necha o`zaro uzviy bog`liq bo`lgan qismlardan tashkil topganligini va boshqalarni anglab olsa bo`ladi. Chunki bu xususiyatlarning hammasi, tizimlar nazariyasiga binoan, tizim deb nom olgan narsa va hodisalarning ajralmas sifatlaridir. Demak, pedagogik texnologiyaning ikkita muhim xususiyatini ta`kidlash mumkin. Birinchisi, tizimliligi bo`lsa, ikkinchisi, muayyan bir vaqt mobaynida bosqichma-bosqich pedagogik muolajalar amalga oshiriladigan jarayon ekanligidir. O`zbekistonlik pedagog olim B.G`.Ziyomuhammedov pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta`rif bergan: «PT – bu jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, oldindan belgilangan kishi ijtimoiy sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo`naltirilgan o`quv jarayonini tizim sifatida ko`rib, uni tashkil qiluvchi qismlari bo`lgan o`qituvchi (pedagog)ning o`qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga ma`lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko`rsatgan ta`sirini nazoratda tutuvchi va ta`lim natijasini baholab beruvchi texnologiyalashgan ta`limiy tadbirdir». Innovatsion pedagogik texnologiyalarni amaliyotga qo`llashni tadqiq qilgan olimlar R.Ishmuxammedov, A.Abduqodirov, A.Pardaevlarning fikricha, pedagogik texnologiya – aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo`lib, u talabaning (yoki o`quvchi) ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo`naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga qaratilgan pedagogik jarayondir. Demak, pedagogik texnologiya muayyan ketma- ketlikda, tartibda amalga oshiriladigan, ta`lim oluvchilarning ehtiyoj va imkoniyatlarini hisobga olgan holda aniq maqsadlarga yo`nalgan, puxta loyihalashtirilgan, ta`lim-tarbiya samaradorligini oshirishga qaratilgan va yakuniy natijaga erishishni kafolatlaydigan pedagogik jarayondir. Bu o`rinda shuni ta`kidlash joizki, pedagogik texnologiya tushunchasi bilan ta`lim texnologiyasi, interfaol uslublar va o`yin kabi tushunchalarni bir birdan farqlash zarur. Ta`lim texnologiyasi tushunchasi aynan ta`lim (o`qitish, o`rganish) sohasiga taulluqli bo`lsa, pedagogik texnologiya tushunchasi nafaqat ta`lim, balki tarbiya jarayonini ham o`z ichiga oladi. Interfaol usullar pedagog va talabalarning o`zaro faolligiga asoslangan ta`lim-tarbiya usullaridir. Rolli va ishbop o`yinlar esa interfaol usullarning bir guruhini tashkil etadi. Pedagogik texnologiya jaryonida bunday usullardan bir nechtasi qo`llanilishi mumkin. Biz ushbu qo`llanmada interfaol usullar va pedagogik texnologiyalarni farqlagan holda, ularni aloxida bo`limlarda bayon etmoqchimiz. Download 119.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling