Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tarix va falsafa fakulteti 2-bosqich dariy-ingliz guruhi talabasi Usmonov A’zamjonning “yordamchi tarixiy fanlar” fanidan Yakuniy nazorat ishi
Download 82.5 Kb.
|
Usmonov A'zamjon Iskandarovich
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xronologiya
- Numizmatika
- Diplomatika
- Metrologiya
- Onomastika
- Etnografiya
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tarix va falsafa fakulteti 2-bosqich dariy-ingliz guruhi talabasi Usmonov A’zamjonning “yordamchi tarixiy fanlar” fanidan Yakuniy nazorat ishi. 15 variant Tarixiy toponimiya maqsadi va vazifalari Muhrlarning paydo bo‘lishi tarixi, shakllari, maqsad va vazifalariga ko‘ra tasnifi. Yordamchi tarixiy fanlar sohalaridan olgan, bilim va taassurotlaringiz. Kelajakadagi kasbingizda ahamiyatga molik jihatlari. Fandan kutganingiz va olganingiz haqida. Geografik joy nomlarining ma'nosi, uning kelib chiqishi bilan kishilar qadim zamonlardan qiziqib kelishgan. Insoniyat tarixi qanchalik qadimiy bo'lsa, geografik joy nomlari ham shunchalik qadimiy bo'ladi. Kishilar dastlab har qanday geografik ob'yektlarni oddiygina turdosh otlar–terminlar bilan atagan, ya'ni suv, tog', ko'l va hokazo. Bunday terminlar bora-bora atoqli otga–nomga aylangan. Masalan, qadimgi turkiy xalqlar katta daryoni o'kuz, edil, jayhun deb ataganlar. Amudaryoning qadimgi nomi Jayhun, O'kuz; Volga daryosining qadimgi nomi esa Edil bo'lgan. Demak ularning ma'nosi "katta daryo”. Shimoliy Amerika indeyeslari "katta daryo”ni missisipi deyishadi, bu yerdagi eng katta daryo nomi Missisipi shundan olingan. Don, Amur, Ganga daryolari nomlarining ma'nosi "katta suv, daryo” demakdir. "Ko'l qurisa ham, nomi qurimaydi” deyiladi xalq orasida. Haqiqatdan ham joy nomlari minglab yillar davomida saqlanib qoladi va turli tarixiy voqealar "guvohi” sifatida yashab keladi. Toshkent, Buxoro, Samarqand, Afrosiyob, Misr, Bog'dod, Makka, Hirot, Xuroson, Xitoy kabi ko'plab nomlar minglab yillik tarixga ega. Muayyan hududda qadim zamonlarda qanday urug'-qabila, xalqlar yashaganligini shu yerdagi joy nomlaridan bilib olsa bo'ladi. Chunki ilmiy tilda etnonimlar deb ataluvchi toponimlar shu joyda qanday xalq yoki urug'-qabila yashagan bo'lsa, ularning nomi bilan atalgan bo'ladi. Mamlakatimiz hududida bunday joy nomlari ko'plab uchraydi, chunki 92 bovli o'zbek urug'larining ko'plari unutilib ketayotgan bo'lsada, ularning aksariyati joy nomlari sifatida saqlanib qolgan. Tabiiy ob'yektlar–daryolar, ko'llar nomlari shahar yoki qishloq nomlariga nisbatan qadimiyroq bo'ladi. Chunki aholi punktlari paydo bo'lmasdan avval ibtidoiy kishilar ko'pincha suv ob'yektlari bo'ylarida jamoa bo'lib yashashgan, hamda daryo, ko'l, soy, jilg'a, quduq kabi ob'yektlarga nom berishgan. Toponimikaga oid dastlabki ma'lumotlar Gerodotning "Tarix”, Strabonning "Geografiya”, Pomioniya Melaning "Xorografiya” kabi asarlarida, O'rta Osiyo va O'zbekistondagi joy nomlariga oid ilk yozma ma'lumotlarni Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig”, Beruniyning "Qonuni Mas'udiy”, "Hindiston”, "Saydana”, Narshaxiyning "Buxoro tarixi”, Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'atit turk”, Ibn Sinoning "Dengiz qirg'oqlari”, muallifi noma'lum "Hudud al-olam”, keyinchalik Mirzo Ulug'bekning "To'rt usul tarixi”, Boburning "Boburnoma” asarlarida uchratish mumkin. Toponimika geografik nomlar, kishi ismlarini o’rganadigan fan sifatida maydonga keldi. Toponimikani «zamin tili», ya`ni er tili deb ham atashadi. Toponimika atamasi lotin tilidan olingan bo`lib, «topos» — joy, «onom» yoki «onima» — nom, umuman joy nomini o’rganadigan fan degan ma`noni bildiradi. Geografik nomlar va zamin qa`rida o’rganilmayotgan nomlar, insonlarga qo`yilgan ismlar toponimikaning o’rganish manbai hisoblanadi. Toponimika ikki ob`ektdan: mikro va makro toponimlardan iborat bo`lib, mikrotoponimika — grammatik jihatdan mayda ob`ektlarni, ya`ni «turdosh otlarni», mikroob`ektlarning` nomlarini, makrotoponimika esa atoqli otlar, ya`n yirik ob`ektlarning nomlarini tadqiq qiladi. Hozirgi vaqtda toponimika faqat katta va yirik ob`ektlarning: tog`lar, o’rmonlar, vodiylar, vohalar, shaharlarning nomlarinigina emas, balki kichik ob`ektlarning — mahallalar, daralar; jarliklar, anhorlar, daryo irmoqlari, ariqlar va ko`llarning nomlarini Geografiyaga oid atamalar turdosh otlar toponimika tarkibiga to`lig`icha kirmaydi, ammo ular toponimikani o’rganishda katta ahamiyatga egadir. Nomsiz «ob`ekt» — toponim emas. Toponimika geografiyaga oid joylarni emas, balki ularning nomlarini o’rganadi. Toponimikaning tilshunoslik, tarih geografiya, arxeologiya va boshqa fanlarga aloqadorligi uning muhim xususiyatlaridandir. Toponimikaga oid ma`lumotlar tadqiq qilinayotganda tarixiy ma`lumotlarga, ayniqsa arxeologiyaga oid tekshirish natijalariga suyangan holda ish ko’rish zarur. Chunki toponimika ko`pincha tarixiy dalillarga va isbotlarga muhtoj. Masalan, biror yodgorlmkning nomini o’rganish uchun, albatta, uning qaysi davrda yaratilganligini va nima sababdan shu nom berilganligini tarixiy davr sharoiti muhiti nuqtai nazaridan tadqiq qilish talab etiladi. Tadqiqotning yozma manbalarga ko`pincha arxeologiyaga oid ma`lumotlarga suyangan holda ish ko’rish usuli nomlarning qo`yilgan davrini aniqlashga va nomlarning paydo bo`lishini o’rganishga qo`l keladi. Bir nomnin o`zgarishini kuzatmoq uchun birmuncha vaqt ketadi. Shuni unutmaslik kerakki, geografik nomlar ijtimoiy hodisa bo`lib, jamiyat taraqqiyoti bilan mustahkam bog`liqdir. Ma`lum bo`lishicha, har bir tuman toponimikasi murakkab tarixiy jarayon bilan bog`liq bo`lib, er ostida ko`plab madaniy qatlamlar mavjudligi uni siichiklab tadqiq qilishni talab etadi. Toponimika metodologiyasiga muvofiq uni fan sifatida o’rganish uchun toponimlarning paydo bo`lishiga doir ma`lumotlardan foydalanish, nomlarning mavjud bo`lgan barcha formalarini aniqlash, nom va atamalarni o`sha joy bilan bog`liq holda tanlash va eng muhimlarini o’rganish zarur.1 Toponomikada ham, moddiy va madaniy yodgorliklar o’rganilganidek, oddiydan murakkabga, ya`ni bugungi kundan asrlar ichkarisiga kirib borish zarur. Bilish murakkab dialektik jarayondir, chunki bu usul bilan madaniy qatlamlarning eng qadimiysidan boshlab, to navqironigacha momlarning manbai asta-sekinlik bilan ochiladi nomlarning «yoshi» aniqlanadi. O`z navbatida toponimik nomlar tarix uchun ham bebaho manbadir. Geografik nomlar uzoq muddatli bo`lib, ma`lum hududdagi u yoki bu xalqning tili haqida guvohlik beradi. Nomlar ma`lum bir aholining hamjihatligi yoki tarqoqligiga ham bog`liqdir. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida nomlar juda kam bo`lgan, keyinchalik aholi paydo bo`lib, qo`yilgan nomlar ham ko`p vaqtlar o`tishi bilan boshqa nomlarga o`zgartirilib yuborilgan yoki butunlay yo`q bo`lib qyetgan. Ezma manbalardagi toponimikaga oid ma`lumotlar tahlil qilinganda buni yaqqol ko’rish mumkin. Bu noqeani hozirgi vaqtda ham aniq ko’rishimiz mumkin. Ayrim shahar va qishloqlarning eski nomlari o’rniga yangi nomlar qo`yiladi, bu eski nom nima uchun yo`qotildi-yu, nima uchun yangi nom qo`yildi, buning sabablarini ham aniqlash mumkin. O`tmishda esa yangi zamindor (yer egasi) paydo bo`lishi bilan ko`pincha aholi eski geografik nomlar o’rniga shu zamindorning nomini qo`yishgan. Dialektologiyadan farqli o`laroq toponimikaga oid ma`lumot to`plashda, joylarning nomlarini o’rganishda aholidan yoppasiga so’rash uslubi qo`llaniladi. Faqat shunday uslub bilangina turli daralar, kichik soy va anhorlar, jarliklar, ko`llar va boshqa shunga aloqador bo`lgan nomlarning miqdorini aniqlash mumkin, xolos. Shunday joylarning hammasi aholi yashaydigan joylarning kartasiga yoki aholi joylari ro`yxatiga kiritilmagan, ehtimol kiritilmasa ham kerak. Toponimikaning eng katta xizmati shundaki, u hujjatxona hujjatlarini sinchiklab o’rganish, xalq og`zaki ijodi asosidagi ayrim tomonlar va nihoyat hech qanday manbalarda aks ettirilgan noma`lum joylarni bizga ma`lum qiladi. Toponimikaga oid ma`lumotlar yig`ishda va joy nomlarining kelib chiqishini o’rganishda etnografiya ham katta rol o`ynaydi. Toponimikaning ayrim toifalari va tizimlari o’rtasidagi o`zaro aloqalarni o’rganish yo`li bilan toponimlarni tavsiflash toponimik tadqiqotlarning asosini tashkil etadi. Ko`pgina mutaxassis toponimistlar mahalliy toponimlarni har tomonlama regional tadqiq qilishga katta e`tibor beradilar. Bunda, albatta, mikro va makro toponimikani o`zaro taqqoslash zarur. Toponimika vazifalarini aniqlar ekanmiz, ma`lum joyning geografik nomi tarixi to`laroq, shu o`lkada yashagan xalqlar tarixi bilan bog`liq xolda aniqlanishini uning asosiy maqsadi qilib olishimiz zarur. Bundan tashqari, toponimikaga oid tadqiqog ma`lumotlaridan foydalanilayotganda o`sha o`lka xalqlarining tilini o’rganish, arxeologiya va etnografiyaga oid ma`lumotlarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Toponimikaga oid tadqiqot olib borilayotgan tumanning tabiiy geografiyasini, o`tmish tarixini, til tarixini yaxshi bilish shart. Toponimikani o’rganishda yuqoridagilarga amal qilingan taqdirdagina tadqiqotchi o`z maqsadiga erishishi mumkin. Qizil dengiz — arabcha «Bahri axmar, grekcha eritreya. Afsonaga ko’ra, eron shohi eritr (qizil qalpoq) bosib olgan va Nil tomon kanal qazitgan ekan. Boshqacha izohi ham bor: qirg`oqlarida qizg`ish suv o`tlari va chig`anoqlar ko`p bo`lganidan shunday nom olgan. O’rta dengiz — Yevropa, Afrika va Osiyo o’rtalarida joylashgan dengiz. Grekcha Mediterrano — «O’rta yer» so`zlaridan ruschaga aynan tarjima qilingan, o`zbekcha shakli shundan qishartirib olingan. Tarixiy sharqiy manbalarida ko`pincha Rum dengizi, Shom dengizi nomlari bilan ham mashhur bo`lgan. O`lik dengiz — g`arbiy Osiyodagi ko`l. Suvi juda sho’r va unda hayot yo`qligidan «hayotsiz», «jonivorsiz», «o`lik dengiz» deb atalgan. Lotin Amerikasi — Markaziy va Janubiy Amerikada ispan va portugal tillari tarqalgan. Bu tillar lotin yoki roman tillar guruhiga kiradi. Bu yerda yashovchi xalqlarning asosiy qismi lotin tilida so`zlashganligi uchun shunday nomni olgan. Bolqon — Yevropadagi yarim orol. Turkiy tillarda balqon, balxan «tog`», «tog`li yer» degan ma`noni anglatadi. Turkmanistondagi Balxan nomini turklar Yevropaga ko`chirgan bo`lishi ham mumkin (V. F. Minorskiy). Bosfor — Qora dengizdan O’rta dengizga o`tadigan terda joylashgan bo`g`oz. Turkiyada ko`pincha Bo`g`oz, Istanbul bo`g`ozi, Qora dengiz bo`g`ozi deb ataladi. Bosfor xonancha «buqa» degan so`z. Afsonaga ko’ra, go`yo bu bo`g`ozdan buqalar sakrab o`tgan emish. Ammo yana boshqa haqiqatga yaqinroq izoh ham bor. Qadimda bu bo`g`ozdan suzib o`tadigan kema egalari boj haqini qoramol bilan to`laganlar, shu-shu «buqa to`lanadigan bo`g`oz» nomini olgan. Arabiston — G`arbiy Osiyodagi yarim orol. «Arab» aslida «cho’l» degan so`z, shundan «cho’lliklar», «ko`chmanchilar» arablar so`zi hosil bo`lgan, so`ngra «arablar yeri» Arabiston paydo bo`lgan. Avstriya — aslida nemischa Osterreyx: ost — «sharqiy», reyx «o`lka», ya`ni «sharqiy o`lka» degan ma`noni bildiradi. Angliya — G`arbiy Yevropadagi Buyuk Britaniya davlatining nomi; V —VI asrlarda kontinental Yevropadan shu yerga suzib o`tgan angl qabilalari nomidan olingan. O`simlik va xayvonlardan olingan nomlar. Apelsin — gollandcha «xitoy olmasi» demakdir. Yorkshir — cho’chqa zoti (Angliyadagi Yorkshir grafligi nomidan). Kashtan — buklar oilasidan bo`lgan daraxt, Kichik Osiyodagi Kastan shahri nomidan olingan. Maxorka — Gollandiyadagi Amesofront shahri nomidan olingan bo`lib, dastlab amerfor, keyinchaliq amerforqa, keyin maforqa va nihoyat, maxorqa deb atala boshlangan. Yevropada maxorqa chekish ayrim kishilarga zararli deb tushuntirilgach, kashandalar chekishini tashlay olmay burunlariga hidlay boshlaganlar va uni nosovoy tabak (burnaki) deb ataganlar. O’rta Osiyo xalqlari esa bu tamakini ishlash texnologiyasini ancha murakkablashtirib, uni endilikda burunga hidlab emas, balki til ostiga tashlaydigan bo`lganlar. Uning nomi tobora o`zgarib, hozirgi nos formasini olgan. Simmental — qoramol zoti (Germaniyadagi vodiy nomi). Sardina, «sardinka» — baliq (Sardiniya oroli nomidan olingan). Geologiya va geografiya atamalaridan olingan toponimlar. Toponimlar minerallar orasida ayniqsa ko`p uchraydi. Buni quyidagi misollardan ko’rish mumkin: avstolitmineral (Avstraliya), agat (o`zbek tilida aqiq deyiladi) — qimmatbaho tosh (Sitsiliyadagi Akaita daryosi nomidan), adulyar — mineral (Alp tog`larining Adul tizmasi nomidan), alebastr — oq gips (Misrdagi alebastr shahri va tog`i nomidan), almandin — qimmatbaho tosh (Kichik Osiyodagi Albanda shahri), Alyaskit — granitga o`xshash qattiq tosh (Alyaska), aragonit (Ispaniyadagi Aragoniya pasttekisligi nomidan), baykalit (Baykal ko`lidan), birmit — kahraboning bir turi (Birja nomidan), inderit — mineral (qozog`is-tondagi Inder tog`lari nomidan), muskovit mineral (Moskva davlatining qadimgi nomidan, Moskoviya), surik bo`yoq (Suriya nomidan), tuyamuyunit — mineral (Farg`ona vodiysidagi Tuyamo`yin koni nomidan), ferganit (Farg`ona) va hokazolar. Xazorasp — ming ot, Sariosiyo — bosh tegirmon, Go’rlan — ko’r va lang so`zlarining birikuvidan tashkil topgan. Hindikush — hind, kush — o`lim, degan ma`noni bildiradi. Antrotoponimika — Turkiy «Axmet», arabcha «Ahmad — maqtovli, maqtovga sazovor» degan ma`noni anglatadi, undan Ahmetov degan familiya vujudga kelgan; Polvonov — turkiy tillarda «polvon», forscha — «pahlavon» (botir, qahramon ma`nosida) so`zlaridan olingan, keyinchalik ruscha «ov» qo`shimchasi qo`shilib Polvonov familiyasi kelib chiqqan. Saymon turkiy «saymon» (abjir, chaqqon, dadil ma`nolarida) — Saymonov familiyasi shundan olingan. Dashikturkiy «dashuk» — «tashuk» (dimog`dor, kekkaygan ma`nolarida) so`zlaridan «Dashkov» familiyasi, kurdyuk — turkiy «kuduruk» — «kuzuruk» — «quyruq» so`zlaridan ruscha «Kurdyukov» familiyasi kelib chiqqan va hokazo. Oziq-ovqat nomlari. Lag`mon (xitoycha) — «lag`» — uzun, «man» — hamir, «uzun hamir» degan ma`nolarni bildiradi. Buterbrod (nemischa) — go`sht va non yoki non va yog` degan ma`nolarni bildiradi. Pirog — qoraqalpoqlarda «burek», tatarlarda esa «chiyburek», har ikkisida ham go`shtli pirog degan ma`no bor. Bu so`zning o`zagi «bur» o’ramoq, chulg`amoq ma`nolarini bildiruvchi fe`ldan yasalgan, ruscha «pirog» so`zi shundan kelib chiqqan. Ichimliklar nomlari. Toponimlarda ichimliklar nomlari ham ma`lum darajada o`z aksini topgan, masalan: borjomi — mineral suv (Gruziyadagi kurort shaharnin nomi), esentuki — mineral suv (Shimoliy Kavkazdagi kurort shaharning nomi), Toshkent mineral suvi (Toshkent shaharining nomidan olingan) va hokazo. Bulardan tashqari, respublikamizning barcha ovul, qishloq, posyolka, vodiylari va vohalari hamda viloyatlari nomlari ham toponimlar bo`lib, ularning ko`pchiligi hali to`la o’rganilmagan.
Sfragistika (yunoncha "sfragis" - muhr) - yordamchi tarixiy fan bo'lib, uni o'rganish ob'ekti hisoblanadi Ba'zan ushbu fan lotincha "sigillum" so'zidan - "sigillografiya" deb nomlanadi. Muhr so’zi keng ma‘noda qattiq material yuzasida o’yib tushirilgan belgi yoki yozuvli shtamp (nishon)lar, matrisalar va ularning oltin, kumush qalay, mum, surguchlar, loydan yasalgan bo’llalar yuzasiga bosib tushirilgan izlariga nisbatan qo’llanadi. Ya‘ni muhr va turli nishon belgilarining qoliplari, nishonlarning o’zlari hamda ularning turli buyumlar sirtiga bosib tushirilgan akslari sfragistika uchun o’rganish ob‘ekti bo’ladi. Muhrlarga bo'lgan qiziqish hujjatning haqiqiyligini tekshirish zarurati tug'ilganda paydo bo'ladi. Shu sababli, tabiiyki, hujjatlar ustida saqlanib qolgan izlar tadqiqotchilar e'tiborini birinchi bo'lib tortdi. Birinchi marta hujjatlarda saqlangan turli xil muhrlarning tavsifi kitob nashriyotchisi va ma'rifatchi Nikolay Ivanovich Novikov tomonidan amalga oshirildi. U qadimgi rus Betliotiklarining ko'p jildli nashrida muhrlar va qadimiy hujjatlarga qiziqishni uyg'otdi. U rus knyazlarining qadimiy xatlarini, xon yorliqlarini, Novgorod respublikasining huquqiy hujjatlarini diqqat bilan tasvirlab bergan. Ushbu tavsiflarga ushbu hujjatlarda saqlangan muhrlarning tavsiflari kiritilgan. Shundan keyingina muhrlarning foydali tomonlari aniqlandi, tushunildi, muhrlarga umuman qiziqish paydo bo'ldi. 19-asr oxirida toshqotgan muhrlar haqida birinchi ma'lumot paydo bo'ladi, ya'ni. yerdan olingan muhrlar haqida. Ular muhrlarni ehtiyotkorlik bilan o’rganishni boshlaydilar. Sfragistika keyingi yillarda ham rivojlanib, uni yordamchi tarixiy fanlar kursi sifatida o'rgangan. Zamonaviy sfragistika hududiy va xronologik doiralarning kengayishi bilan ajralib turadi. Yevropada hozirgacha davom etib kelayotgan muhr shakli XIV-XV asrlarda paydo bo’lgan. Sharqda, xususan, Markaziy Osiyoda uzuk-muhrlar o’rta asrlarning so’ngi bosqichlarigacha davom etdi. Yog’och, metal kabi materillardan yasalgan shaklan hozirgi zamon muhrlari Markaziy Osiyoda Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida paydo bo’ldi. Yaqin Sharq (G’arbiy Osiyo) Misr, Mesopotamiya, Kichik Osiyo mintaqalari olib borilgan arxeologik izlanishlar bir necha turdagi muhrlar topilishiga olib keldi. Ayniqsa, Silindir (g’o’lin) Ko'rinishdagi muhrlar ko’p uchraydi. Antik davr yodgorliklaridan qalqonsimon muhrlar Vizantiya va o’rta asr Evropa mamlakatlarida osma ko’rinishdagi metall muhrlar ko’plab topilgan. Ushbu muhrlardan bosib tushirilgan izlar ponasimon hujjatlar arxivlarida turli xil turmush buyumlari sirtida saqlangan. Shu kabi topilmalar ko’payib borgani sari olimlar diplomatika sohasidan sfragistikani ajratish zarur deb hisobladilar. Muhrning asosiy maqsadi hujjat huquqiy maqomini berib, uning haqiqiyligini tasdiqlashdir. Ushbu xususiyatda muhrlar qadimgi zamonlardan beri ma'lum va Misrning qadimgi davlatlarida, Bobil shohligida va boshqalarda qayd etilgan. Bugungi kungacha muhrlar bir xil sifatda yoki xuddi shu maqsadda ishlatiladi. Muhrlar maqsadining o'zgarmasligidan farqli o'laroq, muhrlarning tashqi ko'rinishi sezilarli o'zgarishlarga duch keldi. Turli xil muhrlar har xil vaqt va turli mintaqalarga to'g'ri keladi. Masalan, loy taxtalarida mixxat yozuvlarini yozgan qadimgi Mesopotamiya shtatlarida silindrli muhrlar ishlatilgan. Ularni bunday loy tabletkalarga o'rash kerakli bosmani oldi. Antik davrda halqalar ko'rinishidagi bosma nashrlar odatiy bo'lib, ular turli xil mavzularda bosib chiqarish, hujjatlarga huquqiy maqom berish va ushbu narsaga egalikni ko'rsatish uchun ishlatilgan. Shuningdek, imzo shaklida bosma nashrlar ham bor, ularning orqa tomonida qalamning o'zi bor edi. O'z navbatida dastagida shnur ustiga bo'yniga bunday muhrni osib qo'yadigan teshik bo'lishi mumkin. Barcha muhrlar odatda sag muhrlarining ikkita katta guruhiga bo'linadi - ya'ni. hujjatlarni shnurga osib qo'yish va ilova izlari, ya'ni. hujjat yoki sub'ektning o'zi muhrlangan. Qo'llaniladigan markalardan farqli o'laroq, osilgan rasmlar ikki tomonida ikki xil tasvirga ega bo'lishi mumkin, bu ularni tangalarga o'xshash qiladi. Sfragistlarning umumiy fikriga ko'ra, kumush va oltin sarkma muhrlari yoki bu metallarning birikmasi bo'lgan muhrlar faqat o'ta muhim, tantanali, muhim holatlarda ishlatilgan, shu bilan birga qo'rg'oshin muhrlaridan foydalanish odatiy hol bo'lgan. Hujjatni bir tomonlama bosib chiqarish bilan mahkamlash texnikasi boshqacha edi. Hujjatning chop etilishi kerak bo'lgan joyida ikkita teshik ham qilingan, ular orqali qog'oz yoki ip, ip o'tkazgich qilingan. Qog'oz yoki ipning uchlari bir-biriga mahkamlangan va ustiga oz miqdordagi mumsimon mastik yoki muhrlangan mum bilan quyilgan. Bir oz qotib qolganidan keyin bu ko'lmakda mastik yoki muhrlangan mumi izi qoldirilgan. Turli xildagi muhrlar o’rta asrlarda ensiklika, sirkulyar, kartush singari nomlar bilan talauvchi hujjatlarda bizgacha etib kelgan. Shu sababli muhrlar munosabati bilan ular aks etgan yozma yodgorliklar turlarini ham bilish taqozo etiladi. Evropada bir qator taniqli nashriyot egalari bo‗lgan. XVII asrda Gollandiya noshirlari oilasi Elziverlar deb atalgan. Ular chiqargan kitoblarda globus, burgut va donishmandlik daraxti tasvirlangan. Tarixiy muhrlarning yana bir mashhur turi Sulaymon muhri deb ataladi. Bu muhr shakli ikki teng tomomli uchburchakning ustma-ust qo’yilishidan (olti burchak) paydo bo’ladi. Bu shakl ba‘zan Dovud yulduzi (temirchi edilar) deb ham