Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/160
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#233559
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

       44 

 

 

 

zo‘r va mohirona ijro etilishini xonadonimizdan juda o‘zoqda turib ko‘rish – bu bamisoli qadimiy do‘st bilan 

yangi do‘stlar davrasida uchrashish, uni yangilangan alp bahodir holida ko‘rishga o‘xshaydi.” 

V.Shekspir asarlari dunyo asarlaridan o‘zbek tiliga eng ko‘p tarjima qilingan daholaridan hisoblanadi 

“Hamlet”,  “Otello”,  “Veronalik  ikki  yigit”,  “Makbet”,  “Romeo  va  Juletta”,  “Qirol  Lir”,  “Yuliy 

Sezar”,  “Qiyiq  Qizning  quyilishi”,  “Antoniy  va  Kleopatra”,  “Qish  ertagi”,  “Koriolan”,  “Venesiya 

savdogari”. 

Hozirgi  kunda  inglizzabon  yozuvchilar  ijodidan  o‘zbekchaga  o‘girilgan  asarlar  katta  miqdorni 

tashkil  etadi.  Ulardan  ayrimlarining  nomlarini  tilga  olamiz.  Yuqorida  eslatilgan  asarlar  tarjimalaridan 

tashqari  ingliz  adabiyotidan  yana  Jeyms  Grinvudning  «Juldur  kiyimli  bola»  (1961,  N.  Turmuxammedov 

tarjimasi),  A.  Konan  Doylning  «Chipor  lenta»  (1963,  V.  Ro‘zimatov  tarjimasi),  «Sherlok  Xolms  haqida 

hikoyalar»  (1963,  M.  Mirzoidov),  «Baskervillar  iti»  (1971,  N.Habibullaev),  R.  Kiplingning  «Maugli»,  U. 

Herbertning  «Ko‘rinmas  odam»  asarlari  (1961,  R.Komilov),  Garriet  Bicher  Stouning  «Tom  tog‘aning 

kulbasi», R. Stivensonning «Xazinalar oroli», G. Xeggardning «Blosholm sohibasi» (1975, N. Shomirzaev), 

Jeyms Oldrijning «Dengiz shunkori» romani (1977, E. Mirobidov), Amerika adabiyotidan Jek Londonning 

«Martin  Iden»  (1968,  Q.  Mirmuxammsdov),  «Uch  qalb»  romanlari  va  «hikoyalar  to‘plami»  (1958,  F. 

Abdullaev),  Mark  Tvenning  «Tom  Soyerning  boshidan  kechirganlari  va  Geklberri  Finning  boshidan 

kechirganlari»,  «Shaqzoda  va  gado»  hamda  «Janna  d'Ark»  (1965,  R.  Komilov),  Oliver  Tvist  romanlari, 

Teodor  Drayzeriing  «Baxti  qaro  Kerri»,  «Amerika  fojiasi»  romanlari  (1976,  U.  Usmonov),  F.Kuperning 

«So‘nggi  Mogikan»  (1973,  E.  Mirobidov),  «Chingachkuk  ulkan  ilon»  (1971,  E.  Mirobidov)  romanlari, 

Ernest  Hemingueyning  «Alvido,  qurol!»  romani,  Janubiy  Afrika  adabiyotidan  Piter  Abrahamsning 

«Chaqmoqli  yo‘llar»,  «Qabrdagi  gulchambar»  romanlari  va  boshqa  ko‘pgina  asarlar  tarjima  qilinib,  keng 

o‘zbek kitobxon ommasi mulkiga aylantirildi. 

Xullas, mamlakatimizda bilvosita tarjimadan bevosita tarjimaga o‘tish jarayoni boshlab yuborildi. Bu 

sa’y-harakat o‘zbek  kitobxonlarining jahon adabiyoti durdonalari namunalari bilan batafsilroq tanishishlari 

uchun  imkoniyat  yaratib  berish  baravarida  yaqin  kelajakda  tahlil  va  tadqiq  uchun  ham  shubhasiz  zaruriy 

material hozirlay oladi, degan umiddamiz. 

Nihoyat, qayd kilish zarurki, mamlakatimizda ko‘p asrlik tarixiy davr  mobaynida juda katta badiiy-

adabiy,  tarixiy,  ahloqiy,  falsafiy,  ilmiy,  diniy  asarlar    o‘zbek  tiliga  o‘girildi.  Tarjima  adabiyoti  Vatan  

adabiyoti    bilan  yonma-yon  paydo  bo‘lib,  rivojlanib,  xalqimizning    g‘oyaviy-estetik  ehtiyojini  qondirishda 

muhim ahamiyat  kasb etib kelmokda.  

 


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling