Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tarix va falsafa fakulteti sharq mamlakatlar tarixi yo


Fors tilida gap turlari va o’ziga xos xususiyatlari


Download 51.19 Kb.
bet4/9
Sana13.05.2023
Hajmi51.19 Kb.
#1456457
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sodda gaplar. Jamshid

1.2 Fors tilida gap turlari va o’ziga xos xususiyatlari
Gap tarkibi - umuman olganda, egadan so‘ng va fe’ldan aw al turli gap bo‘laklari joylashishi mumkin. So‘roq gap - so‘roq gaplarda ham so‘z tartibi xuddi darak gaplar kabi bo‘lib, jumla tarkibida so‘roq so‘zlar mavjud bo‘lmaganda U so‘roq yuklamasi orqali ifodalanadi.
Ohang tugalligiga ega bo‘lgan, kesimlik shakllari orqali ifodalangan so‘z va so‘zlar qo‘shilmasiga gap deyiladi. Gap tuzilishiga ko‘ra sodda va qo‘shma bo‘ladi.
Gap maqsadga ko‘ra turlari:darak, so‘roq, his-hayajon, buyruq, istak Gap ega, ikkinchi darajali bo‘lak va kesimdan iborat. Gapning bosh bo‘laklari: ega, kesim (ot kesim va fe’l kesim) Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari: to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol.
Fors tilida ham xuddi o‘zbek tilida bo‘lgani kabi kesimi fe’ldan boshqa so‘z turkumlari bilan ifodalangan gaplar ot kesimli gap deyiladi. Ot kesimli sodda yig‘iq gap deb, faqat bosh bo‘laklardan, ya’ni ega va ot kesimdan tashkil topgan gaplar ot kesimli sodda yig‘iq gaplar deyiladi. Bunday gapda ega har doim gap boshida, ot kesim esa gap oxirida keladi. Masalan:
.است روزنامه این In ruznome ast. Bu gazetadir.
.است مجله آن On majalle ast. U jurnaldir.
.است نگار روزنامه احمد Ahmad ruznomenegor ast. Ahmad jurnalistdir.
Bu gaplarda آن، این va حمد ا so‘zlari ega bo‘lib, majalle ast است مجله .kesimdir روزنامه نگار است ast ruznomenegor روزنامه است ast ruznome Misoldan ko‘rinadiki, fors tilidagi ot kesimli sodda yig‘iq gaplardagi so‘z tartibi o‘zbek tilidagi ot kesimli sodda yig‘iq gaplardagi so‘z tartibi bilan to‘liq mos keladi.
SODDA YIG‘IQ GAPDA SO‘Z TARTIBI
O‘zbek va fors tillaridagi sodda yig‘iq gaplardagi so‘z tartibini kuzatadigan bo‘lsak, ulardagi mushtaraklik yaqqol ko‘rinadi, ya’ni ulardagi so‘z tartibi bir xildir. Fors adabiy tilida yoyiq sodda gapda so‘zlar ma’lum tartibda keladi, ya’ni gap ega bilan boshlanib, kesim bilan tugaydi. Gapning qolgan bo‘laklari esa ega bilan kesim orasida keladi. Masalan:
او به دبستان رفت. U be dabereston raft. U maktabga bordi.
Ega, vositasiz to‘ldiruvchi, kesim: نویسنده رمان نوشت. Navisande ro‘mon navesht. Yozuvchi roman yozdi. Payt va o‘rin hollari bundan mustasno bo‘lib, ko‘pincha egadan oldin keladi. Masalan: ا
مروز احمد به ورزشگاه رفت. Emruz Ahmad be varzeshgoh raft. Bugun Ahmad stadionga bordi.
AST BOG‘LAMASI
1. Fors tilida gapning kesimi ot, sifat yoki boshqa so‘z turkumlari bilan ifodalansa, ya’ni gap ot kesimli gap bo‘lsa, kesimlilikni ifodalash uchun ular oxiriga است ast bog‘lamasi qo‘yiladi. است ast bog‘lamasi o‘zbek tilidagi kesimlik qo‘shimchasi –dir ga to‘g‘ri keladi. Masalan: .است کتاب این In ketob ast. Bu kitobdir. .است دفتر آن On daftar ast. U daftardir.
2. O‘zbek tilida kesimlik qo‘shimchasi - dir ko‘pincha tushib qoladi va yozuvda ifoda etilmaydi. Lekin fors tilidagi است ast bog‘lamasi gapda har doim mavjud va yozuvda ifoda etiladi. Masalan:
.است خانه این In xone ast. Bu xonadir.
.است در آن On dar ast. U eshikdir.
Ast bog‘lamasi talaffuzda urg‘u qabul qilmaydi. Kesim vazifasini bajaruvchi so‘z urg‘usi o‘zgarmay, o‘z holicha qoladi. Masalan:
.است کتاب این In ketob ast. Bu kitobdir.
.است کارگر آن On korgar ast. U ishchidir.
Ot kesim tarkibidagi است ast bog‘lamasi kesimning ot qismida kelgan so‘zning qanday tovush bilan tugashiga ko‘ra turli fonetik xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ast bog‘lamasi undosh harflar bilan tugallangan so‘zlardan so‘ng alohida yoziladi va alohida o‘qiladi. Masalan:
.است در این In dar ast. Bu eshikdir.
.است میز آن On miz ast. U stoldir.
Ast bog‘lamasi cho‘ziq o, i, u unlilar bilan tugagan so‘zdan so‘ng kelsa, bog‘lamaning a tovushi tushib qolib, oldidagi so‘z bilan birga bir so‘z tarzida talaffuz etiladi.Masalan: In doneshjust Bu talabadir. On sandalist U stuldir. Bu holda است ast bog‘lamasi yo to‘la holda va ba’zan bog‘lamaning ا alif harfi tushib qolib, qolgan qismi esa oldindagi so‘z bilan qo‘shilgan tarzda yozilishi mumkin. Lekin har ikki holatda ham bir so‘z tarzida ya’ni qo‘shib o‘qiladi.

Download 51.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling