Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/160
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#233559
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

avtorlarining  etika,  psixologiya  va  tabiatshunoslik  to‘g‘risidagi  kitoblaridan  Ptolomey  kabilarning 

traktatlariga  sharhlar  yozdi.  Ayrim  zarur  kitoblarni  grekchadan  arab  tiliga  tarjima  qildi».  O’z 

davrining fan ahllari orasida Forobiyga Aristoteldan  so‘nggi «al muallimus-soniy», ya’ni «ikkinchi 

muallim» degan juda yuksak baho berilgan edi. 

Ulug‘  mutafakkir,  butun  dunyoga  dong  taratgan  mashhur  tabib,  faylasuf  va  tilshunos  olim 

Abu  Ali  ibn  Sino  o‘zining  tarjimai  holida  Forobiydan  yunon  falsafasini  o‘rganganini  qayd  etadi.  U 

mantiq,  tabiiyot,  riyoziyot  (matematika)  va  jo‘g‘rofiya  ilmlarini  tahsil  qilgan,  so‘ngra  «Mo  ba’dat 

tabiat»  (Tabiatdan  tashqari  bo‘lgan  narsalar  («Metafizika»)  kitobini  o‘ qiy  boshlagan.  Biroq  u 

dastlab kitobni o‘qib tushunolmagan. Abu Ali ibn Sino bu murakkab  kitobni  qirq  bir  marta  qayta-qayta 

o‘qigan,  hatto  yod  qilib  olgan.  Shunday  bo‘lsa  ham  u  avtorning  maqsa diga  tushunib  yetmagan. 

Nihoyat,  bu  tushunib  bo‘lmaydigan  kitob ekan, deb umidini uzgan. Ana shundan keyingi tafsilotlarni 

Ibn Sino shunday hikoya qiladi: 

“Qunlardan  bir  kun  asr  vaqtida  kitobfurushlarning  oldiga  borib  qoldim.  Unda  bir  dallol 

qo‘liga muqovalangan bir kitobni tutib, uni maqtardi. U meni ham chaqi rib, menga uni ko‘rsatdi... 

Men  bu  ilmni  bilishning  foydasi  yo‘q,  degan  xayolda  uning  ko‘rsatishi  menga  malol  kelib,  rad 

qildim.  Dallol  menga  «bu  kitobni  mendan  olgin,  buning  narxi  arzon  uch  dirhamga  sotaman;  egasi 

buning  puliga  muhtoj,  dedi.  Men  uni  sotib  oldim.  Qarasam,  bu  Abu  Nasr  Forobiyning  «Metafizika» 

(Aristotelning  “Metafizika”siga Forobiyning yozgan sharhi J. Sh.) kitobi maqsadlari  haqida  yozgan  asari 

ekan.  Uyimga  qaytib,  darrov  uni  o‘qishga  tushdim.  «Metafizika»  dilimda  yod  bo‘lib  qolgani  sababli 

o‘sha  paytdayoq  bu  kitobning  maqsadlari  menga  ochildi.      Bundan    juda    xursand      bo‘lib      ketdim. 

Forobiy  Aristotel  kitobiga  sharh  yozar  ekan,  uning  asarining  nozik  tomonlarini  to‘g‘ri  tarjima  qilib 

bergan.  Yunon  tilini  yaxshi  bilgan  Forobiy  uning  boyligini  arab  tilida  ham  namoyon  qildi  va  shu 

bilan birga, arab tilida ham chuqur falsafiy asarlarni  yaxshi tarjima etish mumkinligini ko‘rsatdi. 

Arab  tilini  ona  tiliday  bilgan,  yunon  tilidan  tarjima  etgan  ulug‘  olim  Forobiy  fors  tilida  badiiy 

jihatdan yuksak falsafiy ruboiylar yozgan”. 

Somoniylar davrida yashab ijod etgan  Abu Ali ibn Sino (980—1037) Buxoroning Afshana 

qishlog‘ida  tug‘ildi.  U  yoshlik  yillaridayoq  arab  tilini  o‘rganib,  o‘zining  tib biy,  ilmiy  kitoblarini 

asosan  shu  tilda  yezdi,  she’rlarini  esa fors tilida ijod qildi.  Besh tomdan iborat  «Alqonun  fi-t-tib» 

(«Tib qonunlari») nomli  asari va tibbiyotga oid boshqa kitoblari olimni jahonga  mashhur  qildi.  Bu 

monumental asar Yevropada XV asrda  lotin tilida o‘n olti marta, XVI asrda esa yigirma mar tadan 

ko‘proq  nashr  etildi.  «Tib  qonunlari»  Yevropaning  boshqa tillariga ham tarjima etilgan.  Abu Ali ibn 

Sino Yevropada  Avisenna  degan  nom  bilan  dong  taratdi.  Ibn  Sino Xorazmda  bo‘lganida  Beruniy 

bilan tanishib, do‘stlashdi. 

Uning  («Ash-shifo»)  nomli  asari  lotin  tiliga  ham  tarjima  etilib,  Yevropada  darslik 

qatorida  o‘qitilardi.  Ibn  Sinoning  300  ga  yaqin  ilmiy  asari  bizning  zamonamizgacha  yetib  kelgan.  U 

Sharq mamlakatlarining ko‘p joylarida bo‘ldi, arab, fors va turkiy xalqlari tilida bemalol gaplashar, unga 

tarjimon kerak emas edi. Bu esa tabib kishi uchun ulug‘ fazilat edi. 


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling