Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oraliq nazorati
- 11 TARJIMASHUNOSLIK FANIDAN ma’ruzalar matni
10
tarjimasining murakkabliklari. Yozuvchi va tarjimon orasidagi yaqinlik va
tafovutlar asoslari”, T., 2008. 20 Tarjimashunoslik fan sifatida shakllanishi. Tarjimashunos olimlar faoliyati. Amaliy
2 Salomov G‘. Tarjima nazariyasiga kirish. T., 1978; Til va tarjima. – T., 1966.
Musayev Q. “Tarjima nazariyasi asoslari”, T., 2008. Mavzuga doir
yangi adabiyotlar bilan ishlash va slayd yaratish Savol- javob
1 1 2- О.N. 10 5 Oraliq nazorati
20
20
30
100 Tarjimashunoslik 11 TARJIMASHUNOSLIK FANIDAN ma’ruzalar matni 1-MAVZU. TARJIMASHUNOSLIK FANINING PREDMETI VA MAQSADI Tarjimashunoslik umumfilologik fan sifatida 1965 yil 15 dekabrda O‘zbekistonda «Respublikada badiiy tarjima sifatini yanada yaxshilash tadbirlari haqida» maxsus qapop qabul qilindi. Qarorga binoan universitetlar hamda boshqa bir qancha pedagogika institutlarida tarjima nazariyasi va amaliyoti yuzasidan fakultativ darslar tashkil etish lozim deb topildi. 1966—1967 uquv yilida ToshDU hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti filologiya fakultetining IV kursida ilk daf’a qiyosiy uslubiyot va tarjima buyicha maxsus kurs o‘qildi. 1969—1970 o‘quv yilida ToshDUning jurnalistika fakultetida tarjima nazariyasi va redaksiya- nashriyot ishlari kafedrasi tashkil etildi. U 1973—1974 o‘quv yilidan boshlab tarjima nazariyasi, radio va televidenie kafedrasiga aylantirildi. Nihoyat, 1975—1976 o‘quv yilidan e’tiboran shu universitetning filologiya, jurnalistika, sharq, roman- german tillari fakultetlarida taxsil kurslari, amaliy mashg‘ulotlar olib boradigan mustaqil tarjima nazariyasi kafedrasi qaror topdi va u filologiya fakulteti bazasida faoliyat kursata boshladi. 1972 yil 18 iyulda «Mamlakatda oliy ta’limni yanada takomillashtirish tadbirlari haqida» maxsus qapop qabo‘l qildi. 1972 yil 1 sentyabrda xukumat shu masala yuzasidan tegishli tadbirlarni belgiladi. Shundan keyingi yillar ichida mamlakat oliy maktablarining o‘quv planlari birmuncha yangilandi, ularda, ayniqsa, fanning yangi tugilayotgan istiqbolli sohalariga kengroq yul ochishga alohida e’tibor beriladigan bo‘ldi. Davlat universitetlarida tarjimashunoslik fanlarining o‘qitilshi bilan bog‘liq ahvol hozirgi vaqtda quyidagicha: roman-german filologiyasi va sharq tillari fakultetlarida tarjima nazariyasi va amaliyoti umumiy majburiy predmet (70 soat) sifatida o‘quv planlaridan mustahkam o‘rin olgan; ularda maxsus o‘quv-tarjima va yalpi tarjima praktikalari joriy etilgan; universitetni bitiruvchi talabalar, o‘zlarining asosiy ixtisoslaridan tashqari, qo‘shimcha ravishda tarjimon degan ixtisosga ham ega bo‘lganlar; jurnalistika fakultetlarida yangi tarjimachilik ixtisosi paydo bo‘ldi, o‘quv planida bir qancha tar- jimashunoslik predmetlaridan tahsil kurish nazarda tutilgan; Hozirgi O’zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetida ham tarjimachilik ixtisosi rasmiylashtirilishi barobarida, maxsus tarjima guruhalari tuzildi. Ularda tarjima tarixi, tarjima nazariyasining turli davrlari, sohalari, janrlari va yirik problemalari maxsus kurslar, maxsus seminarlar tarzida o‘qitilmoqda. 1976—77 o‘quv yilining boshidan tarjima gruhalari tashkil etilishi munosabati bilan ularda tarjimashunoslik buyicha yalpi majburiy kurslar joriy etilgan; umumuniversitet miqyosida, barcha tabiiy va gumanitar fanlar fakultetlarida, lisoniy tahsil chuqurlashtirilgan maxsus programma asosida olib borilgan bo‘lsa, ularning bitiruvchilariga ham tarjimon degan qo‘shimcha guvohnoma berish huquqi rasmiylashtirildi. Xullas, agar ilgari ayrim tilshunos olimlar (prof. A. A. Reformatskiy) tarjimashunoslikni mustaqil filologik fan sifatida e’tirof etmagan bo‘lsalar, endilik-da boshqa xavf tugildi: kuni kecha bu predmetni «tan olmagan» tor filolog mutaxassislar o‘zlarini «tarjimashunos» deb e’lon qila boshladilar. Ular tarjimashunoslikni «odatdagi» til yoki adabiyot predmetlarining biri deb tushunib, yangi o‘quv planlaridagi tarjima foydasiga bo‘lgan o‘zgarishning mohiyati, maqsadi, xususiyati hamda bulardan kelib chiqadigan tadbirlarning mazmuni va mundarijasini durust idrok etmaydilar. O‘zbekistonda tarjimaning, xususan, badiiy tarjimaning nazariy masalalari ancha keng o‘rganildi. Bizda hozir ilmiy darajaga ega bo‘lgan 30 dan ortiq tarjimashunos mutaxassis bor, o‘nlab monografiyalar, to‘plamlar, yuzlab ilmiy maqolalar nashr qilingan. Rus tarjimashunosligida, bu sohadagi qamrovi keng amaliy faoliyatga muvofiq holda, katta ishlar qilingan. Ustod tarjimashunos olim A. V. Fyodorovning «Umumiy tarjima nazariyasi asoslari» darsligi, Yu. M. Katser, V. A. Kunin, Ya. I. Resker, V. N. Komissarov, L. S. Barxudarov, V. N. Krupnov, R. K. Minyar- Beloruchev, S. S. Tolstoy, M. M. Morozov, A. D. Shveyser va boshqa ko‘p olimlarning Garbiy Yevropa tillaridan rus tiliga (va aksincha) qilingan tarjimalar sohasidagi ulkan tajribani o‘rganish asosida barpo etilgan turli-tuman darslik, o‘quv qullanmalari mavjud. Xatto o‘rta maktablarda tarjimaviy ta’lim masalasiga bag‘ishlangan ishlar ham bor. (Masalan, N. D. Cheburashkinning bir qancha pred- metlar ingliz tilida olib boriladigan maktablarning IX—X sinflari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan «Maktabda texnikaviy tarjima» kitobi, Moskva, «Prosveshenie» nashriyoti, 1972). Bulardan tashqari, Gruziyada marhum G. R. Gachechiladzening «Badiiy tarjima nazariyasiga kirish» (Tbilisi, 1970) nomli asari ma’lum. Jumaniyoz
|
ma'muriyatiga murojaat qiling