ataladi. Dovud yulduzi Sulaymon payg’ambarning uzuk muhrida aks ettirilgani sababli Sulaymon muhri nomini olgan. Rivoyatlarga qaraganda ayni shu uzuk sehrli tarzda Sulaymonga insu-jinsning tilini bilish imkonini bergan ekan. Shu uzuk yordamida Sulaymon alayhisalom 72 devni ularning son-sanoqsiz lashkarlari bilan birga misdan yasalgan sandiqda saqlab turar ekan. Muhr Sulaymon payg’ambarga janglarda g’alaba keltirib, uni omon saqlagan ekan. Yordamchi tarix fanlari tarix fanini o'rganishda yordamchi manbalar hisoblanadi. Bu fan tarix fanining yordamchi sohalari bo'lmish; poleografiya, diplomatika, genalogiya geroldika, sfragnetika, epigrafika, numizmatika, metrologiya va xronologiya buyruqlariga tayanadi. Shular asosida tarixiy voqea va hodisalarni mohiyatini haqqoniy, holisona yoritishga ko'maklashadi. Xronologiya (Yunon. Yunon. Xronos - vaqt, logos - tushuncha bilim; vaqt haqida tushuncha) qadimiy xalqlar va mamlakatlarda amalda bo'lgan yil hisobi va taqvim (kalendarlar) ni o'rganuvchi soha. Numizmatika (лотинча. Numizma - танга) qadimiy pullarning kelib chiqishi, tarixi, material turi, shakli, vazni, yozuvlari va zarb etilgan joyi, vaqtini o'rganadi. Paleografiya (Yunon. Paleo - qadimiy, grafo - yozaman: qadimiy yozuv) qadimgi qo'lyozma asarlarning qog'ozi muqovasi, siyohi, yozuvi va yozish usullarini tekshiradi. Diplomatika (Yunon. Diploma - ikki buklangan kog'oz, hujjat) rasmiy hujjatlarni o'rganish va tahlil qilishbilan shug'ullanadi. Genealogiva (Shajarashunoslik) «Yunoncha» urug'dosh, inson nasablarini kelib chiqishini tahlil qilish, o'rganish bilan shug'ullanadi. Shajara-arabcha (daraxt) inson nasablari va qon - qarindoshlik aloqalarining majmui. Geraldika (lotin. Gerold - gerb, belgi, nishon qadimiy gerblar) turli-tuman nishonlar va belgilarni ( masalan qadimiy turkiy qabilalarning tamg'alarini o'rganadi.) Sfragistika (Yunon spragis - muhr) qadimiy muhrlar, podsholar, xonlar, amirlar va qozilarning muhrlari va ularning yozuvlarini tekshiradi. Epigrafika (Yunoncha epi - ustida, teppasida, grafo - yozuv, biron predmet ustidagi yozuv) tosh, metall buyumlar, yog'och va boshqa qattiq predmet ustiga uyib bitilgan qadimgi yozuvlarni o'rganadi. Metrologiya (Yunon. Metron - o'lchov, logos - tushuncha bilim : o'lchovlar haqida tushuncha, o'tmishda turli mamlakat va xalqlar orasida amalda bo'lgan ogirlik, masofa va satih o'lchovlarini o'rganadi. Toponimika – qadimgi va tarixiy joy nomlarini, ularning ma'no-mazmunini tadqiq qiluvchi fan sohasi. Kartografiya – qadimiy, tarixiy, siyosiy, iqtisodiy, tabiiy, harbiy, dengiz, mahfiy va turli xaritalarni va xaritashunoslik tarixini o’rganuvchi fan sohasi. Onomastika - (Yunoncha so'z bo'lib «onoma-ism, nom» ma'nosini anglatadi.) tarixiy ismlar, tarixiy joy atamalari, qadimgi havonlar nomlari, osmon jismlarining nomlari, xadolar nomlari va boshqalarni o’rganuvchi soha. Lingvistika –qadimgi va tarixiy xalqlar, elatlar, millatlar tillarini o’rganuvchi fan sohasi. Kriptografiya – mahfiy (yashirin) yozuvlarni o’rganuvchi fan sohasi. Etnografiya – qadimgi va tarixiy xalqlar, millatlar va elatlarning kelib chiqishi, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, an'ana va marosimlarini o’rganuvchi fan sohasi. Bu sohalar yordamchitarixiy fanlarning bo’limlaridir. Bu Yordamchi tarix fanlari bir-biri bilan о‘zaro bog‘liq bо‘lib, bir-birini tо‘ldirib, bir butunlikda tarix fanini chuqur о‘rganishda manba bо‘lib xizmat qiladi. Jumladan, tarixiy voqelikning qachon sodir bо‘lganligini xronologiya, qadimiy xalqlar va mamlakatlarda amalda bo'lgan yil hisobi va taqvim (kalendarlar)ni, vaqtni, sanalarni aniqlashda yordam bersa, о‘sha davr tangalaori esa tarixiy xujjatlarga kirmay qolgan tarixiy haqiqatdan xabar beradi, Numizmatika esa qadimiy pullarning kelib chiqishi, tarixi, material turi, shakli, vazni, yozuvlari va zarb etilgan joyi, vaqtini va shu orqali esa tarix fanidagi yozma manbalarda ma’lumot berilmay yoki tashlab ketilgan qiziqarli qо‘shimcha ma’lumotlarni beradi. Shuningdek, qо‘shimcha lekin tarixgni mukammal о‘rganishda boshqa tarix sohalarining ham о‘zaro bog‘liqligi va tarixni mukammal yoritishda roli benihoya kattadir. Bu sohalarni alohida о‘rganib, bir butunlikda tо‘ldirish maqsadga muvofiqdir. Tarix deyarli hamma sohada yordamchi fandir. Biz bir yil davomida yordamchi tarix fanlarni o’rgandik va bu sohalar bizning hayotimizda muhim sohalar ekanligini bildik. Tarixiy tadqiqot bilan shug’ullanayotgan har bir olim yoki ilmiy izlanuvchiyordamchi tarix fanlarini chetlab o’ta olmaydi. Yordamchi tarix fanlari tadqiqot metodikasi va texnologiyasiga doir umumiy va xususiy masalalarni o’rganish, tahlil qilish,ishlab chiqish bilan chegaralanadi. Yordamchi tarix fanlarining har biri mustaqil tarix fani bo’lib, o’zining o’z tarixi va metod va uslublari mavjud. Har biri mustaqil fan sifatida shakllanish va rivojlanish yo’lini bosib o’tmoqda. Har bir yordamchi tarix fani umumiy va maxsus tarix fanlarini chuqur va keng hamda mufassal o’rganishga yordam beradi. Mustaqil fanlardan asosiy farqi shuki, yordamchi tarix fanlari nisbatan tor doiradagi maqsad va vazifalarni o‗rganish bilan shug’ullanadi. Yordamchi tarix fanlarining har bir bo’limi alohida bir tarmoq bo’lib tarix fani oldidagi muammolarni, kamchiliklarni to’ldirish bilan birga o’zining alohida tadqiqot usuli va tadqiq ob‘ekti, o’z yo’nalishlariga egadir. Men bu fanni o’rganishim davomida bu sohalarning bir biriga bog’liqligina va bu sohalarning har biri tarixnio’rganishda muhimligini bildim. Yordamchi tarixiy fanlar ichida man qiziqqan bo’lim bu Numizmatika, chunki - qadimgi tangalar orqali o’sha davrning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va diniy tasavvurlarni o’rganishga yordam beradi. Tarix fanini kamchiliklarini yordamchi tarixiy fanlar sohalari orqali orqali to'ldirishga harakat qildik, ayniqsa o'rganayotgan sohamizni har tomonlama egallashda ytf juda ham zarur, biz bu fandan tarixda o'rganmagan sohalarni o'rgana oldik. Ayni paytda men bu sohaga ko’plab ma’lumotlar va bilimlarga ega bo’ldim. Bizga yordamchi tarixiy fanlar o’tilar ekan tarixning qanchadan qancha biz bilmagan sohalari borligiga guvoh bo’ldim. Ilm-cheksizlikdir. Qancha yangi ma’lumot o’rganmayin baribir oxiriga yetolmaysiz. Shunday ekan, yordamchi tarixiy fanlar o’quv yili uchun tugagan bo’lsa-da, men uchun hali tugagani yo’q. Chunki hali yana 2 yil davomida ya’ni o’qishni tugatishimga qadar yana izlanishlar olib boraman va kelajakdagi kasbimda mukammalikka erishish uchun davom etaman. Bir so’z bilan aytganda yordamchi tarixiy fan sohalarini o’rganinsh har bir soha uchun juda muhimdir. 1 Mirali MIRAKMALOV geografiya fanlari nomzodi, dotsent O`zbekiston Milliy Universitet Download 82.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling