Fraza – 1. Ibora, jumla, gap. 2. qanotli ibora, hikmatli barqaror birikma.
Frazeologiya – 1. barqaror so‘z birikmalari. 2. tilshunoslikning barqaror so‘z birikmalarini
o‘rganadigan bo‘limi.
Frazeologizmlar – maqol, matal va idiomalar.
Turmushda sinalgan, ma’lum ezgu, tugal umumiy ma’no anglatuvchi, ixcham, jarangdor shaklga kirib
qolgan xalq hikmatiga maqol deyiladi.
Masalan: Bir yigitga yetmish hunar oz. Aql yoshda emas, boshda.
Matal esa narsa va hodisalarni obrazli ifodalovchi, tilda keng ishlatiladigan nutqiy tarkibdir.
Masalan: Burgaga achchiq qilib, ko‘rpani kuydirmoq. O‘zi aka, echkisini taka demoq. O‘zimni sen,
uni siz deb yurgan edim.
“Matal aytilmoqchi bo‘lgan fikrni biror vosita orqali ifodalovchi ko‘chma ma’noli sodda jumla bo‘lib,
unda xulosa bo‘lmaydi, balki uning o‘zi biron xulosa chiqarish uchun xizmat qiladi. Matal fikrni tugal bayon
qilmay, balki unga ishora qiladi. Matal “u ahmoq odam” deyish o‘rniga – “uning bir qaynovi past” deydi;
“ular bir-biriga o‘xshaydi” deyish o‘rniga –“ular bir olamning ikki pallasi” deb aytadi”
71
.
Matal – tugal ma’no ifodalanmaydigan obrazli ibora, hikmatli so‘z (mas., “qizil qor yoqqanda”,
“tuyaning dumi yerga tekkanda”)
72
.
“Idioma – ma’nosi o‘z tarkibidagi so‘zlarning ma’nolariga bog‘liq bo‘lmagan, yaxlit holda bir ma’no
beruvchi ixcham ibora. Masalan: tomdan tarasha tushganday, og‘zingga qarab gapir”
73
.
71
С а л о м о в Ғ. Тил ва таржима. – Тошкент, 1966. 259-бет.
72
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 1-жилд. 451-бет.
Tarjimashunoslik
Do'stlaringiz bilan baham: |