Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
16
yaratgan qonuniyatlar asosida fikr yuritish mumkin. Zotan, shoir-tarjimonlar uchun hech qanday qonun va standart talablar bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham». Notiqlarning gaplariga qaraganda, ular badiiy matnning tugal birliklarga ajrala olmasligi haqidagi mujma dalillarga asoslanadilar. Ular tarjimannng adekvatligini tugal ajratiluvchi birliklarining ma’nodoshlik muposabati, ya’ni ularni qapdaydir «donabay» kalka qilishdangina iborat, deb tushunib, noaniqlikka yo‘l qo‘yadilar. Aslida esa, «tarjima birliklari» orasidagi munosabat shakkok nazariyachilar o‘ylagandan ko‘ra murakkabroq va tarjima nazariyasiga Lingvistik nuqtai nazardan yondashnshga yetarlicha asos tug‘dirmaydi. S. A. 'Goropsev tomonidai simpozium materiallariga yozilgan taqrizda («Narodi Azii i Afriki», 1965, 3-son) tarjimaga, umuman, nazariya kerakmi, degan «deyarli anarxistik» masalaning qo‘yilishi favqulodda quyushqondan chiqib ketish bnlan barobar ekanligi qayd etiladi. «Tarjimonning, qolaversa, avtorning o‘ziga xos, sub’ektiv o‘lchovlari, andozalarini tan olmaslik qanday xunuk oqibatlarga sabab bo‘lishini o‘ylashning o‘zi ayanchli», deb yozadi u. Bunnng ustiga, hozirgi badniy tarjima amaliyoti bunday «aksiltarjimachilik aqidasi» puch ekanligini dangal ko‘rsatib turibdi. Ijodiy va noijodiy tarjima jarayoni o‘rtasidagi chegara qat’iy va barqaror emas, binobarin, bu chegara qachon va qaerda boshlanib, qachon va qaerda tugashini belgilash amrimahol. Bunga faqat amaliy tajriba javob bera oladi, deb hisoblaydilar. Ammo kelajak tarjima jarayonining ijodiy xarakteriga qarashlarni butunlay o‘zgartib yuborishi ham mumkin. I. I. Revzin va V. Rozensveygning «Umumiy va mashinaviy tarjima asoslari»da ta’kidlanganidek, tarjimashunoslik ishlarida qo‘llanilgan tushuncha va ta’riflardan ularning noaniqligi sababli ko‘z yumib ketmasdan, tajribada erishilgan yutuqlarni aks ettiruvchi eng ahamiyatli xulosalarni saqlagan holda, ularni ravshanlashtirib berish favqulodda muhim qimmatga ega. Ulardan tarjimaga ilmiy yondashish negizini tashkil qiladngan umumiy va qat’iy nazariya doirasida foydalanish lozim.
Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling