Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Uyg‘un (Otako‘ziev Rahmatulla)
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
Uyg‘un (Otako‘ziev Rahmatulla) 1905 yil 14 mayda Jambul viloyati Marki qishlog‘ida tug‘ilgan.
O’zbekiston xalq shoiri (1965). O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1956). Mehnat Qahramoni (1985). Samarqanddagi pedagogika akademiyasida taxsil ko‘rgan (1927-30). Dastlabki she’rlar to‘plami - «Bahor sevinchlari» (1929). «Quyosh o‘lkasiga» (1963), «G’azab va muhabbat», (1944), «Hadya» (1946), «O’zbekiston» (1947), «Hayot ishqi» (1948), kabi she’r va hikoyalar to‘plamlari, «Gulandom» (1938, 1- o‘zbek baleti librettosi), «Alisher Navoiy» (1943, hamkorlikda), «Navbahor» (1948) singari sahna asarlari muallifi. A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov, A. P. Chexov, L. N. Tolstoy, V. Shekspir asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1984). Oybek – 1905 yilda 10 yanvarda Toshkentning Govkush mahallasida tug'ilgan Muso Toshmuhammadning adabiy taxallusi. 1922 yildan unrining oxirigacha Oybek she'r, dostonlar yozdi. “Onamning mozorida” (1924), “Ovchiga” (1924), “Yoshlik xotiralaridan” (1925), “Gunafsha” (1927) singari she'rlarida yosh shoir ruhiyatining holatlari tasvirlanadi. “Fanga yurish” (1930), “Fikr” (1931), “Tansiq” (1935), “Dala yo'lida” (1935), “Qishloq qizi student” (1933), “Brigadir ayol” (1935) singari she'rlarida ijtimoiy hayot aks ettiriladi. Shoir “Dilbar – davr qizi” (1932), “O'ch” (1932), “Navoiy” (1947), “Qizlar” (1947), “Davrim jarohati” (1965) kabi poemalar yozgan Oybek poemalarining qahramonlari “Qutlug' qon” (1940), “Navoiy” (1944), “Oltin vodiydan shabadalar” (1949) singari romanlariga ham o'tgan. “Quyosh qoraymas” (1954), “Ulug' yo'l” (1963), “Nur qidirib” (1955), “Bola Alisher” (1967) – Oybekning muhim asarlaridan. U nosir sifatida xalqning boy, murakkab tarixini aks ettirdi. Oybek 1943 yilda O'zbekiston Fanlar Akademiyasiga a'zo bo'ldi. Olim “Adabiyot qoidalari haqida” (1926), “Abdulla Qodiriyning ijodiy yo'li” (1936), “Tanqidchilikda savodsizlik va ur-yiqitchilikka qarshi o't ochaylik” (1939), “Muqimiy asarlarida sotsial tiplar” (1939) singari tadqiqotlarni, Navoiy haqidagi maqolalarni yozdi. A. S. Pushkinning «Yevgeniy Onegin» she’riy romani, M. Yu. Lermontovning «Maskarad», Molerning «Tartyuf» dramalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 1968 yil 1 iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan (2001).
Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling