Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tarix va falsafa fakulteti sharq mamlakatlar tarixi yo


II. BOB. FORS TILIDA SODDA GAPLAR


Download 51.19 Kb.
bet5/9
Sana13.05.2023
Hajmi51.19 Kb.
#1456457
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sodda gaplar. Jamshid

II. BOB. FORS TILIDA SODDA GAPLAR
2.1 Fors tilida sodda gaplarning grammatik izohi
Sodda gap — oʻz tarkibida birgina predikativ birlikka ega boʻlgan, maʼlum fikr ifodalay oladigan, grammatik va intonatsion jihatdan shakllangan sintaktik birlik
تو کستی؟
Sodda gap. bir predikativ aloqani namoyon qiluvchi sodda birlik sifatida ikki yoki undan ortiq sodda predikativ birliklarning qoʻshilmasidan iborat boʻlgan qoʻshma gapga qarama-qarshi qoʻyiladi.
Sodda.gapning asosiy tavsiflari quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin: uning muayyan soʻz shakllari (gap predikativ asosining tarkibiy qismlari) orqali shakllanuvchi sintaktik strukturasi va mazkur tarkibiy qismlarning oʻzaro munosabati; uning semantik strukturasi; soʻz tartibi va ohang; gap predikativ asosining tarkibiy qismlari yoki predikativ asosning kengaytiruvchilari hisoblangan gap boʻlaklari.
Sodda gap tuzilish asosining miqdoriga koʻra, 2 turli boʻladi; ikki tarkibli gap, bir tarkibli gap. Ikki tarkibli gapning predikativ asosi ega va kesim boʻlaklaridan iborat boʻladi (Salqin shamollargina qizning sochlari bilan oʻynashadi. Koʻkda tanho oy kezmoqda). Bir tarkibli gapning predikativ asosi ega yoki kesimga ega boʻladi. Oʻzbek tilida bir tarkibli gaplarning quyidagi turlari bor: shaxsi aniq gap (Shu yorugʻ yoʻlda sizga zoʻr baxtlar tilayman); shaxsi nomaʼlum gap (Joʻjani kuzda sanaydilar); shaxsi umumlashgan gap (Dehqon boʻlsang shudgor qil, mulla boʻlsang takror qil); shaxssiz gap (Toʻrtbesh kundan keyin terimga tushiladi); atov gap yoki nomlovchi gap (Ana sovuq, mana qor! Mana Oʻsarjonning bolasi... Samarqand. Registon maydoni...).Sodda. g. yigʻiq yoki yoyiq boʻlishi mumkin. Yigʻiq S.g. bosh boʻlaklardangina, yaʼni birgina predikativ sintagmadangina iborat boʻladi (Ish boshlandi. Ular kelishyapti); yoyiq Sodda.g. bosh va ikkinchi darajali boʻlaklardan tashkil topadi, yaʼni uning tarkibida predikativ sintagma bilan birga boshqa sintagmalar ham boʻladi (Nizomjon opasining gaplarini chin yurakdan eshitib oʻtirardi).


Download 51.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling