Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 128.12 Kb.
|
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
II bob bo’yicha xulosa
1. Tarjimon nafaqat muayyan uslubiy vazifa ifodasi uchun qo’llanilgan obrazli yoki hissiy ta’sirchan lisoniy vositani , balki odatda amaliy jihatdan qiyinchilik tug’dirmaydi deb tasavvur qilinadigan u yoki bu erkin ma’nodagi so’z yoki so’z birikmasini o’girishda ham har doim o’sha vosita mazmunini tarjima tilida qanday so’z yoki so’z birikmasi aniqroq va to’laroq ifoda mumkinligi haqida bosh qotirishi , mavjud variantlardan qaysi birining asliyat ruhiga ko’proq mos kelishi haqida o’ylashi, o’ziga doim nazarda tutilgan fikrni qay tarzda yanada ravonroq bayon etishi mumkin , degan savolni berishi lozim. Tarjimada, ayniqsa o’zbek tilida frazeologizmdan foydalanish tabiiy o’zbekona jarangdorlikni yuzaga keltiradi. 2. Pu Sungling o`z asarlarida xitoy jamiyatidagi yovuzlik, adolatsizlikka asosiy sababchilar, zolim, kaltabin hokim va amaldorlardir, demoqchi bo`ladi. Ular qobiliyatli, aqilli odamlarni davlat imtihonlaridan yiqitib, noshud va ga davlat xizmatiga yo`l ochib berayotganligini, badiiy bo`yoqlar orqali ochib berishga harakat qiladi. U o`z asarlarida o`zgacha fantastik dunyo yaratadi. Uning qahramonlari ana shu fantastik dunyoga ravona bo`ladilar va ularga go`zal parilar duch kelib, baxt farovonlik ato etishadi. Haqiqiy hayotga g`ayrioddiy kuchlar qo`shiladi. Pu Sungling yaratgan fantastik dunyo inson ishlariga haqiqiy adolatli baho beradi. Yozuvchining fantaziyasi bilan yaratilgan ko`plab kuchlar qo`rqoq, sotqin, yolg`onchilarni jazolab, o`qimishli, ezgu qalb egalari bilan haqiqiy tolibi ilmni, yuqori insoniy baxt, fazilatlar bilan ulug`laydi. Lyao Jay hikoyalarida asosiy qahramonlar sehirgar-rohiblar hisoblanadi. Muallifning ixtiyori bilan ular materiyaning bir shakldan boshqqa bir shaklga o`tishini, sehirgarlik sirlarini bilib, haqiqat va adolat tarafidagi odamlarga yordam berib, yovuz va zulmkorlarni jazolaydi. Lyao Jay fikri bo`yicha, g`ayrioddiy ishlarni faqat sehrgar-rohiblar emas, balki adolatli va haqiqatgo`y, irodali va g`ayratli bo`lgan oddiy odamlar ham bajarishi mumkin bo`lgan.
Download 128.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling