Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
12
Sharipovning «O‘zbekistonda tarjima tarixidan» (Toshkent, 1965), ozarbayjonlik Bayram Xorun ugli Tohirboyevning «Tarjima hakidagi fanning falsafiy problemalari» (Boku, 1974), belorus P. I. Koianevning «Badiiy tarjima tarixi va nazariyasi masalalari» (Minsk, 1972) singari yirik monografiyalari ham tarjimashunoslikning taqsiliy aspektlarini oydinlashtirishda mo‘him dastur bo‘lib xizmat qiladi. Rus tarjimashunosligida va qardosh respublikalarda bu sohada orttirilgan boy tajriba, shubzsasiz, biz uchun maktabdir. Lekin, shu bilan birga, har bir milliy respublikada tarjima tahsilining o‘ziga xos tomonlari borki, bo‘larni nazardan soqit qilib bo‘lmaydi. Avvalo, rus tarjimachiligi maktabida tarjima tahsili an’anaviy tus olgandir. Yana shuni kayd etish lozimki, qariyb butun rus tarjimashunosligi tahsili, asosan, ingliz, nemis, fransuz tillaridan — rus tiliga va rus tilidan usha g‘arb tillariga tarjima amaliyotiga asoslangan. Ma’lumki, o‘zbek tiliga qilinayotgan umumiy tarjima mahsulotining 60 foizini — rus tilidan o‘girilayotgan tarjima kitoblari tashkil etgan. G‘arbiy Yevropa adabiyoti asarlari ham o‘zbek tiliga rus tilidan tarjima qilingan. Tarjima ta’limida bu muhim omilni nazardan coqit kilib bo‘lmaydi. Ayni vaqtda G‘arbiy Yevropa adabiyotini bevosita asl nusxalardan o‘zbek tiliga ugirish vazifasi ham ko‘ndalang bo‘lib turgan. Ana shu ulkan, murakkab ijodiy problemani uddalay oladigan yetuk tarjimon kadrlar tayyorlash ishi g‘oyat aktual ahamiyatga ega bo‘lgan va hozirda ham muhimdir.
Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling