Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


Jamol Kamol tarjimonlik mahorati


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/160
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#233559
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

Jamol Kamol tarjimonlik mahorati 

E.Ochilov maqolasidan 

 

O‘zbekiston  xalq  shoiri,  serqirra  va  sermahsul  tarjimon  Jamol  Kamolning  xizmatlari  beqiyos.  U  bir 

necha tarjimon umri bo‘yi qila olishi mushkul bo‘lgan keng ko‘lam va katta miqyosdagi tarjimalarni bir o‘zi 

amalga oshirdi – 30 ga yaqin alohida asar va 20 dan ortiq shoir she’rlarini o‘zbekchalashtirdi.  

Jamol Kamol esa bir necha tildan – rus, ingliz, fors, tojik, turk, ozarbayjon tillaridan tarjima qiladi. 

Rus tilidan – A.S.Pushkinning «Motsart va Saleri» kichik fojiasi, Radiy Fishning «Jaloliddin Rumiy» 

tarixiy-biografik romani, fransuz klassisizmining yirik namoyandasi Bualoning «She’riy san’at» asari, latish 

shoiri  Yan  Raynisning  «Oq  tulpor»  dramatik  ertagi,  nemis  adibi  Bertold  Brextning  «Sichuandan  chiqqan 

mehribon»  dramasi,  Shandor  Patefi  (venger),  Lesya  Ukrainka  (ukrain),  Maksim  Tank  (belorus),  Nikolay 

Gribachev (rus) , Fridon Xolvashi (gruzin) she’rlarini o‘zbekchalashtirdi. 

Ozarbayjonchadan  Baxtiyor  Vahobzodaning  «Faryod»  to‘plami  va  «Shabi  hijron»  dostoni,  Xalil 

Rizoning «Samarqandim» she’rini, turk tilidan Hazrat Alining devonini, tojik tilidan Sotim Ulug‘zodaning 

«Firdavsiy»  romani,  G‘affor  Mirzoning  «Davlat  toji»  lirik  dostonidan  «Oshiq  dil  rozi»  nomli  kattagina 

parchani o‘girdi. 

Ingliz  tilidan  –  buyuk  ingliz  dramaturgi  Vilyam  Shekspirning  jahon  dramaturgiyasining  gultojlari 

bo‘lmish «Qirol Lir», «Hamlet», «Makbet», «Afinalik Timon», «Romeo va Juletta», «Otello», «Koriolan», 

«Yuliy Sezar», «Venesiya savdogari», «Qish ertagi», «Qirol Genrix VI», «Antoniy va Kleopatra» kabi 12 ta 



 Tarjimashunoslik 


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling