o‘zbek qozoq va tatar tillarina tarjima qila...» (1918 yil, 21 fevral).
«Sartcha til barobarina nemischa, fransuzcha yoki polyakcha til ugratam. Adres idorada
Qurilavqa» (1917 yil, 46-son). Shu gazetada «Ajoyibul maxluqot» degan kitobning o’zbek tiliga
tarjima etilgani haqida tubandagi xabarni o‘qiymiz: «Imomiddin Zikriyo ibn Mahmud al Kazviniy
tarafidin tolif etilgan forsi «Ajoyibul maxluqot» turk zabonig‘a tarjima qilinub, uch yuzdan ziyoda ajoyib
va g‘aroyib, hayron qolurliq maxluklar surati birla ziynatlandi va to‘rt rang birla tob berilib, ahboblar
xizmatina taqdim etildi. Har bir kitob suyularda biror dona bo‘lmog‘i zarur rujada erur. Mutarjim va
rassom kotibi Sirojiddin Sidqiy Xandayliqiy sokini Toshkand. Noshiri Andijonda mullo Teshaboy
mirza Karimov» (1917 yil, 24 dekabr).
1905 yilda chiqqan gazetalar hali kattaroq tarixiy, ilmiy asarlarni tarjima etib ulgura olmadilar.
Ularda arab, fors-tojik tillaridan kichik she’rlar, ayrim badiiy parchalar tarjima qilib bosildi, xolos
Do'stlaringiz bilan baham: |