Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tarix va falsafa fakulteti sharq mamlakatlar tarixi yo


Download 51.19 Kb.
bet8/9
Sana13.05.2023
Hajmi51.19 Kb.
#1456457
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sodda gaplar. Jamshid

از احمد کتابی گرفتم وکتاب راحواندم.
Ushbu misol esa را bilan ifodalangan to‘ldiruvchining tushishi, ya’ni حذف مفعول kuzatilmoqda. Ikkinchi gapdagi to‘ldiruvchi ( کتاب را) tushib qolgan.
.چه می گویی خانم؟ (گلدان را)هفتاد و پنج تومن خریده بودم
Nima deyapsiz, xonim?(guldonni) 75 tumonga sotib olganman.
("گزیده داستانها".− ص 8 جلال آل احمد. )
Bu misolda ham to‘ldiruvchining ellipsisga uchraganini ko‘rish mumkin.
Hol ellipsis
Tatqiqot jarayonida biz ikkinchi darajali bo‘lak – hol (fors tilida “قید)ning ellipsisga uchragan holatini hamkuzatdik. Buni quyida keltirilgan misollar tahlilida ko‘rish mumkin:
.(خریدممن چند تا کتاب دفتر خرید دوستم دیروز چند تا
Do‘stim kecha bir nechta daftar sotib oldi. Men (kecha) bir nechta kitob (sotib oldim).
Bu misolda ikkinchi gapda payt holi vazifasini bajarib kelgan دیروز payt ravishi hamda gapning kesimi bo‘lib kelgan خریدم birinchi shaxs birlikdagi fe’l tushirib qoldirilgan, lekin birinchi gapdan bu payt holining va kesimning mavjudligi anglashilib turibdi.
... – باز مهمان تازه ای (به خانه مان) رسید.
Yana yanbi bir mehmon (uyimizga) keldi
(آل‏احمد، جلالگلدان چینیص )
Ushbu misolda esa gap tarkibidagi o‘rin holi ellipsisga uchrab, elliptik gap hosil qilgan.
Aniqlovchi ellipsis
Biz sodda gaplar aniqlovchisining, ya’ni fors tilida مضاف ning ham ellipsisga uchragan holatiga duch keldik.
Masalan:
اشعار نو او را در این مجموعه منتشر کرده اند.
(نو او) شعر زیبای "بودن" دیده می شود.ø در بین اشعار
Uning yangi she’rlari bu majmuada nashr etilgan edi. (Uning yangi) she’rlar(i) orasida “Bo‘lmoq” nomli bir she’ri ajiralib turadi.
( از رنجی که می بریم.− ص 11.آل‏احمد، جلال )
Bu misolda ikkinchi sodda gapda to‘ldiruvchini aniqlab kelgan bir qaratqish او va bir sifatlovchi نو) − (aniqlovchi tushib qolgan. Tadqiqot jarayonida shu ma’lum bo‘ldiki, aniqlovchining o‘zi alohida ellipsisga uchrashi juda kam kuzatiladi, ko‘pincha aniqlovchi o‘zi bog‘langan qism bilan birga tushib qoladi.
Masalan:
معلم کلاس سه) مقطع حرف می‏زد.) … ø معلم کلاس سه یک جوان ترکه‏ای بود
(مدیر مدرسه. − ص 14 آل‏احمد، جلال. (
Bu gapda ega o‘zining aniqlovchisi bilan birga tushib qolgan.
اسم شریف (شما) آقا؟ (Sizning)Ismi sharifingiz, og‘o?
("گزیده داستانها". − ص 16 جلال آل احمد )
Bu gapda qaratqich aniqlovchi bo‘lib kelgan kishilik olmoshi tushib qolgan.
Shuningdek, for tilida sodda gaplarda sintaktik ellipsisning tahlili jarayonida bir paytning o‘zida bir nachta va hattoki butun bir gapning ellipsisga ushragan holatga ham duch keldik. Masalan:
شما از کخا به اینخا منتقل شده اید؟ از بهشهر.
Siz bu yerga qayerdan olib kelindingiz?
Behshahardan.
("گزیده داستانها".− ص 48.جلال آل احمد )
Ushbu misolda bir paytning o‘zida gapning agesi شما , gapning o‘rin joli به اینخا va gapning fe’l kesimi منتقل شده ام tushib qolib elliptik gapni hosil qilyapti.
مگه شما در بابل کار نمی کنید؟ نه.
Nahotki siz Bolilda ishlamasangiz?
Yo‘q. ( "گزیده داستانها" − ص 16 جلال آل احمد )
Bu keltirilgan misolda butun bir sodda gap ellipsisga uchragan.
Biz tadqiqot jarayonida shu narsaga ham guvoh bo‘ldikki, fors tilida sodda gap tarkibida grammatik vositalar ham ellipsisga uchrashi haqida bildirilgan fikrlar ham mavjud. Masalan, P.N. Xonlariy va M.J. Kazoziy sodda gaplarda هست bog‘lamasining qisqa shakillari va است ellipsisga uchrashi mumkin, deb yozadilar. Masalan:
عشق دوردانه اشت و من غواص و دریا میکده
Ishq durdona va men g‘avvos va darya uy.
Bu yerda 3 ta sodda gap bor bo‘lib, birinchi gapda hech qanday gap bo‘lagi yoki bog‘lamaning qisqa shakli tushib qolmagan.
Ikkinchi gapda esa bog‘lamaning qisqa shakli م, uchinchi gapda است bog‘lamasi tushib qolgan.
Biz bu holatlarga ellipsis hodisasi deb qarolmaymiz, sababi bu gapda tushirib qoldirilayotgan so‘zlar gap bo‘lagi bo‘lib kela olmasligidir.


XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Eronda fors tilida sodda gap ellipsisining sintaktik jihatdan bunday tahlilida yevropa va o‘zbek tillari kabi bo‘lsada, bir narsaga etibor qaratish lozim. Eronda mazkur mavzu bo‘yicha bir nesha tadqiqot va darsliklarda terminlarning ishlatilishi bilan bog‘liq g‘alizlikni kuzatish mumkin. Ellipsis sintaktik jihatdan tahlil etilgan, lekin sintaksis va morfologiyaga xos bo‘lgan terminlar aralash holatda qo‘llangan:
حذف فعل – fe’lning tushib qolishi va حذف قید – ravishning tushib qolishi
Bu terminlar o‘rnida shu tushib qolgan so‘zlarning sintaktik vazifasidan kelib chiqib (حذف فعل – fe’lning tushib qolishi emas, fe’l kesimning tushib qolishi yoki حذف قید – ravishning tushib qolishi emas, payt holining tushib qolishi kabi) nomlash maqsadga muvofiq.
Sodda gaplarda sintaktik ellipsis asosan dialogik nutqda yuz beradi. Fors tilida sintaktik ellipsisni tahlili shuni korsatadiki, elliptik sadda gaplar orasida gapning bosh bo‘laklari, ya’ni ega va kesimning ellipsisi ikkinchi darajali bo‘laklarning ellipsisga uchrash holatidan ko‘proq kuzatildi. Misollardan ko‘rindiki, gapning kesimi aksariyat hollarda ega bilan birga yoki unga bog‘langan so‘z bilan birga tushib qoladi. Aniqlovchining alohida holatda ellipsisga uchrashi juda kam uchraydi. Aniqlovchi asosan o‘zi aniqlab kelgan bo‘lak bilan birga tushib qoladi.


Xulosa.
Til o`zida turfa marvaridlarni mujassam etgan cheksiz ummon bo`lib, maqsadimiz har kimning tasavvuriga ham sig`maydigan bu bepoyon ummondan unumli foydalanishdir.
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, har bitta til o`zining grammatikasiga ega bo`ladi. Gaplar ham o`z o`zidan gap holatiga kelib qolmagan. Albatta gaplar ham qaysi til bo`lishidan qat’iy nazar bosh va ikkinchi darajali gap bo`laklaridan tashkil topadi. Bizning o`zbek tikimiz ham o`z tuzilishiga ko`ra ega, kesim, to`ldiruvchi, hol, aniqlovchi kabi gap bo`laklaridan tuziladi. Fors tili ham huddi shunday sodda va murakkab gaplardan tashkil topgan.O`zbek tili bilan fors tilidagi gap bo`laklarini bir biri bilan solishtirganda ham ikalasi o`rtasida hech qanday farqni topish qiyin. To’g’ri grammatik jihatdan gapda gap bo’laklari ikkixil tartibda joylashadi bunga sabab ikki tilning turli xil til oilalariga mansubliklarida amma nima bo’lganda ham umumiy mazmun o’zgarish siz qoladi.



Download 51.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling