Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/160
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#233559
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

T  a  b  d  i  l.  “Kassik  adabiyot  asarlarining  lug’atida,  jumladan,  Alisher  Navoiy  asarlari  lug’atida  ham  shu 

darajada katta tafovut borki, bu asarlarni to’la tushunib yetish uchun ularni to’la ma’noda tarjima qilinmasa ham, loaqal 




 Tarjimashunoslik 

       85 

 

 

 

“yarim  tarjima”  qilishga  zarurat  tug’iladiki,  buning  nomini  t  a  b  d  i  l  q  i  l  i  s  h  deyiladi”.Masalan  Alisher  Navoiy 

qalamiga mansub “Xamsa” dostonlari, “Lison ut-tayr” dostoni nasriy bayon qilingan bo’lsa, “Mahbub ul-qulub” hozirgi 

o’zbek tiligatadbil qilingan. Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, 

Ahmad  Yugnakiyning  “Hibat  ul-xaqoyiq”  asrlari  ham  nasriy  tarjimada  o’qilyapti.  Bu  asarlarning  asl  nusxasini  faqat 

mutaxassislar o’qiydi.  

Vahob  Rahmonov  Alisher  Navoiyning  lirik  she’rlarini  ham  tabdil  qilish  taklifini  o’rataga  tashlayaptiki,  bu 

masalani o’ylab ko’rish kerak. Chunki, bir tomondan, shunday qilinganda shoir asarlari hozirgi o’quvchiga tushunarli 

bo’ladi, ikkinchi tomondan esa, ko’p ma’noli so’zlar bir ma’noli bo’lib qolishi mumkin.  

Jamiyat va til muammosi. Keyingi o’n yil ichida tilimizda qancha o’zgarishlar sodir bo’ldi. Ellik yil oldingi til 

ham hozirgidan ancha farqlanadi. Masalan, 1940 yilda  yozilgan Homil Yoqubovning “zahiriddin Muhammad Bobur” 

maqolasi.  

Oybek  tarjimasidagi  “Yevgeniy  Onegin”da  ruscha  va  internatsional  so’zlar  nisbatan  ko’p  edi.  M.Kenjabek 

tarjimasida milliy va sharqona so’zlar miqdori ko’p. 

V  o r  i s i y l i  k-  bir tarjimadan ikkinchisiga  meros bo’lib o’tadigan  xususiyatlar…  bir asarning dastlabki 

tarjimasida  erishilgan  yutuqlar,  asliyat  ruhini  qayta  tiklash  uchun  topilgan  ayrim  usullar  keyingi,  ta’bir  joiz  bo’lsa, 

musobaqadosh tarjimon tarafidan ham istifoda etilishi mumkin. Chunki o’sha narsaning shu tilda bundan ortiq muqobili 

bo’lmasligi ham mumkin-da”. 

“Yevgeniy Onegin” ning Oybek va M.Kenjabek tarjimasi.  

Pushkin va Lermontov she’rlari tarjimalari. 

Asarni  ilk  bor  tarjima  qilgan  tarjimon  oldida  murakkabliklar  bilan  birga,  imkoniyatlar  ham  bo’ladi-qanday 

xohlasa  shunday,  ko’rinib  turgan  ma’nolari  bilan  tarjima  qiladi.  Keyingi  tarjimon  esa  atay  boshqa  so’zlar,  o’zgacha 

ifodalar izlaydi o’xshab qolmasligi uchun. Umar Xayyom, Jaloliddin Rumiy, Pahlavon Mahmud ruboiylari tarjimasida 

biz ham shu muammoga duch keldik. 




Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling