Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/160
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#233559
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

       52 

 

 

 

ko‘pincha  tildan  tashqari  ham  ancha-muncha  narsalarni  bilishga  to‘g‘ri  keladiki,  bu  g‘ayrilisoniy  omillar 

deyiladi. Binobarin, tarjimaning faqat til bilan  bog‘liq, til doirasida hal qilinadigan muammolari  lisoniy, til 

qobiqlarini yorib o‘tgan, tildan tashqari muammolari g‘ayrilisoniy muammolar hisoblanadi. G‘.Salomovning 

yozishicha, “tarjima, shubhasiz, lisoniy faoliyatga asoslanadi, lekin sof til tafovutlarini bartaraf qilish tarjima 

jarayonida  bosib  o‘tiladigan  bir  bosqichdir,  xolos.  Tarjima  ikki  grammatika  (grammatik  sistema),  tarixan 

tarkib topgan ikki uslubiy sistema, ikki tarixiy-adabiy an’ana, ikki she’riy sistema, ikki individual yozuvchi – 

avtor va tarjimonning qiyos qilinishi yoxud to‘qnashuvini taqozo etuvchi ijodiy jarayondir”

18



“Asl nusxa bilan tarjima tili bevosita bir-biriga teng emas. Ikki tilning lisoniy imkoniyatlari bir-biriga 



“ekvivalentlik holatida bo‘lmaydi. Shu sababdan ko‘r-ko‘rona tarjima qilish mumkin emas. So‘zlarning aniq 

mazmuni bilan estetik sifatlari o‘zaro bir-birining o‘rnini qoplay olmaydi. Shuning uchun ham matnning tili 

qanchalik serma’no, badiiy tarafdan serjilo bo‘lsa, tarjima shunchalik qiyinlashadi”

19



Asl nusxa va tarjima o‘rtasidagi tafovutlar: 

– so‘zlar aro tafovutlar

– ikki tilning grammatik tuzilishi o‘rtasidagi farqlar; 

– obrazli iboralar, maqol-matallar tarjimasi; 

– ikki adabiy uslub aro tafovutlar

– ikki madaniyat, ikki urf-odat, ikki din aro tafovutlar; 

– she’riy tizimlar aro o‘zgachaliklar; 

– muallif va tarjimon uslubidagi mushtarak va farqli jihatlar

– badiiy san’atlarni qayta yaratish; 

– milliy o‘ziga xosliklar (axloq me’yorlari, imo-ishoralar; 

– bir tilda bo‘lib, ikkinchi tilda yo‘q tushunchalar

– bir tilda ijobiy, ikkinchi tilda salbiy ma’no ifodalaydigan so‘z va tushunchalar; 

– shakldosh, ma’nodosh va ko‘p ma’noli so‘zlar tarjimasi; 

– tarjimada ruhiy omillar; 

– muallif va mutarjimning ruhan yaqinligi va hamfikrligi; 

– muallif va mutarjimning usluban yaqinligi

– tarjimada yosh masalasi; 

– tarjimada teran hissiyot, nafosat, kinoya-piching, hazil-hajv, kosa tagidagi nimkosalarni berish; 

– tarjimada ohang, jo‘shqinlik va vazminlikni ifodalash. 

“Ikki lisoniy sistemani chog‘ishtirish bilan quyidagi natijalarga erishish mumkin: a) ikki tilning qaysi 

axborot  vositalarini  taxminan  ekvivalent  hisoblasa  bo‘lishi;  b)  asl  nusxa  tilida  mavjud  bo‘lgan  qanday 

axborot vositalarining tarjima tilida mavjud emasligi; v) asl nusxa tilida mavjud bo‘lmagan qanday axborot 

vositalari tarjima tilida mavjudligi”

20



 


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling