Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
15
o‘zimiz qurgan qal’ani o‘zimiz buzib o‘tirmasak bo‘lgani»,— deb unga hamovoz bo‘ladi litvalik shoir va tarjimon V. P. Bleje. Ana shu o‘rinda hozirgi zamon fantast-yozuvchisi Stanislav Lemning «Magsllan buluti» romanidan bir dialogni keltirish joiz bo‘lar. Voqea davrimizdan bir ming ikkn yuz yil keyin — XXXII asrda go‘yo sodir bo‘ladi: «— Ilgarilari odamlarning dengizda suzishganlari senga ma’lum-mi? — Paroxod degan narsadami? — javob berishga shoshildim men. Balli. Ammo undan ham oldin, qadim zamonlar-da yelkanli kemalarda suzishgan. Uni shamol harakatga keltiradi. Ha, ular hali gidrostatika, gidrodinamika, to‘lqinlanish nazariyasi va boshqa fanlardan bexabar bo‘lgaplaridan, kemalarni chamalab qurardilar. Tushunyapsanmi? Shuning uchup ular qurgan birorta ham kema bir-biriga o‘xshamasdi. Bir-biriga mutlaq o‘xshaga kkkita kemani topib bo‘lmasdi, Machta, qil, korpus tuzilishida yuz beradigan jiddiy farq ham rulnnng itoatkorligiga ta’sir qilardi. Dengiz sayyohlari safar paytida xavf-xatarlarga yo‘liqib, halokatlarga duchor bo‘lib, asta-sekin tajriba yig‘dilar. Bu tajribalardan kema yurgizishning katta san’ati paydo bo‘ldi. Tushunyapsanmi? Bu ilm emas, san’at edi. Chunki u haqiqiy ilmiy dalillardan tashqari, bir qancha ertak, rivoyat, xurofotlarga ham suyanardi. Kemani yurgizish uchun faqat bilim emas, shaxsiy jasurlik, mahorat va iste’dod ksrak edi. Biroq, keyinchalik fan bularning hammasini siqib chiqardi, san’atkorlikning ulushi kamaydi. Necha yuz yil avval yulduzlarga sayohatda ham shunga o‘xshash hodisa qaytarilgan». Uzoq kelajakdagi dialog qatnashchisi o‘z kalimasini shundan tugallaydi. Bir necha ming yillik biografiyaga ega tarjimaning ham shunga o‘xshash tarixi bormi? Lem romanidagi satrlarni o‘zlashtirib, tadqiqotchilar butun mana bunday deyishga haqlidirlar: «Ilgari, eski zamonlarda, odamlar intuisiyaga ishonib va ists’dod bilan tarjimalar qilardilar. Ha, hali lingvistika, estetika, axborot nazariyasi va boshqa fanlardan bexabar bo‘lganlaridan, ular asarlarni chamalab tarjima qilardilar. Tushunyapsanmi? Shuning uchun ularning bironta ham tarjimasi bir-biriga o‘xshamasdi. Bir-biriga aynan o‘xshash ikkita tarjimani topib bo‘lmasdi. Ritm, asarning shakl xususiyatidagi ozgina tafovut esa tarjimalarning kitobxonga turlicha ta’sir qilishiga olib kelardi. Tarjimonlar ijod mashaqqatini chekaverib, muvaffaqiyatsizliklarga yo‘liqa-yo‘liqa tajriba yig‘dilar. Bu tajribalardan katta tarjima san’ati paydo bo‘ldi. Tushunyapsanmi? Bu ilm emas, san’at edi. Chunki u haqiqiy ilmiy dalillardan tashqari, allaqancha ertak, rivoyat, xurofotlarga suyanardi. Asarlarni tarjima qilish uchun faqat bilim emas, shaxsiy ilhom, mahorat va iste’dod kerak edi. Biroq, keyinchalik fan bularning barchasini siqib chiqardi, san’atkorlikning ulushi kamaydi...» Insoniyat endilikda turli hajmdagn dengiz kemalarini qurshi sirlarini bilib olgan. U qanday qilib kosmik kemalarni yaratish va nechuk qonuniyatlar asosida ularni avvaldan hisoblangan orbitaga chiqarishni ham biladi. Atomlarni parchalash va polimerlarni sintezlash ham kgshshlarga ma’lum. Ammo «Urush va tinchlik» romani kabi asarlarni qanday qilib «yigish», tolstoycha «andakkina» siz tasavvur qilib bo‘l- maydigan san’atni qayta tiklagan holda, asarni «parchalash» va boshqa tilda sintez qilishning sir-asrori hanuzgacha noma’lum (agar ma’lum bo‘lganida, badiiy adabiyot tomon «yo‘llanayotgan» asarlar «orbitasi»ni aniqlash bu darajada muammo bo‘lib turmasdi). Tarjima nazariyasiga nisbatan yuqorida tilga olingan umidsizlik kayfiyatlari ham xuddi shu vaziyat bilan bog‘liq. Bunday shakkoklik, hamma narsaga shubha bilan qarash mayli ba’zan oshkora nigilizmga aylanib ketadi. «Badiiy tarjimaning yagona jiddiy nazariyasini yaratish menga prinsip jihatidan mumkin emasday tuyuladi. Sabab, badiiy tarjima badiiy matn bilan chambarchas bog‘liqdir»,— degan edi M. I. Zand Moskva simpoziumidagi nutqida. «Badiiy tarjimaning jiddiy nazariyasini yaratish ona tilidagi badiiy matnning unga to‘la, adekvat ravishda mos keladigani bilan almashtirishga imkon beradigan nazariyani barpo qilish demakdir. Uz navbatida, bu tarjima qilinadigan badiiy matnni alohida-alohida mazmunan va shaklan tugal qismlarga ajratish va keyin ikkinchi til materialidagi xuddi shunday adekvat birliklarni «yig‘ish»ni anglatishi mumkin». Biroq, uning fikricha, badiiy tekstning o‘z mohiyati, tugal birliklarga ajrala olmasligi yoki ma’nodosh interpretatsiyaga moyil-masligi tufayli ham «bunday vazifani amalga oshirish prinsip e’tibori bilan mushkul narsa». B. B. Vaxtinning «Narodi Azii i Afriki» (1965, 3- son) jurnalida bosilgan «Badiiy tarjimaga ilmiy munosabatda bo‘lish mumkinmi?» degan maqolasiga ko‘ra, tarjimaning vazifasi boshqa til muhitida ori- ginal o‘quvchisi olgan taassurotni qayta yaratishdan iborat. Bu taassurot «mutlaqo sub’ektiv» bo‘ladi, chunki u «mantiqiy mazmunga emas, intuisiyaga suyanadi: uni tamomila isbotlab ham, mantiqiy asoslab ham bo‘lmaydi». Shu boisdan tarjimon ijodi «shoir ijodidan hech narsa bilan farqlanmaydi; shoir uchun faqat o‘zigagina xos qonuniyatlardan bo‘lak qonuniyat bo‘lmaganidek, uning ijodi haqida ham faqat o‘sha o‘zi
|
ma'muriyatiga murojaat qiling