Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
roman, nasriy nazm kabi. Bunday asarlar liro-epik turga mansub deb yuritiladi”.
Janr – fransuzcha so‘z bo‘lib, shakl va mazmun jihatidan o‘ziga xos belgilar birligiga ega bo‘lgan san’at asari turi. Badiiy asarlarning syujet va uslub jihatdan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan har bir turi. Masalan: roman, qissa, hikoya, g‘azal, ruboiy, drama va hokazo… Tor ma’noda janrning ichki xillanishini bildiradi: tarixiy roman, detektiv roman, hajviy roman, siyosiy roman, fantastik roman va hokazo. Yoki mehnat qo‘shiqlari, muhabbat qo‘shiqlari, hajviy qo‘shiqlar. Har bir janr tarjimasi o‘ziga xos yondashuvni talab qiladi. Masalan, nasriy asar tarjimasida avvalo muallif uslubini aks ettirishi kerak. Aytaylik, T.Murod o‘ta xalqona yozadi, ta’sirchanlikni oshirish uchun takrorlardan, odamlar ichida yurgan gaplardan mahorat bilan foydalanadi. “Otamdan qolgan dalalar” romanidan: “Kuydi-kuydi – ayolimni tani kuydi. Kuydi-kuydi – meni bag‘rim kuydi. Kuydi-kuydi – bolalarimni sho‘ri kuydi” (176). Kuydi-kuydi – kattalarni nimasi kuydi? Kattalarni… oyog‘i kuydi! Yoki: “Dalalarim – bobolarim sho‘r-sho‘r peshonasi. Dalalarim – otalarim yag‘ir-yag‘ir yelkasi. Dalalarim – ayollarim xazon-xazon umri” (262). 2. Asar ritmini berish: oddiy, murakkab, xalqona, milliy, jiddiy yoki hajviy va hokazo. shiddatli yoki bosiq hikoya tarzi… N.Aminovning “Qo‘l haqqi” hajviyasi: “Husndan, qaddi-qomatdan qarzimiz yo‘q. Bo‘y – 190, qosh-ko‘z qop-qora, ko‘krak va bilaklarning juni olti oylik toychoqning yoliday. Ko‘chada yursam, ro‘paramdan chiqqan ayol zotiki bor, besh-yon qadam o‘tmasdanoq orqa o‘girilib izimdan qaramay iloji yo‘q”, – deb boshlanadi. 3. Personajlar nutqi: Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanida Anvarning ukasi va uning o‘rtoqlari bo‘lgan yigitlarning o‘zaro suhbatiga diqqat qiling: “ – Tur Sharif, tur, peshin bo‘lubtu. Ikkinchi yigit ko‘zini ochdi: – Ey, qo‘ysang-chi, Rahem. – Tur-da, axi, ana Qobelboy ham keb to‘xtabtu. Sharifboy yostiqdan burilib, yonidag‘i uchunchi yigitga qaradi: – Pala’nat, qachon kelgan ekan? – Kim bilsin… Inisini bo uchratdimikin? Kani, uyg‘ot-chi pala’natini… – Ebi, ebi, – dedi Rahim, – burodaring ahvolini gapur-da, axi. Bar padari uyquki, peshinga chikin bo‘lsa, ko‘chaga bo‘lib yotkan to‘palangni go‘shingga ilasanmi? (609) 4. Qahramonlar portreti, holatini chizish. “Kumushning bu daqiqadagi xolini qalam bilan chizib ko‘rsatish albatta mumkin emas edi. Ul titrar edi, ko‘karar edi, to‘lg‘anar edi…” (259)
|
ma'muriyatiga murojaat qiling