Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
45
aksariyati; izdaniy hayotda voqea bo‘lgan badiiy, ilmiy, siyosiy, publisistik asarlarning ko‘pchiligi haqida o‘z fikrini bayon etdi, munosabatini bildirdi. Bunga o‘ttiz besh yil ichida gazeta va jurnal sahifalarida bosilgan maqola va taqrizlari, kitob va dissertatsiyalari, anjumanlar, ilmiy kengashlar, o‘zaro suhbat- mubohasalarda bildirgan fikr-mulohazalari guvoh. Ulariing nechog‘li bilib aytilganligi, asosli va juyali, teran va salmoqliligiga taniqli tarjimashunos olimlar Fransua Per Kayyua (Fransiya), Yan Komarovskiy (Slovakiya), Anna Lilova (Bolgariya), ittifoq va jumhuriyatning tanqli olim, tarjimonlarining yozma va og‘zaki fikrlari, iliq gaplari shahodat
Ijodi
Olimning ijodiG‘aybulla Salomov yozgan, ugirgan, tahrir qilgan, tartib bergan maqola, kitoblar taxlansa, buyi barobar keladi, degan gapda jilla ham mubolag‘a yo‘q. Shogirdlari, hamkasblari olim tavalludining 50 yilligiga bag‘ishlab bibliografii ko‘rsatkich (mas’ul muharrir Najmiddin Komilov, tuzuvchilar Tilak Jo‘raev, 3.Alimova, Toshkent, ToshDU, 1982), 60 yilligiga bag‘ishlab «Professor G‘aybulla as-Salom» nomli ilmiy va ijodiy faoliyatiga oid ma’lumotnoma (tuzuvchilar fan doktori Muhammadjon Xolbekov, fan nomzodi Saloxiddin Hayitov, Poshali Usmon, Zohidjon Sodiqiy, Salim Jabborov, muharrir prof. S.Komilov, so‘z boshi muallifi — Beruniy mukofoti sovrindori, prof. E. Karimov) nashr etdilar. Tadqiqotlari Tarjima nazariyasi, qisman, tarjima tarixi masalalari bilan shug‘ullanadi. Muayyan tarjima tahliliga kirishganida: 1) mavjud tarjima an’analarini, 2) ayni tarjimaning yuzaga kelishini, 3) shu tilda yoki boshqa tillarda yaratilgan tarjimalardan farqini, 4) amalga oshirilgan tarjimaning ma’lum davr o‘tishi bilan vatan adabiyoti taraqqiyoti yoxud tarjimonning o‘z ijodiy takomiliga ta’sirini aniqlashga urinadi Tarjima va mantiq, tarjima va lug‘at, tarjima tahriri, zullisonaynlik (bilingvizm) va tarjima, tarjima tadoriki (metodologiyasi), tarjimada adabiy o‘g‘rilik (plagiatlik)ning o‘ziga xos ko‘rinishi, adabiy an’ana va badiiy tarjima, realistik tarjima talabi va uning qaror topish tadrijiyoti (evolyusiyasi), o‘zbek adabiyotining tarjimaviy xaritasini tuzish, tarjimon mahorati (ijodiy siymo) singari masalalar ustida tadqiqot ishi olib boradi
Kitoblari Matbuot yuzini ko‘rgan ilk maqolasi «A.P.Chexov hikoyalarining ba’zi bir til va uslub xususiyatlari tug‘risida» («Lenin yuli», 1954 yil 13 iyun), ilk risolasi «Urischadan o‘zbekchaga badiiy tarjimaning ba’zi nazariy masalalari xususida» (Toshkent, 1957) deya atalib, ularda Chexovning «Bukalamun», «Oyni etak bilan yopib bulmas», «Yovuz niyatli kishi» hikoyalari tarjimasi xususida so‘z yuritiladi. Badiiy tarjima va adabiy tahrir problemalari. Ilmiy tadorik qo‘llanma. ToshDU, 1973, 98 bet. Muallif oliy dorilfunun tahsilida tarjimaviy saboqning nazariy va ilmiy-tadorik mazmun mundarijasiga doyr masalalarni keng talqin qilish yo‘rig‘ida ilgari suradi. Til va tarjima. Monografiya. Toshkent, 1966, 382 bet. Kitobda rus tilidan o‘zbekchaga tarjima kilishning birinchi umumfilalogik masalalari yoritilgan. Unda tarjimaning asosiy «qurilish ashyosi» bulgan so‘z, uning fonetik libosi, ma’noviy (semantik) va uslub xususiyatlari hamda tarjima jarayonida sinonimlardan istifoda etish kabi muammolar mufassal tekshirilgan. Badiiy tarjimada muallif uslubini aks ettirishga daxldor muhim fikrlar ilgari surilgan. Turli-tuman tarjimalarni, dalillarni chog‘ishtirish asosida yaratilgan bu asarda muallif badiiy tarjimaning bir qancha lisoniy sirlarini ochishga harakat qilgan. U hozirgacha ilmiy jamoatchilikka ma’lum bulmagan ko‘pgina tarjimashunoslikka doir asarlarni va ko‘hna tarjimalarni qidirib topdi, tahlil qildi, ilmiy muomalaga yo‘naltirdi. «Til va tarjima» G‘. Salomovning eng yirik, salmoqli, jiddiy asari bo‘lsa-da, badiiy asarday maroq bilan o‘qiladi. Tarjima asoslari. Uquv qo‘llanma. ToshDU, 1976, 88 bet (hammuallif S.A’zamov). Muqddima kurs sifatida yaratilgan bu qo‘lanmada oliy maktab talabalariga amaliy tarjimachilik ishi va nazariy tarjimashunoslik yuzasidan muxtasar bilim berilgan. Unda zullisonaynlik (bilingvizm) va tarjima, ijtimoiy siyosiy va ilmiy-texnikaviy kitoblar tarjimalarida istilohot, ilmiy uslubni ifodalash yuriqlari, tarjima va lug‘at, in’ikos nazariyasi va tarjima muammolari yuzasidan bahs yuritilgan, mazkur masalalar buyicha talabalarga ma’lumot berilgan. Tarjima nazariyasiga kirish. Darslik. Toshkent, 1978, 218 bet (muharrir O.Togaev). Tarjima— lisoniy, adabiy-estetik hodisa, so‘z san’ati, tarjimon esa ijodkordir. Muallif tarjima jarayonini keng miqyosda tadqiq etadi. Kitobda tarjima nazariyasi, tanqidi, qisman tarixiga doir ko‘pgina kiziqarli ma’lumotlar berilgan. Darslik tarjimonlar, til va adabiyot muallimlari, oliy maktab talabalari, aspirantlar hamda keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. Adabiy an’ana va badiiy tarjima. Toshkent, 1980, 160 bet. Uris hamda Sharq va G‘arb, Ovrupo adabiyotlari asarlarining tarjimalari o‘zaro aloqa va ta’sir asosida tadqiq etilgan. Unda uslub va uslubiy |
ma'muriyatiga murojaat qiling