Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- ilova 2
48
Ilovalar XX ASR IJODKOR TARJIMONLARI
Zulfiya Abdulla Qahhor Shayxzoda Mirtemir Usmon Nosir
ilova 2 Tarjimashunoslik 49 2 SEMESTR Tuzuvchi: f.f.n. E. Ochilov BIRINChI MA’RUZA TARJIMA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA, TARJIMANING TIL MUAMMOLARI
1. Tarjima tushunchasining mazmun va mundarijasi. 2. Tarjimaning siyosiy-ijtimoiy, ma’daniy-ma’rifiy ahamiyati. 3. Tarjima, tarjimon, tarjimashunos so‘zlarining etimologiyasi va ta’rifi. 4. Tarjima tarixiga bir nazar. 5. Tarjimaning lisoniy va g‘ayrilisoniy muammolari. 6. Interpretatsiya va tarjima. 7. Tarjimada jins kategoriyasi. 8. Xalqlar va tillar. Butun dunyo miqyosida turli xalqlarning o‘zaro siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy hamkorligi borgan sari kuchayib bormoqdaki, bu aloqalarni tarjimasiz tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Bugungi kunda tarjimaning ahamiyati haqida gapirish quyoshning ahamiyatini tushuntirishday gap bo‘lib qoldi. Ya’ni quyoshsiz yer yuzida hayot bo‘lmagani kabi, tarjimasiz turli xalqlarning o‘zaro aloqasi, o‘zaro aloqasiz esa taraqqiyot bo‘lmaydi. “Boshqa xalqlar hayotidan voqif bo‘lmaslik, g‘ofillik, milliy mahdudlikka olib keladi”
13 . Shuning uchun ham tarjimaga xalqlarni bir-biriga bog‘lovchi halqa, fan va madaniyatni rivojlantiruvchi va boyituvchi vosita, o‘zaro hamkorlik va hamjihatlikka asos soluvchi ko‘prik deb qaraladi. Demak, tarjima: – xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik o‘rnatilishi; – ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvchi; – madaniyat, san’at va adabiyotlarning bir-biriga ta’siri; – tillarning boyishida muhim rol’ o‘ynaydi. Tarjima – muayyan tilda og‘zaki yoki yozma ravishda bayon qilingan fikrni boshqa til vositalari bilan qayta ifodalash. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling