4-MAVZU. XII-XV ASRLAR TARJIMACHILIGI
Shunday hollar bo‘ladiki, ularning o‘z og‘izlaridan eshitilgan so‘zlarni o‘zlariga qaytarib so‘zlansa,
tushuna olmay qoladilar, zo‘r bilan tushunadilar. Mana shu ahvol u tilda so‘zlarning talaffuzi qanchalik
nozik ekanini ko‘rsatish uchun yetarlidir». Beruniy hind tilining musiqiyligi, ko‘p kitoblarning nazm bilan
yozilganini qayd etadi. «Ularning (hindlarning J. Sh.) kitoblari o‘z zavqlariga muvofiq turli vazifalarda
nazm bilan yozilgandir. Bundan maqsadlari asarni o‘z holida va aniq o‘lchovida saqlashdir. Chunki nazm
Beruniy, Hindiston («Beruniy O’rta asrning buyuk olimi» to‘plamidan), 1950, 179-bet.
Asarlarda orttirish, kamayish orqasidagi buzilish tezroq ma’lum bo‘ladi, yodlash oson bo‘ladi.
Hindlar yozuvga emas, balki yod o‘qishga asoslanadilar. Ma’lumki, nazm asarlar vaznini to‘g‘rilash,
buzilgan joylarini tuzatish, kamchi-liklarini to‘ldirish uchun zarur bo‘lgan bir tartibdir».
Abu Rayhon Beruniy tarjimon va tarjimashunos sifatida Ulug‘ faylasuf, tarixshunos, matematik olim
Abu Rayhon Beruniy til masalalariga ham katta e’tibor bilan qaragan va ayniqsa, bir tildan ikkinchi bir tilga
tarjima qilish ishidagi qiyinchiliklarni har taraflama ko‘rsatib bergan. Hind tilini o‘z ona tili kabi bilish
uchun, albatta, Beruniy bir qancha tekst va asarlarni tarjima etib, zo‘r qunt bilan mashq qilgan.Turli janrlarga
oid 150 ga yaqin asar yozgan Beruniyning hindchadan va boshqa tillardan qilgan tarjimalari ko‘p.
Lekin, baxtga qarshi, ularning ko‘plari bizning zamonamizgacha yetib kelmagan.
Tarjimashunoslik
Do'stlaringiz bilan baham: |