Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/160
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#233559
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

       50 

 

 

 

forsiy matni bilan o‘zbekcha so‘zma-so‘z tarjimasi berilib, kitob hoshiyasida turli so‘z, ibora va hikmatlar 

sharhlangan. 

Sharhning ham turlari ko‘p. Ba’zi sharhlar izohli lug‘at xarakterida bo‘lib, asar matnidagi tushunarsiz 

so‘z  va  iboralarni  izohlab  beradi.  Boshqa  bir  xil  sharhlarda  asarning  g‘oyaviy  mazmuni  izohlanadi  –  bu 

tafsirga  o‘xshab  ketadi  (Birinchi turi  – izohli lug‘at, ikkinchisi  –  adabiyotshunoslikka  yaqin).  Tafsir  so‘zi 

garchi sharh so‘zi bilan ma’nodosh bo‘lsa-da, uning ayni o‘zi emas, u keng sharhlash, ma’noni bayon etish 

demakdir.  Shuning  uchun  ham  tafsir  so‘zi  ilmiy,  falsafiy  va  diniy  asarlarga  nisbatan  qo‘llangan.  G‘arb 

adabiyotidan  tarjimalar  munosabati  bilan  boshqa  xalqlarning  tarixi,  an’ana  va  udumlari,  dini,  o‘ziga  xos 

xususiyatlari bilan bog‘liq tushunchalarni sharhlash ehtiyoji paydo bo‘ldi. Bunday sharhlar tarixiy xarakterga 

ega.  Ilmiy  asarlar  sharhi  o‘z-o‘zidan  ilmiy  ahamiyat  kasb  etadi.  Masalan,  Alibek  Rustamov  Atoulloh 

Husayniyning  “Badoe’  ul-sanoyi’”  nomli  she’riy  san’atlarga  oid  asari  tarjimasida  ko‘plab  ilmiy-adabiy 

sharhlar  beradi.  Davlatshoh  Samarqandiyning  “Tazkirat  ush-shuaro”  (B.Ahmedov  tarjimasi)  va  Hasanxoja 

Nisoriyning  “Muzakkiri  ahbob”  (I.Bekjon  tarjimasi)  tazkiralari  tarjimasida  ham  tarixiy,  ham  adabiy 

mavzudagi  sharhlar  berilgan.  Hofiz  Tanish  Buxoriyning  “Abdullanoma”  (S.Mirzaev,  B.Ahmedov 

tarjimalari),  Nosir  Xisravning  “Sayohatnoma”  (G‘.Karim  tarjimasi)  asarlari  tarjimasida  esa  tarixiy 

mavzudagi sharhlar yetakchilik qiladi. 

O‘zbek shoirlar tarjima so‘zi o‘rniga o‘girish, ag‘darish, qaytarish, chevurish kabi atamalarni ham 

keng  ishlatganlar.  Chunonchi,  Sa’diy  Sheroziyning  “Guliston”  asarini  “Gulistoni  bit-turkiy”  nomi  bilan 

tarjima qilgan Sayfi Saroyi (XIV) tarjimani bir tildan ikkinchisiga qaytarish deb atagan: 

Turkiga qaytib Ajamdin bu kitob

Ma’rifatqa ochti sakkiz turli bob. 

Abdurahmon  Jomiyning  “Nafahot  ul-uns”  asarini  “Nasoyim  ul-muhabbat”  nomi  bilan  o‘zbekchaga 

tarjima  qilgan  Alisher  Navoiy  tarjima  so‘zi  bilan  birga,  o‘tkarish  atamasini  ham  qo‘llaydi:  “Xotirg‘a 

kechmishkim, agar sa’y qilsam, bu kitobni turk tiliga tarjima qila olg‘aymuman va ul daqoyiqu mushkilotni 

ravshanroq alfoz va ochuqroq ado bila o‘tkara olg‘aymuman, deb mutaammil erdim”

14



Zabardast tarjimon Muhammadrizo Ogahiy ham tarjima bilan birga, kiritish, o‘tkazish, bayon etish 



so‘zlarini  qo‘llagan.  “Shayx  Nizomiyning  “Haft  paykar”  otlik  kitobini…  tarjima  qilib,  turkiy  lafzig‘a 

kirguzmak xizmatini buyurdilar” yoki: 

Bu nusxa tarjimasig‘a ochib til

Iboratini turkiy masnaviy qil, 

 

yoxud: 



Turk alfozi birla ayla bayon… 

Hozirgi kunda ham tarjima so‘zining o‘girish, ag‘darish, o‘tkazish kabi ma’nodoshlari qo‘llanadi. 




Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling