Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tarix va falsafa fakulteti sharq mamlakatlar tarixi yo
Download 51.19 Kb.
|
Sodda gaplar. Jamshid
- Bu sahifa navigatsiya:
- بچه ها
Fors tilida gapning kesimi گزاره termini bilan ataladi. Ahmad Shefaiy yozadi: “Nutqda shunday o‘rinlar bo‘ladiki, bunday hollarda gapning egasini kuchliroq talaffuz qilib, kesimni tushirish orqali nutq ta’sirli va sodda ifodalanadi. Buni quyida keltirilgan misol orqali ko‘rish mumkin:
ــ... چه فایده (دارد)؟ Nima foyda (bor)?” Ko‘rinib turibdiki, bu gap ifoda maqasadiga ko‘ra so‘roq gap bo‘lib, ta’sirchanligini oshirish maqsadida gapning kesimi, uchinchi shaxs birlikdagi fe’l (دارد) tushirib qoldirilgan. Bundan tashqari, Mohammadreza Boteniy ham kesim va unga bo‘glangan bo‘laklarning tushib qolishi haqida shunday yozadi: “Diologik nutdqa, ko‘pincha, maxsus so‘roq olmoshili gaplarga javoban aytiladigan gaplarda, aynan nima yoki kim so‘ralayotgan bo‘lsa, nutqni tez va osonlashtirish uchun vaziyatga qarab faqat so‘ralgan bo‘lak saqlanib, qolgan bo‘laklar tushirib qoldirilishi mumkin: ــ دیشب کجا رفتی؟ Kecha kechasi qayerga bording? ــ سینما (kecha kechasi) Kinoga (bordim) Ikkinchi gapda tinglovchidan aynan qayerga borganligi so‘ralgani sababli, javob beruvchi faqatgina سینما so‘zi bilan cheklandi. Qolgan kesim va unga bog‘langan o‘zga bo‘laklar tushib qolgan. To‘liq shaklda esa quyidagicha bo‘lishi kerak edi: دیشب به سینما رفتم yoki دیشب رفتم سینم Kecha kechasi kinoga bordim. Xonlariy sodda gaplarda faqatgina fe’l - kesim emas, balki ot - kesim, ya’ni fors tilida مسند yoki اسم گذاره ای ham ellipsisga uchrashi mumkinligini keltirib o‘tadi. Bunda P.N. Xonlariy va A.E. Sodeqiyning fikrlari juda o‘xshash Quyidagi keltirilgan misollarda ham gapning kesimi bo‘lib kelgan bo‘laklar tushib qolgan: پرسیدم).) ø این بود که راه افتادم. رفتم و از اهلش پرسیدم. از یک کارچاق کن Yo`lga chiqqan edim. Borib, aholidan so`radim. Bir dallol (so‘radim) (ص 18-17 آلاحمد، جلال. مدیر مدرسه. −) Bu misolda uchinchi sodda gapning kesimi bo‘lib kelgan پرسیدم fe’li tushirib qoldirilganligini oldingi konteksttda tushinib olish qiyin emas. خبردار! (خبردار بایستید) Ogoh (bo‘ling)! آلاحمد، جلال. زیارت.− ص Sodda gapda gapning kesimi tishib qolib, elliptik gapni hosil qilgan. Gapning egasi fors tilida نهاد deb atalib, نهاد ning ellipsisga uchrashi haqida P.N. Xonlariy yozadi: “Buyruq gaplarda gapning egasi doim tushirib qoldiriladi. Masalan: .ای ایراج، (تو) کتاب را بیاور Ey Eroj,(sen) kitobni olib kel. Bu gapda ega bo‘lib kelgan تو kishilik olmoshi tushirib qodirilyapti. Lekin gapning kesimi tarkibidagi shaxs-son qo‘shimchasi gapning egasi qaysi shaxsda va sonda ekanligiga ishora qilib kelyapti. Shuningdek, A.E. Sodeqiy ham sodda gapning egasi, ya’ni نهاد ning ellipsisga uchrashiga to‘xtalib, misollar keltiradi. Quyidagi misolda sodda gap egasining ellipsisga uchrashini ko‘rishimiz mumkin: برادرم آمد و (برادرم) ناهارش را خورد Akam keldi va (akam) tushligini yedi. (آلاحمد، جلال. مدیر مدرسه.− ص ) Ushbu gapda ikkinchi sodda gapning egasi برادرم ,shaxs oti, tushib qolgan. بله، دولت هیچ "اوتوریته"ای از خود نشان نمی دهد. یعنی (آن) تقصیری هم ندارد. Ha, davlat hech o`zining “afrotiteti”ni ko`rsatmaydi. (u) ning aybi ham yo‘q. ( آلاحمد، جلال. دید و بازدید عید.1369.− ص 19) Uchinchi sodda gapning egasi bo‘lib kelgan آن ko‘rsatish olmoshi tushib qolgan. ناظم دو سه کلمه برای بچه ها گفت که من رسیدم. (بچه ها) Ø دست زدند Nazim bolalarga uch-to‘rtta so‘z aygan edi, man yetib keldim. (Bolalar) qarasak chalishdi. ( از رنجی که می بریم.− ص 27 آلاحمد، جلال.) Bu misolda ham uchinchi sodda gapning egasi ellipsisga uchragan. Ba’zi o‘rinda gapning egasi bilan birga, egani aniqlab kelgan aniqlovchi ham tushib qolishi mumkin. Bu holatni quyidagi misolda ko‘rish mumkin: ø ... معلم کلاس اول باریکهای بود سیاه سوخته (بود) ø معلم کلاس اول) شبیه میرزا بنویسهای دم پستخانه ) ( (آلاحمد، جلال. مدیر مدرسه. − ص13 Ko‘rish mumkinki, ikkinchi gapda gapning egasi bolib kelgan معلم so‘zi o‘z qaratqich aniqlovchisi bo‘lib kelgan کلاس اول birligi bilan birga tushib qolgan. To‘ldiruvchi ellipsis Sodda gaplarning ikkinchi darajali bo‘laklari – to‘ldiruvchi (مفعول – (را bilan) to‘ldiruvchi, متمّم - vositali to‘ldiruvchi) ellipsisga uchragan holatlariga bir qator misollarda guvoh bo‘ldik. Masalan: کودکی چند را دیدم. پیش رفتم. (از ایشان) پرسیدم Bir necha bolalarni ko‘rdim. Yaqinlashdim. (ulardan) so‘radim. (مدیر مدرسه.− ص17 (جلال آل احمد. Bu gapda vositali to‘ldiruvchining ellipsisga uchrashi, ya’ni حذف متمّم yuz bermoqda. So‘nggi gap tarkibidagi vositali to‘ldiruvchi (از ایشان) tushib qolmoqda. Download 51.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling