Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- V o r i s i y l i k
T a b d i l. “Kassik adabiyot asarlarining lug’atida, jumladan, Alisher Navoiy asarlari lug’atida ham shu
darajada katta tafovut borki, bu asarlarni to’la tushunib yetish uchun ularni to’la ma’noda tarjima qilinmasa ham, loaqal Tarjimashunoslik 85 “yarim tarjima” qilishga zarurat tug’iladiki, buning nomini t a b d i l q i l i s h deyiladi”.Masalan Alisher Navoiy qalamiga mansub “Xamsa” dostonlari, “Lison ut-tayr” dostoni nasriy bayon qilingan bo’lsa, “Mahbub ul-qulub” hozirgi o’zbek tiligatadbil qilingan. Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-xaqoyiq” asrlari ham nasriy tarjimada o’qilyapti. Bu asarlarning asl nusxasini faqat mutaxassislar o’qiydi. Vahob Rahmonov Alisher Navoiyning lirik she’rlarini ham tabdil qilish taklifini o’rataga tashlayaptiki, bu masalani o’ylab ko’rish kerak. Chunki, bir tomondan, shunday qilinganda shoir asarlari hozirgi o’quvchiga tushunarli bo’ladi, ikkinchi tomondan esa, ko’p ma’noli so’zlar bir ma’noli bo’lib qolishi mumkin. Jamiyat va til muammosi. Keyingi o’n yil ichida tilimizda qancha o’zgarishlar sodir bo’ldi. Ellik yil oldingi til ham hozirgidan ancha farqlanadi. Masalan, 1940 yilda yozilgan Homil Yoqubovning “zahiriddin Muhammad Bobur” maqolasi. Oybek tarjimasidagi “Yevgeniy Onegin”da ruscha va internatsional so’zlar nisbatan ko’p edi. M.Kenjabek tarjimasida milliy va sharqona so’zlar miqdori ko’p. “V o r i s i y l i k- bir tarjimadan ikkinchisiga meros bo’lib o’tadigan xususiyatlar… bir asarning dastlabki tarjimasida erishilgan yutuqlar, asliyat ruhini qayta tiklash uchun topilgan ayrim usullar keyingi, ta’bir joiz bo’lsa, musobaqadosh tarjimon tarafidan ham istifoda etilishi mumkin. Chunki o’sha narsaning shu tilda bundan ortiq muqobili bo’lmasligi ham mumkin-da”. “Yevgeniy Onegin” ning Oybek va M.Kenjabek tarjimasi. Pushkin va Lermontov she’rlari tarjimalari. Asarni ilk bor tarjima qilgan tarjimon oldida murakkabliklar bilan birga, imkoniyatlar ham bo’ladi-qanday xohlasa shunday, ko’rinib turgan ma’nolari bilan tarjima qiladi. Keyingi tarjimon esa atay boshqa so’zlar, o’zgacha ifodalar izlaydi o’xshab qolmasligi uchun. Umar Xayyom, Jaloliddin Rumiy, Pahlavon Mahmud ruboiylari tarjimasida biz ham shu muammoga duch keldik. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling