Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
70
Belgilari: ilmiy uslubda ta’riflab berish, tahlil qilish, sababini aniqlab isbotlash va natijalarni bayon qilish asosiy o‘rinni egallaydi. Bunda so‘zlashuv uslubi unsurlari, tasvir deyarli uchramaydi, balki maxsus terminlar, o‘z asl ma’nosidagi so‘zlar, bir ma’noli so‘zlar yetakchilik qiladi. Bu uslubda adabiy til me’yorlariga to‘la rioya qilinadi. Nutqda ixchamlik, lo‘ndalikka harakat qilinadi. Ayni paytda, murakkab sintaktik konstruksiyalar ko‘p bo‘ladi. Yig‘iq gap kam qo‘llaniladi. Keng jamoatchilikka havola qilinadigan materiallar (gazetalar, ommabop jurnallarda turli ilmiy mavzularda bosiladigan maqolalar yoki keng omma oldida o‘qiladigan ma’ruzalar) i l m i y - o m m a b o p uslubda bo‘ladi. Bu uslubda obrazlilik – tasvir ham bo‘ladi. Maxsus terminlar kam ishlatiladi. Ishlatilganda ham izohlar orqali tushuntiriladi. P u b l i s i s t i k u s l u b – tilning ta’sir qudratiga asoslanadi. Bu targ‘ib-tashviq va da’vat uslubi. Asosan matbuot materiallari shu uslubda yoziladi. Belgilari: ilmiy atamalar kam, turli uslub unsurlari aralash keladi. P u b l i s i s t i k a – lotincha publisus – ijtimoiy so‘zidan. Jamoatchilik fikriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazish maqsadida kundalik ijtimoiy masalalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan adabiy tur. Publisistika vaqtli matbuot bilan chambarchas bog‘langan. Publisistik turning asosiy asarlari muammoli maqolalar, ocherklar, pamfletlar, fel’etonlar va boshqalar hisoblanadi. P u b l i s i s t. “Ijtimoiy-siyosiy mavzularda asar yozuvchi adib. Publisist yozuvchi” 61 .
R a s m i y - i d o r a v i y u s l u b – o‘ziga xos nutq uslubidir. Barcha qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qog‘ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy uslubda gaplar ixcham va aniq bo‘ladi. Bu uslubda qaror qilindi,
qo‘llaniladi. Rasmiy uslub neytralligi bilan ajralib turadi. Qaror, buyruq, raport, instruksiya, akt, ariza, e’lon kabilar shu uslubda yoziladi va tarjima qilinadi. Belgilari: qisqa, standart shakl, turg‘un iboralar, maxsus professional so‘zlar, terminlar, tayyor qolip (shablon) iboralar: shunga ko‘ra, shu asosda, …ni e’tiborga olib, biz quyida imzo qo‘yuvchilar, biz ushbu aktni tuzuvchilar, …ga muvofiq, biz yuqorida nomi ko‘rsatilganlar, … uchun, oylik maoshi miqdorida va hokazo.
Bu uslubda ma’noning ikki xil bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
YOZUVCHI USLUBI “Yozuvchining badiiy xarakter yaratishdagi o‘ziga xos tili, tasvirlash manerasi. Har bir chinakam ijodkor o‘z uslubiga ega bo‘ladi. Masalan, Navoiy g‘azallari yuksak badiiyligi, fikrlarning teranligi bilan, Bobur asarlari esa musiqiyligi, tilining soddaligi bilan ajralib turadi. Uslub ijodkorning o‘zligini, mustaqilligini belgilaydi. Ammo uslubni yozuvchi o‘zi o‘ylab chiqargan narsa deb qarash kerak emas. Ijodkor o‘zidan avvalgi adib va shoirlarning asarlari bilan tanishar ekan, ulardan o‘rganadi. Muallif uslubi unsurlarini tarjimon ikkiga bo‘lib qarashi mumkin: – Tarjima matniga o‘zgarishsiz ko‘chib o‘tuvchi unsurlar. – Tarjimada tarjimon mavqeiga bog‘liq bo‘lgan unsurlar. Ularning birinchisiga asarning kompozision qurilishi, tabiat tasviri, portret yaratish, xarakter yoki tip yaratish usuli, qahramonlarni nomlash, tasvir vositalariga boylik darajasi va boshqalar kiradi. Ikkinchisiga esa tarjimada tarjimon mahoratiga bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan unsurlar, jumladan, asar jumlalarining uzun-qisqaligi, ulardagi so‘z tartibi, so‘zlarni tanlashdagi emotsionallik darajasiga tarjimonning munosabati, tarjima nazariyasining ba’zi prinsiplariga tarjimonning munosabati kabilar kiradi. Bu hollarda kontekstlarning o‘zgarishiga qarab: 1. O‘z tillarida mavjud ekvivalent orqali. 2. Funksional o‘xshash varianti orqali. 3. Transliteratsiya yo‘li bilan. 4. Xolis obrazli yo‘l bilan xal qilib keladilar. Har bir asarning ham o‘ziga xos uslubi bo‘ladi. Yozuvchining har bir asari muayyan uslubda yoziladi. Masalan, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Obid ketmon” asarlari, hajviya va ocherklarining har biri o‘ziga xos uslubga ega. Yoki Abdulla Qahhor hikoyalari, “Sarob” romani, “Qo‘shchinor chiroqlari”, “Sinchalak”, “Shohi so‘zana” asarlari haqida ham shunday deyish mumkin.
61 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 1-жилд. 605-бет. |
ma'muriyatiga murojaat qiling