Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
O’zbek tilidan rus tiliga tarjima qilingan asarlar
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
O’zbek tilidan rus tiliga tarjima qilingan asarlar
O’zbek tilidan rus tiliga tarjima etish ishlari qadim zamonlardan beri davom etib kelgan. Bu tarjimaning birinchi yozma yodgorliklari diplomatik hujjatlar, turli shartnomalar va hokazolardan iborat edi.
Tarjimashunoslik 42 O’zbekistan Rossiya sostaviga qo‘shib olingandan keyin tarjimaning bu turi yanada kuchaydi. Endi tarixiy asarlar, etnografik materiallar, folklor asarlari, ocherk, memuarlar va turli hikoyalar ham o’zbek tilidan rus tiliga tarjima qilina boshladi. O’zbek tilidan ruschaga tarjima qilingan dastlabki asarlardan biri «Bobirnoma» edi. 1857 yilda sharqshunos olim N. I. Ilinskiy «Bobirnoma»ning tekstini Qozonda bostirib chiqardi. 1871 yilda N. N. Pantusov, S. I. Polyakovlar mazkur asarning ayrim boblarini rus tiliga ag‘dardilar. (M. Sale revolyusiyadan keyin «Bobirnoma» ning to‘la tekstini tarjima qilib, birinchi kitobni 1948 yilda chiqardi, 1958 yilda esa asarning to‘la-to‘kis tarjima nashrini ta’minladi). Ruschaga tarjima etilgan katta asarlardan yana biri «Shayboniynoma»dir. Sharqshunos olim I. Berezin «Shayboniynoma»ning asl tekstini tarjimasi bilan birga bostirib chiqardi. O’zbek tili, tarixi va urf-odatlarini yaxshi bilgan rus sharqshunos olimi N. S. Likoshinning birinchi tarjimasi Temurning tarjimai holiga oid kitob bo‘lib, uni «Avtobiografiya Temurnoma» nomida 1894 yilda Toshkentda bostirib chiqardi. N. S. Likoshin «Tarixi Narshaxiy» asarini fors tilidan tarjima etdi va bu asar 1897 yilda V. V. Bartoldning tahririda Toshkentda nashr qilindi. «Devona- i- Mashrab»ning dastlabki ruscha tarjimasi ham N. S. Likoshin qalamiga mansub bo‘lib, u 1910 yilda Samarqandda nashr qilingan edi. N. S. Likoshin rus tilidan o‘zbekchaga ham bir qancha asarlarni tarjima qilgan edi. Masalan, S. M. Solovevning «Rus tarixi» nomli darsligini va qishloq xo‘jaligiga oid bir qancha risolalar: asalarichilik, o‘g‘itdan foydalanish haqidagi kitoblarni rus tilidan o‘zbekchaga tarjima qilgan. U mahalliy xalq orasida mashhur bo‘lgan afsonalardan foydalanib, «Мурадбек и Фатима» («Хивин" ское придание») degan hikoyani yozib, 1896 yilda Toshkentda nashr qildirdi. XVII asrga doir tarixiy asarlardan biri — Abulgoziyning «Shajarai tarokima» asarini sharqshunos olim A. G. Tumanskiy rus tiliga tarjima qilib, 1897 yilda Ashxobodda chiqardi. Boshqa bir tarixiy asar — «Samariya»ni Ulugbek observatoriyasini birinchi bo‘lib topgan sharqshunos olim V. L. Vyatkin rus tiliga tarjima qilib, 1904 yilda Peterburgda nashr ettirdi. Musulmon odati va huquqiga oid «Hidoya» nomli asarni sobiq Samarqand gubernatori Grodekov rus tiliga ag’darib, 1893 yilda nashr ettirdi. Arab tilini mukammal bilgan Sattorxon Grodekovga o‘zining qimmatli maslahatlari bilan juda katta yordam bergan edi. Rus olimlari o‘zbek adabiyoti namunalarini qidirib topib, nashr va tarjima etib, bular to‘g‘risida maqola va katta asarlar yozganlar. Ayni zamonda ruschadan ko‘pgina risola, badiiy asarlarni ham o’zbek tiliga tarjima qilganlar. Masalan, akademik A. N. Samoylovich Fuzuliy, Mashrab, Huvaydo, Sidqiy, Furqat, Bahodir, mulla G‘oyib Bahriy, Do‘st Ali, Xoksor, mulla Mirzo kabi 38 ta shoirning asarini to‘plash bilan birga, ularning ba’zilarini tarjima qilishga ham kirishdi va ko‘plari haqida ilmiy asarlar yozdi. Akademik V. V. Bartold turkiy tillarni, jumladan o’zbek tilini bilishidan tashqari, fors, arab tillarini ham egallagan edi. U ko‘pgina tarjima asarlarining mas’ul muharriri bo‘lgan. Akademik V. V. Bartold O’rta Osiyo xalqlari madaniyati va adabiyoti to‘g‘risida yozgan asarlari bilan butun dunyoga mashhurdir. M. V. Kosoviskiy o‘zbek xalq qo‘shiqlarini tarjima qilib, notasi bilan etnografiya jurnalida e’lon qildi. Folklor namunalarini to‘plab tarjima qilishda o‘qituvchi Vasilevning xizmati katta. «Turkiston viloyati gazeti»da uzluksiz 30 yilga yaqin redaktorlik vazifasini o‘tagan N. P. Ostroumov rus yozuvchilarining asarlarini o‘zbekchaga va o’zbek yozuvchilarining asarlarini rus tiliga tarjima qilishda hormay-tolmay ishladi. O’z sinfining sodiq o‘g‘li N. P. Ostroumov chor Rossiyasining manfaatlarini ko‘zlagan va ularni qattiq himoya qilgan xolda, taraqqiyparvar o’zbek shoirlarining ajoyib asarlarini gazetada bostirishga majbur bo‘ldi. Uning o‘zi Muqimiy, Furqat va boshqa shoirlarning asarlarini rus tiliga tarjima qilgan edi. N. P. Ostroumovning uzoq, muddatli tarjimachilik faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, turli-tuman janrlarni o‘z ichiga oladi. U tarixiy risolalar, sarguzashtlik kitoblari, she’r va folklor asarlarini tarjima qilgan edi. N. P. Ostroumov shoir Furqatning «Akt majlisi xu-susida», «Toshkand shahrida bo‘lgan na’ma bazmi xususida», «Suvorov haqida», «Shoir ahvoli va she’r mubolag‘asi xususida», «1891 yil 22 yanvarda...», «1891 yil 10 fevralda...» kabi she’rlarini tarjima qilib, uning asarlarini rus xalqiga birinchi bo‘lib tanitdi. N. P. Ostroumov «Sattorxon Abdul G‘afforovning xotiralari» («Восроминание Саттархана Абдул гаффарова»), «Qo‘qon shoiri Zokirjon Furqatning avtobiografiyasi» («Автобиография Кокандского поета Закирджан Фурката») ») kabi memuar asarlarni ham rus tiliga o‘girgan. N. P. Ostroumovning hamma tarjimalarini ushbu ishda batafsil tahlil qilish imkon doiramizga sig‘maydi va bu bevosita bizning vazifamizga kirmaydi. Shunday bo‘lsa ham, uning Furqat ijodidan qilgan ayrim tarjimalari bilan hozirgi tarjimalarni bir-biriga qiyos qilishga ob’ektiv zarurat tug‘ilganiga, quyidagi mulohazalar tufayli, kitobxon iqror bo‘lsa kerak, deb umid qilamiz. |
ma'muriyatiga murojaat qiling