Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/160
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#233559
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

G‘aybulla As-salom 

O‘zbekistonda tarjimashunoslik fani asoschisi 

Ijodiy faoliyati 

Olim, muallim, mutarjim, muharrir, noshir, shoir, maqolanovis va O‘zbekiston tarjimashunoslik fani 

asoschisi – G‘aybulla As-Salomovdir.  

O‘ttiz  besh  yillik  ijodiy  faoliyati  davomida  jumhuriyat,  shuningdek,  ittifoq  ro‘znoma  va 

oynomalarida  200  dan  ortiq  kata  kichik  ilmiy,  publisistik  maqola,  taqriz,  suhbatlari  bilan  qatnashdi  va 

qatnashib, radio va televideniyada bot-bot chiqishlar qilib kelmoqda; yigirmadan ortiq yirik, salmoqli nazariy 

kitob,  darslik  chiqardi  (shulardan  «Maqol  va  ideomalar  tarjimasi»,  «Til  va  tarjima»,  «Tarjima  nazariyasi 

asoslari»,  «Tarjima  nazariyasiga  kirish»,  «Tarjimon  mahorati»,  «Do‘stlik  ko‘priklari»,  «Adabiy  an’ana  va 

badiiy tarjima», «Tarjima tashvishlari» va boshqalar keng o‘quvchilar ommasi, ilmiy jamoatchilikka yaxshi 

tanish);  

O‘ndan  ortiq  o‘quv-metodik  qo‘llanma,  dastur  chiqardi;  o‘ttizga  yaqin  kitob,  to‘plam,  lug‘atga 

(jumladan,  Maxmud  Qoshg‘ariyning  «Devoni  lug‘atit  turk»,  J.Sharipovning  «O‘zbekistonda  tarjima 

tarixidan” asariga, O‘zbek Qomusi so‘zliklari, 1-jildiga, an’anaviy «Tarjima san’ati» to‘plamlariga) ilmiy va 

adabiy  muharrirlik  qildi,  o‘zi  ham  ellik  bosma  tabaq  hajmida  badiiy,  ilmiy,  publisistik  asarlarni  (Chexov, 

Dostoyevskiy, Ushinskiy, Dorneman asarlarini) o‘zbekchaga o‘girib, bu ishning mashaqqatini chekdi, azobli 

rohatini  to‘ydi;  asarlari,  ijodiga  bag‘ishlab  o‘ttiz  beshga  yaqin  maqola,  taqrizlar  yozildi,  ellikdan  ortiq 

maqola, suhbat va boshqa tadqiqotlarda ilmiy, pedagogik, insoniy sifatlari haqida ilk fikrlar bayon etildi; bir 

necha yil muqaddam, xali fan nomzodi paytidayoq, O‘zbekistonda tarjimashunoslik fani asoschisi sifitida tan 

olindi; 1969 yili Toshkent Davlat dorilfununida ittifoq dorilfununlari ichida birinchi va hozirga qadar yagona 

tarjima nazariyasi kafedrasini ochdi va shu kunga qadar unga bosh qosh bo‘lib kelagan.  

Jahon adabiyoti durdonalari haqida fikrlari 

G‘aybulla  Salomov  «Shohnoma»,  «Manas»,  «Ramayana»,  «Ilohiy  komediya»,  «Faust», 

«Dekameron»,  «Yevgeniy  Onegin»,  «Revizor»,  «Urush  va  tinchlik»,  «Anna  Karenina»  va  jahon 

adabiyotining  boshqa  durdonalari;  Shekspir,  Gogol,  Chexov,  Dostoyevskiy,  Aytmatov  shoh  asarlarining 




 Tarjimashunoslik 


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling