Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
a y r i l i s o n i y (ekstralingivistik) – tildan tashqariomillari ham bor.Chunki “So’zlarning aniq mazmuni bilan estetik
sifatlari o’zaro bir-birining o’rnini qoplay olmaydi”. Bu hol tarjimada tildan tashqari omillarni ham hisobga olib ish tutishni taqozo qiladi. Ular – so’zlarning ma’no tovlanishlari, obrazli iboralar va idiomalar, matnning uslubiy bo’yog’i, asliyatmansub xalq xayoti, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, diniy e’tiqodi va marosimlari, o’ziga xos xususiyatlari. Ma’lum bo’ladiki, so’zning o’zini tarjima qilish- lisoniy, so’z ortidagi ma’noni tarjima qilish, muallif ishora qilgan tag ma’no- kosa tagidagi nimkosani topish-g’ayrilisoniy muammolar sirasiga kiradi. Misol uchun, qavm-qardoshlik bilan bog’liq so’zlar. - Папа, иди к столу! - Атом (otam) va атом (qirg’in quroli) “перевести дух”- “ruhiyatni tarjima qilmoq”. Y a q i n va u z o q tillardan tarjima. Tili, xayot tarzi, diniy e’tiqodi yaqin tillardan o’zaro tarjima qilish qator qulayliklarga ega bo’lib, turli til guruhlariga kiradigan mutlaqo begona, dini va urf-odatlari bir-biriga yot xalqlar tilidan tarjimaga nisbatan birmuncha o’ng’ay. Ayni paytda, yaqin tillardan tarjimaning ham tarjimonni aldab qo’yadigan o’ziga xos tafovutlari va nozik jihatlari bor. Chunonchi, Z.Isomiddinovning yozishicha, j o’ r a so’zi o’zbeklarda erkaklarga nisbatan qo’llansa, turkmanchada u d u g o n a ma’nosida keladi. Yoki o l c h o q so’zi bizda muttaham, pastkash, ablah kimsani bildirsa, turkmanchada xushfe’l, ko’ngli ochiq kishini anglatadi. Qirg’izchada esa qatiqni ayron deyishadi. Binobarin, bu so’zlarni o’xshashligiga ishonib, ularni shundoqqina qo’llab bo’lmaydi.
Q a y t a tarjima. Asliyat barchazamonlar va o’quvchilar uchun o’zgarmas bo’lib qolaveradi. Lekin har bir davr, har bir avlod yangi, zamonaviy tarjima ehtiyoj sezadi. Aytaylik, Sa’diy “Guliston”ining Sayfi Saroyi va Ogahiy tarjimalari bugungi o’quvchi talabani qondirolmaydilisoniy jihatdan. Shuning uchun XX asrda uning yangi tarjimasi paydo bo’ldi. Chunki bu tarjimalarning o’zi tarjimaga muhtoj.
Umuman, qayta tarjimaga quyidagi omillar sabab bo’ladi: - avvalgi tarjimaning til jihatidan eskirganligi; - badiiy jihatdan bo’sh tarjima qilinganligi; - vositachi til orqali o’girilganligi; - ijodiy bellashuv istagi. Masalan, braziliya adibi Paulo Koelening “Alkimyogar” asari bir vaqtning o’zida uch tarjimon- Ozod Sharafiddinov, Ahmad Otaboyev, Aziz Saidlar tarjima qilishdi. Bu, bir tomondan, johon adabiyoti voqea bo’lgan asarga davr talabi bo’lsa, ikkinchidan, mohir adib “panjasiga panja urish” , o’z iste’dod kuchini sinab ko’rish. Jamol Kamol ilgari rus tilidan o’girilgan Shekspir fojealarini bevosita ingliz tilidan tarjima qildi. Yoki Bayronning “Don Juan” asarini Abdulla Sher ingliz, Sulaymon Rahmon rus tilidan tarjima qildilar. Shavkat Rahmon otashnafas ispan shoiri Garsia Lorka she’rlarini dastlab rus tilidan tarjima qilgan edi. Keyin ispan tilini o’rganib, bevosita asl nusxadan o’zbekchalashtirgan. Oybek tarjimasidagi A.S.Pushkinning “Yevgeniy Onegin” she’riy romani asliyatning mazmunini to’la-to’kis aks ettirgan bo’lsa-da, shaklan buyuk rus shoiri asariga qoyilmaqom emas, badiiy jihatdan ham uncha baland emas edi. Shuni hisobga olib, oradan yarim asr o’tib, Mirzo Kenjabek uni qayta tarjima qildi. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling