Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/160
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#233559
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

Tarjima tarjimon so‘zidan hosil bo‘lgan, tarjimon esa forscha    tarzabon  so‘zidan kelib chiqqan. 

Ma’lumki, qadimda O‘rta Osiyo va Eron xalqlari orasida notiqlik san’ati juda rivojlangan. Notiqlarni 

esa tarzabon deb ataganlar.  Tar –  fors tilida yangi, shirali, tarovatli, nozik, latif kabi ma’nolarni bildiradi. 

Zabon  –  til  degani.  Tarzabon  –  notiq,  chiroyli  gapiruvchi,  so‘z  ustasi,  yangi  va  o‘tkir  so‘zlarni  aytuvchi 

demak. Tarzabonlar chuqur bilim, keng dunyoqarash, notiqlik mahoratiga ega bo‘lishdan tashqari, bir necha 

tillarni ham bilganlar va o‘z nutqlarida ulardan foydalanganlar. 

Arablar kirib kelganlaridan keyin ijtimoiy hayot,  madaniyat, fan va boshqa sohalarni o‘z ta’sirlariga 

olganlari  kabi,  ko‘pgina  so‘zlarni  ham  o‘zlashtirib,  arab  tili  qoidalariga  bo‘ysundirganlar.  Jumladan, 

tarzabon  so‘zi  ham  arabcha  talaffuzda  “tarjamon”  (yoki  “tarjimon”)ga  aylanadi.  Shundan  keyin  u  arab 

tilining so‘z yasalish qonuniga bo‘ysunib, undan yangi masdar (o‘zak), fe’l va otlar hosil qilingan. Masalan: 

tarujama, tirijama, tarjama, mutarjim, mutarjimun. 

Shunday qilib,  tarjimon – tarzabon  so‘zining arabcha tarjimasi bo‘lsa,  tarjima tarjimon so‘zidan 

kelib chiqqan. 

Tarjimon –  bir tildagi og‘zaki nutq yoki yozma matnni ikkinchi tilga tarjima qiluvchi kishi, mutarjim, 

tilmoch, tarjimachi. 



Tarjimonlik –  tarjima qilish, tarjima ishi bilan shug‘ullanish. Kasb oti. 


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling